• 3. Yangi mavzuning bayoni.
  • 1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




    Download 2.52 Mb.
    bet53/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2.52 Mb.
    #15054
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230

    Menzurka


    Savdo tarozisi

    Tonna

    2. O’tilgan mavzuni eslash: Masala. "Tiko" avtomobili 135 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Avtomobil 10 minutda qancha yo’1 bosadi?

    3. Yangi mavzuning bayoni.

    Quyidagi topshiriq beriladi.

    - Quyidagi savollarga javob yozishga harakat qiling. Javoblaringizni quyidagi tartibda yozing (3 minut vaqt beriladi) Bilardim:__________________________________

    1. Nima uchun turli xil moddalardan tayyorlangan bir xil hajmli jismlarning massalari har xil bo’ladi?

    2. Gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning zichliklari bir-biridan farq qiladimi?

    3. Zichlik deganda nimani tasavvur qilasiz?

    4. Moddalarning zichliklarini aniqlagan vatandoshlarimizdan kimlarni bilasiz.

    5. Suyuqlikning zichligini qanday asbob bilan aniqlash mumkin?

    6. Sinf xonasining hajmini qanday aniqlash mumkin?

    7. Suvning hajmini qanday aniqlash mumkin?

    Endi yangi mavsu bo’yicha nimalarni bilmoqchisiz quyidagi tartibda yozing.

    Bilmoqchiman:__________________________

    O’rtoqlaringiz bilan fkrlaringizni birlashtirib menga aytib berasiz.

    Modda zichligi mavzusida o’qib yangi mavzu bo’yicha o’rganganlaringizni quyidagicha yozing.

    Bilib oldim:________________________________

    Bir xil ko’rinishga va hajmga ega bo’lgan yog’och, metall, plastmassa shar, kub, silindr (qaysilari bo’lsa) olib, ularning massalari tarozida o’lchanadi. Ularning massalaridagi farq to’g’risida o’quvchilar bilan 2 -3 minutlik "aqliy hujum" o’tkaziladi. Bundan foydalanib zichlik tushunchasi kiritiladi

    Bunda p-(ro deb oqiladi) moddaning zichligi, m-jismning massasi, v-uning hajmi. Zichlik birligi qilib 1kg/m3=0,001 g/sm3.

    Hajm tushunchasi bilan o’quvchilar matematika kursidan tanish bo’lsalar-da, yana bir bor, hajm nima? U qanday birlikda o’lchanadi? Qanday aniqlanadi? kabi savollar bilan takrorlash foydali.

    Zichlik tushunchasini mustahkamlash uchun 2 — 3 ta og’zaki masala ko’riladi. Kitobdagi jadvaldan foydalanib quyidagi mazmunda masala tuziladi:

    1. Sutning zichligi 1,03 g/sm3 yoki marmar toshning zichligi 2,7g/sm3 deganda nimani tushunasiz?

    2. Jadvalda keltirilgan moddalardan qaysi birining zichligi eng katta (kichik)?

    3. Po’lat sharning massasi 78g, hajmi 10 sm3 bo’lsa, zichligi nimaga teng?

    Darsning keyingi qismi to’g’ri geometrik shaklga ega bo’lmagan jismlar zichligini aniqlash bo’yicha boradi. Dastlab o’quvchilarni menzurka bilan tanishtiriladi. Undagi shkalani o’qish o’rgatiladi (o’quvchilarga darslikdagi oldingi mavzularda berilgan menzurka rasmini ochish aytiladi). Menzurkadagi suv orqali ixtiyoriy shakldagi jism hajmi aniqlab ko’rsatiladi. Mana shu tamoyilni qo’llab Beruniy va Hozinlar o’lchagan moddalar zichligining naqadar aniq ekanligi o’quvchilar ongiga singdiriladi. Bu bilan o’quvchilarda milliy g’urur hissi uyg’otiladi.

    Modda zichligi qanday aniqlanishini quyidagi misolda ko’ramiz. Masalan 3m3 hajmi muzning massasi 2700 kg U holda 1m3 muzning massasini aniqlash uchun 2700 kg ni 3m3 da bo’lsak, 900 kg/m3 ni hosil qilamiz Bu muzning zichligini ifodalaydi.

    Masalan shishaning zichligi 2500 kg/m3 ga teng uni g/sm3 ga aylantirish uchun quyidagicha hisoblab chiqamiz Buning uchun massani gramlarda, hajmni esa kub santimetrlarda ifodalash qulay bo’ladi.

    p=2500kg/m3 =2500x1000g/1000000 sm3=2,5 g/sm3 Jismning massasini zichligi va hajmiga qarab hisoblash uchun zichlikni hajmga ko’paytirish kerak: m=pv Jismning massasini zichligiga qarab hajmini topish uchun zichlikka bo’lish kerak:





    Download 2.52 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230




    Download 2.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

    Download 2.52 Mb.