|
Ziravorlar, shakar va tuzning sifatini aniqlash
|
bet | 6/7 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 154,5 Kb. | | #258866 |
Bog'liq 4.1.УК КООМтехнологияси (амалий)2-topshiriqni bajarish:
Talab qilinadigan suv va shakar miqdorini hisoblash xuddi tuzli eritmanikidek bajariladi. Bunda formuladagi belgilar quyidagilarni ifodalaydi: C — shakar miqdori; P — qiyom miqdori; K— qiyom konsentratsiyasi.
3-topshiriqni bajarish:
80 tonna meva tarkibidagi oltingugurt 2-oksidning miqdori 0,15% bо’lgunga qadar sulfitlash uchun sulfit kislotasining 2% li ishchi eritmasining sarfi aniqlansin.
Sulfit kislotasi ishchi eritmasining sarfi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda M — meva og’irligi, tonna;
a — ishchi eritmadagi oltingugurt 2 oksidning miqdori, %; v — sulfitlangan xomashyodagi oltingugurt 2 oksidining miqdori, %;
100 — qayta ishlash koeffitsiyenti. Berilganlarni о’rniga qо’yib quyidagini aniqlaymiz.
Hisoblarni bajarib bо’lgach, tuzli, shakarli, sulfit kislotali eritmalar tayyorlanadi va areometr yordamida ularning haqiqiy konsentratsiyasini aniqlaymiz.
4-topshiriqni bajarish:
200—250 sm3 hajmdagi silindrga 150—180 sm3 tekshirilayotgan eritmadan quyiladi va unga ohistalik bilan areometr tushiriladi. Agar areometrni shoshqoloqlik bilan tushirilsa, idish tubiga urilib, sinishi yoki eritma ichiga juda chuqur chо’kishi mumkin. Areometr silindr devorlariga tegmasligi shart. Areometrni eritmaga joylab bо’lgach, belgining pastki qismidan sanoq yuritiladi va quyida keltirilgan jadvaldan tekshirilayotgan eritmaning tarkibi aniqlanadi. Areometr 20°C haroratda shkalaga ajratilganligi sababli tekshiruv ishJari xona haroratida olib boriladi.
Ishni tugatgandan sо’ng, areometrni toza suvda chayib, quruq sochiq yoki filtr qog’oz bilan qurigunicha artiladi va idishiga joylanadi. Shakarli qiyom konsentratsiyasini areometrdan foydalanmasdan, refraktometr yordamida ham aniqlash mumkin.
Ishni bajarishda amal qilinishi kerak bо’lgan texnika xavfsizligi qoidalari.
Sulfit kislotasi eritmasining konsentratsiyasini aniqlashda о’tkirzaharli moddalar biJan ishlashdagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinadi. Bunday moddalardan nafas olinsa, burunning shilliq pardasini yallig’laydi va nafas yо’Harini zaharlaydi, chunki sulfit kislotasi oson parchalanadi va о’zidan oltingugurt 2 oksidini ajratib chiqaradi. Shuning uchun ham ishni sо’rish shkafida amalga oshirish kerak. Eritmalarni ham shu shkafda saqlaniladi.
Agar kislotaning о’tkir eritmasi tо’kib yuborilsa, tо’kilgan eritmaga ozroq ammiakli suv qо’shib neytrallanadi va latta bilan artib tozalanadi.
|
| |