1. Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalar




Download 79,5 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2024
Hajmi79,5 Kb.
#264406
  1   2
Bog'liq
1. Bugungi kunda elektron hukumat tushunchasi “Elektron hukuma


O`zbekiston respublikasida elektron hukumat tizimining rivojlanish bosqichlari


Reja:


1. Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasi
2. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalar
3. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar


1. Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlatorganlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishdaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosidadavlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan (tizimlardan) iborat:
· G2C(Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga
· G2B(Government to Business) — Hukumat -biznesga
· G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga
"Elektron hukumat"ning maqsadi interaktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodir bo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolarga taqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O'zbekistonda AKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat"ni rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. O'zbekistonRespublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatni joriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qaror bilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish varivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi,ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga, Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga ularning funktsiya va vazifalarini operativ va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlarini yaratish va o'zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish kabi bir qator muhim masalalar qo'yildi.
Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi qoshida 2 ta yangi markaz - "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlash markazlarini tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlashdek muhim maqsad va vazifalar qo'yildi.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat" tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik subektlari va aholiga vaqt va mablag'ni tejagan holdasifatli davlat xizmatlari ko'rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishga o'tkazish kabi vaziflarni hal etadi.
Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa "electron hukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resursva tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko'maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliyinternet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdan iborat.
2013 yilning 1 iyulida respublikamizda "elektron hukumat" tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagona portalning shiori "Xizmatlar yangi qiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi.
Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 220 dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda.
Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmushyili" Davlat dasturiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portal faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun yilboshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi.
Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlari Yagona portal orqaliquyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
· tekshirishlarreja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;
· tashqisavdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalari bo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;
· tadbirkorlik sub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnik shartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
· "SMS-To'lov"to'lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
· tadbirkorlik sub'ektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransport vositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
· faoliyatning ba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdimetish va h.k.
2014 yilning 1 oktyabrida Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektining kabineti ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorlik sub'ektlari turli soliq, statistikava boshqa turdagi hisobotlarni shakllantirishlari va yuborishlari, turli to'lovlarni amalga oshirishlari, turli ma'lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Respublikamizda "electron hukumat"ni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish maqsadida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub'ektlari uchun quyidagi xizmatlarni joriy etish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirilgan:
· mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda yer uchastkalarini tanlash bo'yicha materiallarni kelishish uchun elektron arizani taqdim etish, shuningdek qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etish;
· ishlab chiqariluvchi va olib kirilayotgan mahsulotni Milliy sertifikatsiya tizimidan sertifikatsiyadan o'tkazish uchun elektron arizani taqdim etish;
· tovar va mahsulotlarni vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
· eksport bojxona rejimida tovarlarni joylashtirish uchun ruxsatnomani olish uchun elektron ariza taqdim etish va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 27- iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.
Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan.
O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

  • Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

  • Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

  • Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish.

  • Texnik topshiriq ishlab chiqish.

  • Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.

  • Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.

“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016- yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.

Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
2013-2020- yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Download 79,5 Kb.
  1   2




Download 79,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalar

Download 79,5 Kb.