• 1.1. Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni. Sifat narxdan muhimroq
  • 1 – mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik




    Download 184.5 Kb.
    bet1/7
    Sana14.03.2024
    Hajmi184.5 Kb.
    #172123
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 – mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlikY5UW546I
    Malaka oshirish, bayonga ilova, 1.1savoli, 5902 448 1. Tayanch doktarantura, KIMYOVIY TEXNOLOGIYANIG MAXSUS BOBLARI, Численные методы, 1maruza, 2 5327872369086172198, 1, 6-Ma\'ruza, Amaliy mashg 2, 4000 Essential English Words 6 (Uzb), İngiliz Tilida Eng Kerakli 1000 ta Fel, 4- lobaratoriya ishi silikat, Получение сополимера стирола и α

    1 – MAVZU. BOZOR SHAROITLARIDA SIFAT VA RAQOBATBARDOSHLIK


    1.1. “Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni


    1.2. Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar
    1.3. Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi


    1.4. 100% lik yangi sifat siyosati

    1.1. Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni.


    Sifat narxdan muhimroq

    Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan iste’molchilarning 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Ma’lumotlar sifat harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 – 25% dan kam bo’lmagan qismini tashkil qilganini ko’rsatadi.


    Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan.


    Sifatga bog’liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan.


    Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliyotda qo’llanildi. 1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli islohotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistik nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan. Yaroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko’ra bepul almashtirib berilgan.


    Ilmiy – texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “yapon mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda bozor sifatning narxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar.


    1987 yilda sifat bo’yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu davr haqida yozadi: “80 – yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat urushidan iborat va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning o’ljasi hisoblanadi. Amerika sanoatiga nafaqat Yaponiya, balki Osiyo va Yevropa tomonidan ham hujum uyushtirilmoqda. Qo’shma SHtatlarda ko’plab mahsulot turlarining takomillashuv darajasi aniqlanmaydi.


    Prezident R. Reygan “Xьyulett – Pakkard” kompaniyasining prezidenti J. A. Yangga ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo’llarini izlash bilan shug’illanuvchi guruhni boshqarishni taklif qildi. Bunga Yang javoban quyidagicha ta’kidladi: “So’nggi yigirma yilda xalqaro bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligi pasayib ketgan. Tashqi savdo taqchilligining rekord darajasiga yetishi, yuqori texnologik sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan


    4
    mahsulotlar savdosida jahon bozori ulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish sektorimiz daromadlarining pasayishi, mehnat unumdorligining sust o’sishi va real ish haqi o’sishining mavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi1”.


    Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko’lamda muvaffaqiyatli olib borilgan. Ular alohida yo’nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o’n yilga ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan.


    HSK o’z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o’z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko’p hollarda iste’mol bozori uchun mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo’li bilan tayyorlangan.


    HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo’yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo’llaniladigan sifatni texnologik ta’minlash usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o’z ichiga oladi. Bunday yutuqlarga mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari – MSBBT, korxonalar va alohida bo’linmalar faoliyatini boshqarishning kompleks tizimlari (KABFBKT), ta’minotchilar bilan ishlashning shakllari va usullarini kiritish mumkin. Ushbu ishlanmalarning katta qismi amaliyotda dastlab Yaponiya yoki AQSH da emas, balki Rossiya va MDH davlatlarining HSK tarmoqlarida qo’llanilgan.


    SHubhasizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy masalalari ko’p hollarda yangicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq orttirilgan tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali.





    Download 184.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 184.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik

    Download 184.5 Kb.