|
Zulayho Raimova Qodirova
|
Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 22,75 Kb. | | #152581 |
Bog'liq Zulayho Raimova Qodirova
Zulayho Raimova Qodirova
Zulayho Raimova Qodirova silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi sohasida ham chuqur fundamental ,ham ilmiy –amaliy tadqiqotlari bilan dunyoga tanilgan yetuk mutaxassis ,taniqli olima ayoldir.U 1955 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan.1963-1972 yillarda Toshkent shahar Olmozor tumanidagi 111-maktabni oltin medal bilan tamomlagan.1972 yilda Toshkent Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetiga o’qishga kirib,uni 1977 yili imtiyozli diplom bilan tugatgan.
Z.Qodirova institutni tugatgandan so’ng O’zR Fanalr akademiyasi Prezediuminging yo’llanmasiga binonan Kimyo institutiga aspiranturaga o’qishga kirib ,o’z mehnat faoliyatini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishga bag’ishlagan.1983 yili respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi ,kimyo fanlari doktori ,professor Nasriddin Sirojiddinov rahbarligida nomzodlik dissertatasiyasini himoya qilgan.1984 yili Respublika yoshlar ittifoqi va O’zR Fanalar akademiyasining "fa“ sohasidagi yutuqlari” mukofotining sovrindori bo’lgan.1983-1993 yillarda Kimyo institutining silikat kimyosi laboratoriyasida kichik ilmiy xodim,ilmkiy xodim,katta ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.1993-1996 yillarda institutning doktaranturasiga o’qishga kirgan.doktaranturani tugatgandan so’ng o’z ilmiy faoliyatini institutda davom ettirgan,1998 yildan boshalb ,O’zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutitda yetakchi xodim lavozimida faoliyat yuritgan.2000-2002 yillarda Institut aspirantura va ilmiy-axborot bo’limi mudiri lavozimida ishlagan.2003 yildan Silikat;lar kimyosi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Z.Qodirova 2000 yili doktorlik disseratatsiyasini himoya qilgan.2010 yili professorlik ilmiy unvonini olgan.
Z.Qodirovaning ilmiy ishlari asosida mahalliy xom ashyolarni kompleks tahlil etgan holda keramika ,shisha ,olovbardosh va bog’lovchi mareriallar fizikaviy kimyosining nazariy asoslarini ishlab chiqarish bilan birga ularning smarador tarkiblari va olish texnologiyalari yaratilgan hamda chetdan valyuta hisobiga keltiriladigan ayrim xom ashyova materiallarning iqtisod qilinishi ko’rsatib berilgan,shuningdek Angren,Sultan-Uvays kaolinlari va boshqa mahalliy xom ashyolar asosida xo’jalik chinnisi ,Xo’ja ko’l koni kaolinit-kvars qumli dala shpati asosida keramik koshin,suv omborlarining cho’kindi-gilsimon illalaridan sovuqga chidamli yuqori sifatli qurulish g’ishti,Qo’ytosh kvarsiti ,Jardanoq argiliti giltuprog’I ,Arvaten va Qutchi koni serpentenitlari hamda sanoat chiqindilari asosida olovbardosh materiallarning ,jumladan dinasli,shamotli,yuqori glinozemli,magnezziali,turlarining yangi samarador tarkiblari va olish texnologiyalari ishlab chiqarildi.Olib borilgan sanoat tajriba sinovlari,tekshirilgan mahalliy xom ashyolarning ular asosida ishlab chiqarilgan tarkiblarning qo’yilgan talablarga mos kelishi ,import o’rnini bosuvchi materiallar olish mumkinligini ,kutilayotgan iqtisodiy samaradorliklari aniqlandi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Qodirova Rossiya Davlat Optika institute bilan hamkorlikda shaffof keramika olish bo’yicha Davlatlararo granti asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli bajargan. Ushbu soha bo’yicha Ameika, Germaniya va MDH davlatlarining nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalarining chop etilishi va anjumanlarda ma’ruzlari bilan qatnashishi respublikamizning ilmiy salohiyatini oshirib, jahonga tanitdi.
Bundan tashqari u olib brogan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari bilan 2008 yildan beri o’tkazib kelinyotgan “Innovatsion g’oyalar, texnologiaylar va loyihalar” Respublika yarmarkasida faol qatnashib, “ O’zmetkombinat” OAJ, “Bekobod-orgenupor” qo’shma korxonalari bilan mahalliy hom ashyo resurslari va sanoat chiqindilaridan foydlanib, dinasli, yuqori glinozemli, shamotli, magzeniali olovbardosh g’ishtlar, tiqma massalarning hamda metallurgiya kombinatining toshqolli chiqindisidan kuydirmasdan olinadigan qurilish g’ishtinva bloklarining yangi tarkiblarini va ishlab chiqarishning resurslarini va energiya tejovchi texnologiyalarini yaratish bo’yicha bir qancha xo’jalik shartnomalarini tuzdi va shular asosida ishlab chiqarish bilan uzviy aloqadordir. Chunki olovbardosh materiallarning. Shamotli g’ishtlardan tashqari, deyarli hammasi chet eldan valyuta hisobida keltiriladi.Bundan tashqari mamlakatimizda gi bir necha qurilish g’ishtining sifatini yaxshilash ,yangi xom ashyolart va sanoat chiqindilaridan foydalanib,pishgan g’isht ishlab chiqarish bo’yicha ham bitimlar tuzildi.
Hozirgi kunda Z.Qodirova rahbarligida “Import o’nini bosuvchin mo’llitkorundli va forsteritli olovbardosh materiallari tarkiblari va ishlab chiqarish texnologiyuasining ishlanmasi” mavzusidagi FA-A12-T148 hamda uning ishtirokida “O’zbekiston bentonit va bentonitsimon gillari asosida yangi gidroizolatsiya materiallar ishlab chiqarish texnologik asoslarining ishlanmasi” mavzusidagi FA-A12-T239 raqamli Davlat ilmiy –texnikaviy garandlari bajarilmoqda.
Z.R.Qodirova 4 ta patent ,monografiya ,amaliy-uslubiy qo’llanma,dastur va ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Ilmiy maqollalarning 250 dan ortig’I mustaqillik yillarida ,100 ga yaqini esa chet ellarda chop etilgan.U o’zining ilmiy ishini pedagogic faoliyati bilan birgalikda olib bormoqda.Uning rahbarligida 8 ta fan nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va hozirgi kunda 4 ta doktorlik disseratatsiyasoga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.Undan tashqari ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirisg bo’yicha malakali yosh kadrlarni tayyrolashga ham katta ahamiyat bermoqda.U Toshkent Arxitektura qurilish institutida qurilish matereallari konstruksiyalari mutaxasislariga hamda K.Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida amaliy va memoriy yodgorliklarini tamirlash mutaxasisislariga materialshunoslikning fizik –kimyoviy asoslari fani bo’yicha maruzalar o’qimoqda.
Hozirgi kunda Z.Qodirova “Fan –tallim –ishlab chiqarish ing” uzviy integratsiyasini amalga bajargan holda faoliyat yuritish jarayonida keramika ,chinni ,qurulish va olovbardosg materiallarining samarador tarkiblarini yaratib inovatsion texnologiyalar asosida ilmiy tadqiqot ishlari olin borilmoqda.Z.Qodirova jamoat ishlarida faol bo’lib 19967-2002 yillarida O’sbekiston “Kimyo” jurnalining masul kotibi va institute kasaba uyushmasining qo’mitasining raisi vazifalarida ishlagan.Respublika “Olima”ayollar uyushmasining a’zosi.Oliy Atsestatsiya Komissiyasi ,Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi,Fanalr akademiyalari faol ekspertlaridandir.
Kimyo fanlari doktori ,professor Zulayho Qodirova jonkuyar olima,ilmiy ijodkorlik hamda pedagogic qobilyati bilan nafaqat respublikamiz ,balki chet davlatlari ziyolilari orasida ham hurmat qozongan ilm-fan fidoyisidir.
|
| |