• Asbob-uskunalar
  • 10-Laboratoriya ishi Sementning hajm оg’irligini aniqlash




    Download 389.54 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana01.11.2023
    Hajmi389.54 Kb.
    #92411
    Bog'liq
    2-Ma’ruza. Elektrotexnika materiallarining klassifikasiyasi (1), Документ Microsoft Word, 25-var 2-lab, 5-maktab 2-kompyuterxona, FAVQULODDA VAZIYATLARDA AXOLIGA XABAR BERISH ALOQA VOSITALARI


    10-Laboratoriya ishi 
    Sementning hajm оg’irligini aniqlash. 
    Sement zavodlarida ishlab chiqarishni tekshirish. Zamonaviy sement 
    zavodlarida olinayotgan xomashyo, yarim fabrikat hamda tayyor mahsulot - 
    sementning talab qilingan sifatda bo'lishini ta'minlash uchun asosiy jihozlarning 
    belgilangan texnologik rejimida ishlashiga juda jiddiy e'tibor qilish kerak. Shuning 
    uchun ishlab chikarishni tekshirib turish alohida ahamiyat kasb etadi.
    Xomashyo materiallarini maydalash darajasi va maydalangan mahsulot 
    o'lchami hamda donadorlik tarkibi belgilanganiga qanchalik mos ekanligi tekshirib 
    turiladi. Xomashyo tuyish sexida tuyish namligi va qanchalik mayda tuyilgani 
    tekshiriladi. Bir qancha xomashyo komponentlari baravariga maydalanayotganda 
    ishlanayotgan aralashma tarkibi belgilangan tarkibga qay darajada mosligi 
    tekshiriladi.
    Tayyor mahsulotni tuyish sexida ham shu tariqa tekshiriladi. Pishirish sexida 
    texnologik rejimiga (pishirish harorati, materiallarning pech zonalarida bo'lishi 
    muddatlari), tutun gazlar harorati va tarkibi, yoqilg'i va pishiriladigan materiallar 
    sifati, pishirish natijalariga qanday rioya qilinayotgani kuzatib boriladi. Xullas, 
    xomashyo materiallari, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar sifati texnologik 
    jarayonning barcha bosqichlarida - xomashyo zavodga olib kelingan paytdan 
    boshlab, tayyor mahsulot jo'natilgunga qadar tekshirib, kuzatib borilishi kerak. 
    Ishlab chiqarish quyidagi talablarga javob berishi zarur:
    -tekshirish uchun olingan namuna materiallarning o'rtacha sifatiga mos kelishi 
    lozim;
    -namuna olinadigan joy to'g'ri tanlanishi va texnologik parametrlar to'g'ri 
    aniqlanishi shart (harorat, namlik, aralashmalarning harakatchanligi va hokazolar);
    - jihozlarning ish rejimi tekshiriladigan joy to'g'ri tanlanishi kerak;
    - namunalarni takror olish vaqti va uning miqdori to'g'ri tanlanishi lozim;
    - tekshirish jarayoni iloji boricha to'la avtomatlashtirilgan va tekshiruvchi 
    asboblar masofadan turib boshqariladigan bo'lishi kerak.
    Hozirgi kunda tekshirish uchun namunalarni avtomatik yo'l bilan olinadi. 
    Sement zavodlarida mehnat muhofazasi. Sement sanoatida xomashyoni qanday 
    qazib olish va qayta ishlash, xomashyo aralashmalarini pishirish, klinkerni 
    kukunlash, juda ko'p miqdordagi materialni bir joydan ikkinchi joyga va omborga 
    tashish hamda iste'molchiga jo'natish kabi murakkab hamda turli mexanizm, 
    uskunalar bilan jihozlangani va ko'p miqdorda elektr dvigatellarning borligi uchun 
    jihozlarning xavf-xatarsiz ishlatilishi, ishlab chiqarish operatsiyalarining bajarilishi, 
    shuningdek, ishlash uchun qulay sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishiga doir 
    asosiy tadbirlar belgilangan bo'ladi.


    Xavfsizlik texnikasida jihozlar orasidan o'tish uchun qulay joy qoldirilgan
    maydonchalarda bemalol ishlaydigan sharoitning bo'lishi, muhofaza g'iloflari va 
    to'siqlar o'rnatilishi, ko'chma elektr jihoz va asboblar bilan bexatar ishlash uchun 
    zarur sharoitlar yaratilganligi ko'rsatilgan bo'ladi. Sanitariya texnikasiga doir 
    tadbirlarni ishlab chiqishda isitiladigan va isitilmaydigan binolar, havo, chang, bo'r 
    va gazlardan ifloslanadigan joylar va ifloslangan havoni markaziy tartibda so'rib 
    olib, tashqariga chiqarib yuborish tadbirlari ko'rilgan, xavfsizlik texnikasi va 
    sanitariya texnikasi bo’yicha belgilangan hamma tadbirlar texnologik jarayon bilan 
    uzviy bog'langan bo'lishi shart. 
    Asbob-uskunalar: 
    1. 
    Quritilgan sement kukuni. 
    2. 
    Hajmiy og’irlikni aniqlash voronkasi. 
    3. 
    Bir litrli idish. 
    4. 
    Temir chizg’ich. 
    5. 
    Tarozi. 
    Materialning solishtirma og’irligi deb, uning og’irligini absolyut zich 
    g’ovaklar va bo’shliqlarsiz hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. 
    Sinaluvchi moddaning hajmiy og’irligi 2 holda, zichlantirgan va sochiluvchan 
    xolda aniqlanadi. 
    Sinaluvchi moddaning hajmiy og’irligini topish uchun hajmi ma’lum bo’lgan 
    tsilindr idish bo’sh holatda tortiladi va uning ustiga og’irligi bo’r bilan yoziladi, 
    voronka tagiga qo’yiladi. Voronkadan erkin xolatda sement kukuni solinadi
    ortiqchasi lineyka bilan olib tashlanadi va idish tsement bilan tortiladi.
    Rasm-11. Xajmiy og’irligi aniqlovchi qurima 
    Xajmiy og’irligi sochiluvchan xolatda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
    Y
    0
    =(P
    1
    -P)/V, g/sm
    3


    Y
    0
    -hajm og’irligi, R-bo’sh idishning og’irligi gr, R
    1
    -mahsulotli idishning 
    og’irligi gr, V-idishning hajmi sm
    3

    Sementning nomlari 
    Hajm. og’ir. Sochiluvchi, 
    kg/m

    Hajm. og’ir. zich holda,
    kg/m
    3
    Portlandtsement 
    900-1300 
    1500-2000 
    Putsolanportlandtsement 
    900-1000 
    1200-1600 
    Shlakoportlandtsement 
    900-1100 
    1200-1600 

    Download 389.54 Kb.




    Download 389.54 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Laboratoriya ishi Sementning hajm оg’irligini aniqlash

    Download 389.54 Kb.
    Pdf ko'rish