• Kalit so’zlar
  • 10-mavzu. “Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi reja: Globallashuv davri. Bulutli texnologiyalaridan foydalanish




    Download 74.89 Kb.
    bet1/7
    Sana05.03.2024
    Hajmi74.89 Kb.
    #167483
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    10-маьруза матни
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)

    10-mavzu. “Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi.
    reja:

    1. Globallashuv davri.

    2. Bulutli texnologiyalaridan foydalanish.

    3. Xususiy bulut mezonlari.

    4. Bulutli texnologiya xizmat ko’rsatish.

    Kalit so’zlar: globallashuv davri, bulutli hisoblash, Google, dokument, ommaviy bulut, gibrid bulut, xususiy bulut, axborot texnologiyalar, kommunikatsiyalar

    1. Globallashuv davri. Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo’lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo’nalishdagi texnologiyalar yaratilmoqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan yetarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim paytlarda aynan o’xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash g’oyasi o’tgan asrning 60 yillarida paydo bo’lsada aloqa kanallarining shiddat bilan rivojlanib borishi va foydalanuvchilar talabining uzluksiz o’sib borishi natijasida 2007 yildan boshlab ommaviylashib, rivojlanish bosqichiga o’tdi.

    Bulutli hisoblash (ingl. cloud computing) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat ko’rinishida taqdim etadi. SHunday yo’l bilan foydalanuvchiga “sof” ko’rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o’zining masalalariga qanday kompyuter ishlov berayotganligi, qanday turdagi operatsion tizim (OT) boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati bo’lmaydi.
    Ish yuritilishida o’xshashlik va umumiylikni topib bulutli texnologiyani “meynfrem”lar (mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning “meynfrem”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir.
    Dastlab paydo bo’lgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash (1990 yillarda) bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega bo’ldi. Dastlabki davrda bu yo’nalish texnik vosita protsessorining bo’sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraladi. Grid-hisoblash bilan bulutli hisoblash arxitekturasi hamda qo’llanilayotgan tamoyillariga ko’ra o’zaro ko’pgina o’xshash jihatlarga ega. SHu bilan bir vaqtda, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega bo’lganligi bois bulutli hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olindi.
    Hozirgi kunda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o’zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova resurli bilan ta’minlab beradi [1]. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim1 yoki qo’shimcha qurilmalar sotib olish va sozlashni talab etuvchi turli serverlarni saqlab turish o’ta qimmatga tushib ketadigan korxonalar uchun qulay vosita hisoblanadi. Xususiy foydalanuvchilar o’rtasida o’zining qulayligiga ko’ra Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan “Dokumentы”, “Kalendarь” kabi xizmatlarga o’xshash ko’plab bulut xizmatlari keng tarqalish xususiyatiga ega bo’ldi.


    1. Download 74.89 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 74.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu. “Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi reja: Globallashuv davri. Bulutli texnologiyalaridan foydalanish

    Download 74.89 Kb.