12-MAVZU: VERTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI.
Reja:
1. Vertual olam va manipuliyatsiya.
2. Kompyutr o`yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari.
3. Zo`ravonlik, faxsh va shafqatsizlikka undovchi o`yinlar.
Medialarning qudrati turli stereotip(qolip va andoza)larni, masalan, jinslarning jamiyatdagi
an’anaviy rolini taqdim etish va singdirishda ham ko’rinadi. Odatda, ko’ngilochar filmlarda bosh
qahramon erkak kishi bo’lib, ayol timsoli doim uning panasida talqin etiladi. Garchi ko’ngilochar
dasturlar qiziqarli va beozor tuyulsa-da, ular orqali inson yangi qadriyat va qarashlar bilan
tanishadi yoxud ilgari olingan tasavvurlarini mustahkamlaydi. Tomoshabin ma’lum bir
yo’nalishda shaxsiy tajribaga ega bo’lmagan holatda OAVning ta’sir kuchi yanada ortadi. Ammo
inson o’ziga tanish bo’lgan mavzular bo’yicha ham o’z ongida muayyan stereotiplarni
shakllantiradi. Masalan, yuqorida qayd etilgan gender stereotiplari aksariyat hollarda OAV
kontenti orqali shakllanadi.
“Mir” telekanali orqali bir necha yildan beri o’zbek kinochilari tomonidan suratga olingan
“Superkelinchak” filmi takror-takror namoyish etiladi. Bir qarashda, filmda o’zbek oilasi uchun
noodatiy bo’lgan holat tasvirlangandek, ya’ni oilaga boshqa millat qizi kelin bo’lib tushadi. Ammo
turmush tarzi, an’analar, uni jamiyatda ustuvor bo’lgan gender stereotiplari bilan kelishishga
undaydi. U o’zi uchun yangi bo’lgan oilaning turmush tarziga kirishib ketishi, o’ziga nisbatan bu
oilaning boshqa a’zolari hurmat bilan munosabatda bo’lishi uchun ko’p zahmat chekishiga to’g’ri
keladi.
Stereotiplar har doim ham salbiy bo’lmaydi, ular ko’pincha atrof-olamni anglab
yetishimizda yordam beradi. Salbiy stereotiplarni yengib o’tish uchun shaxsiy tajriba, tahlilning
yangi doirasi va mazkur mazmundagi boshqa OAVda taqdim etilgan axborot zarur bo’ladi. Zotan,
mediamahsulotlari kundalik hayotimizda mavjud bo’lgani bois, ularda aks etgan nuqtai nazarlar
tabiiy qabul qilinishi va bizning fikr, qarash va qadriyatlarimizga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
YAngiliklar voqelikni aks ettirishda holis ekanini da’vo qiladi. Ko’ngilochar dasturlar esa
aksincha, ko’ngilxushliklar borasidagi bizning tajribamizga tayanadi. OAVning hayotimizga
ta’sirini anglab yetish uchun bizga har kuni amalda sinab boriladigan ko’nikmalar zarur bo’ladi.
Yoshlar mediamahsulotlarni eng ko’p «qabul qiladigan» segment. Demak, har bir
zamonaviy yigitqiz media bozorning «ich»ini bilib o’sishi kerak. Bu intellektual axborot asrining
talabi, zamonaviylikning sharti. SHuning uchun ham YUNESKO mediata’limni XXI asrda
madaniy ta’limning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilagan.
“Media ma’naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim “molim yomon”,
demaydi. Buzg’unchi, jinoyatchi, johillar ham o’z g’oyamahsulotini “eng yaxshi buyum”, deydi.
Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko’p. Gap odamning ana shu
bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib taqaladi. Bugungi tilda
aytganda, gap mediamadaniyatni to’g’ri egallashida.
Demak, yoshlar mediamatnlarni o’qiyotgan, mediamahsulotni tomosha qilayotganda ularni
qabul etish, tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda mediamahsulotlarning
ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning
mediamadaniyati qandayligiga bog’liq. Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko
|