1-modul. Adabiyot o'qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari
1-mavzu. Kirish. Adabiyot o'qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari va uning tanqidiy tahlili.Ta'lim bugungi jamiyatimizning hal qiluvchi omili sifatida. Bugungi tarixiy-madaniy sharoitda ta'lim sistemasini tashkil etish va yaratishning falsafiy va metodologik asoslari. Gumanitar fanlarni o'qitishning roli va o'ziga xos xususiyatlari. Universitet filologik ta'limining roli va o'ziga xos xususiyatlari. Oliy filologik ta'lim kontseptsiyasi. Universitet filologik ta'limi strukturasi. Oliy o'quv yurti adabiyotshunoslik ta'limining maqsadi, vazifalari, mazmuni va muammolari. O'quv rejasiga kiritilishi lozim bo'lgan adabiyotshunoslik fanlari turkumi, talabalarning filologik tayyorgarligida ularning roli, ularning birbutunligi, uzviyligi va farqli jihatlari, ularning bir-biri bilan va filologiya fakul`tetlarida o'qitiladigan boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi. Adabiyotshunoslik ta'limining uch asosiy mazmuniy-mundarijaviy komponentlari: adabiyot, u haqidagi bilimlar, uni tahlil va talqin qilish usul va vositalari. Adabiyotshunoslik fanlarining professional, rivojlantiruvchi hamda gumanitar va ma'naviy-tarbiyaviy yo'nalishga ega ekanligi. Ularni o'rganishdagi uzviylik hamda talabalar tomonidan adabiyotshunoslik faoliyatining o'zlashtirish shakllari va vositalari. Adabiyotshunoslikka oid o'quv fanlarining adabiyotshunoslik ilmi bilan aloqasi va o'zaro munosabati.
Mamlakatimiz universitetlarida adabiyotshunoslikka oid fanlarning qo'yilishi va o'qitilish tarixi. Vatanimiz universitetlari professor-o'qituvchilarining yuksak pedagogik mahorati. Ularning mamlakatimiz ma'naviy va madaniy hayotidagi o'rni.
2-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid fanlarni o'rganish tizimida umumiy kurslarning ahamiyati. Adabiyotshunoslik umumiy kurslarining o'rni, roli va tabiati. Umumiy kurs talabalarga adabiyot va tarixiy-madaniy jarayon haqida yaxlit, sistemali va konseptual tasavvur berish uchun muhim vosita. Umumiy kurslarga qo'yiladigan talablar, ularning strukturasi, ular tuzilishining metodologik prinsiplari, ularning zamini, o'quv, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ahamiyati. Umumiy kurslarni o'qitishda va o'rganishda ma'ruzalar va o'quv qo'llanmalari, ilmiy va ilmiy-tanqidiy adabiyotning roli. OO'YU umumiy adabiyotshunoslik kurslarining adabiyottshunoslik strukturasi, badiiy ijod haqidagi ilm va tegishli ilmiy predmetlar bilan bog'liqligi. Umumiy kurslarni tayyorlash, o'qituvchining ularni tashkil etish, tuzish va ishlab chiqish bo'yicha olib boradigan ishlari – faoliyati. XX asrgacha bo'lgan oliy ta'lim tizimida umumiy kurslar. (Madrasalarda adabiyot ta'limi.) Ularning adabiyot fani taraqqiyotidagi roli. Mamlakatimizdagi yetuk professorlar umumiy adabiyotshunoslik kurslarining yaratuvchilari sifatida. (Abdurauf Fitrat, Maqsud Shayxzoda, G'ulom Karimov, Natan Mallaev, Botir Valixo'jaev va boshqalar). Mutaxassislik kafedralari umumiy kurslarni tayyorlash bo'yicha ta'limiy markaz sifatida.
|