• Topshiriqlar
  • Nazariy qism
  • 1 laboratoriya ishi cad tizimlarining amaliy dasturining interfeysini o’rganish va qo’llash ishdan maqsad




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana25.01.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #39478
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-laboratoriya
    botir zokirov, Dasturlash tillari ORALIQ, Kuralov Vaqqos Turdialiyevich


    1 - LABORATORIYA ISHI 
    CAD TIZIMLARINING AMALIY DASTURINING INTERFEYSINI O’RGANISH 
    VA QO’LLASH 
    Ishdan maqsad: Cad tizimining imkoniyatlari va vositalari bilan tanishish, ilmiy-texnik
    masalalarni Mathcad tizimi yordamida yechish. 
    Topshiriqlar: 
     
    1. CAD dasturining asosiy imkoniyatlari bilan tanishing.
    2. Mutaxasislik bo‘yicha texnik masala tanlang. 
    3. MathCAD dasturi vositalari yordamida masalaning analatik va grafik yechimlarini toping. 
    4. Laboratoriya ishining hisobotini tayyorlash. 
    Nazariy qism 
    Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir 
    birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy
    yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.
    Mathcad paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo‘lib, u 
    professional matematiklar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida o‘zgaruvchi va o‘zgarmas 
    parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning 
    ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. 
    Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o‘z dasturlash tiliga ham ega.
    Cad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o‘xshash. Mathcad ishga 
    tushurilgandan so‘ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart 
    (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik 
    ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) 
    deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar 
    to‘plamini o‘z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo‘yicha bir 
    necha buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o‘z ichiga olgan 
    bo‘lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun 
    qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari 
    ko‘rsatilgan (1- rasm):
    1-rasm. Dasturning umumiy ko‘rinishi 
    Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – 
    grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni
    Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus 


    (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy 
    operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli 
    modullar yaratish operatorlari; Greek (Grek harflari) - symbolik belgililar ustida ishlash uchun 
    operatorlar.

    Download 0.72 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 laboratoriya ishi cad tizimlarining amaliy dasturining interfeysini o’rganish va qo’llash ishdan maqsad

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish