• 1-savol bayoni.
  • 10-mavzu. Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish reja




    Download 31.86 Kb.
    bet1/4
    Sana21.12.2023
    Hajmi31.86 Kb.
    #125775
      1   2   3   4
    Bog'liq
    10-mavzu. INSON KAPITALIGA KIRITILADIGAN INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH (2)


    10-MAVZU. INSON KAPITALIGA KIRITILADIGAN INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH
    Reja:

    1. Inson kapitali tushunchasi, mohiyati va turlari. Inson kapitalining milliy iqtisodiyotga ta'siri

    2. Inson kapitaliga investitsiyalar tarkibida ta'limga yo'naltiriladigan investitsiyalarning roli. Ta'limga yo'naltiriladigan investitsiyalarning yo'nalishlari

    3. Inson kapitalining rivojlanganlik darajasini aniqlashning jahon tajribasi (Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi. Global raqobatbardoshlik indeksi. Global innovatsion indeks)


    1-savol bayoni. Har qanday iqtisodiy tizim o'ziga xos iqtisodiy qonunlar va shunga mos iqtisodiy kategoriyalarga ega bo ladi. Bu iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar ma'lum bir makon va zamonda amal qiladi. Insoniyat paydo bo'libdiki, to hozirgi kunga qadar insonni iqtisodiy jarayonlarga ta'siri turli darajalarda baholanib shunga xos iqtisodiy tushuncha va kategoriyalar ishlab chiqilgan. XVIII asrda insonga ishlab chiqarishning shaxsiy omili sifatida qarab uni ishchi kuchi, mehnat resurslari deb e'tirof etganlar va shu asosda iqtisodiyotda ishchi kuchi, mehnat resurslari kategoriyasi paydo bo'lgan. Bugungi kunga kelib insonni iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etish ko'lami kengayib bordi. Fan texnikaning jadal rivojlanishi bilimlar, ko'nikmalar, mahorat inson qobiliyatlarini birinchi o'ringa ko'tardi. Bevosita inson iqtisodiyotni rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Inson endi ishlab chiqarishning qo'shimcha resursi emas, balki o'z qobiliyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etuvchisi, yangi innovatsiyalarni yaratuvchi noyob resursga aylandi. Inson xodim sifatida o'z mehnatining natijasini taqsimlashda, mulkda, foydada ishtirok etish tizimi orqali korxonalarni boshqarishda ishtirok eta boshladi. Bu esa iqtisodiyotda inson kapitali tushunchasini paydo bo'lishiga zamin yaratdi.
    Iqtisodiyotni hozirgi rivojlanish bosqichi, boshqa iatisodiy tizimlardan farqli ravishda, aynan nomoddiy holdagi aktivlar ya'ni dasturiy ta'minotlar, axborot resurslari, intellektual bilimlar, elektron resurslarni yaratish ishlab chiqarishning bilimlarga asoslangan yangicha usuliga aylanib bormoqda, axborot, bilimlar esa iqtisodiy kategoriya sifatida shakllanmoqda. Bunda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch bo'lib ilmiy kashfiyot va ishlanmalar xizmat qiladi. Bunday yangi iqtisodiy tizimning yuksalishi markazida inson kapitali turadi.
    Inson kapitali tushunchasi kop qirrali tushuncha bo'lib, unga birinchilardan ta'rif bergan va tadqiqotlar olib borgan amerikalik olimlar Teodor Shults va Geri Bekkerdir. Bu olimlarning inson kapitali borasidagi yangiligi XX asming ikkinchi yarmida dunyo idtisodiy tafakkurida kashf qilingan eng muhim yangiliklardan biri bo'ldi. Bu olamshumul yangiliklari uchun har ikki olim ham Nobel mukofoti bilan taqdirlanishgan.
    T. Shultsning ta'kidlashicha, kambag'al inson farovonligini oshishi yerga, texnika vositalariga emas, balki uning bilimiga bog'liq. Undan tashqari ushbu atama bo'yicha quyidagi fikrlarni aytgan, inson qobiliyatlarini barchasi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi. Har bir odam o'zining tug'ma qobiliyatlariga xos individual gen majmui bilan tug'iladi. Inson tomonidan mablag'lar bilan orttirilgan yoki kuchaytirilgan qobiliyatlarni biz "inson kapitali" deb ataymiz" l0°degan.
    Uning izdoshi G.Bekker inson xulq-atvorining o'ziga xos"iqtisodiy yondashuvi"ni ajratib o'zining universal metodologik yondashuvini yaratishga erishdi. Uning ta'kidlashicha, inson kapitalibu, har bir kishida mavjud bilim xazinasi, malaka ko'lami va motivatsiyalar zaxirasidir. Inson kapitalining jismoniy kapitaldan farqi shundaki, u alohida kapital turi bo lib, unda o'xshash harakat qiladi Lekin unda bir qator fundamental tafovutlar ham borki, ular orasida bu kapitalning o'z egasidan ajralmasligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.Inson kapitalining jamg'arilishi jismoniy kapital singari katta xarajatlarni talab etadi va bu murakkab investitsion jarayon bilan bog'liqdir".
    Ko'pgina iqtisodchi olimlar insondagi qobiliyat, bilim, ko'nikmani insondagi kapital sifatida e'tirof etishmoqda.
    Mahalliy olimlarimizdan A. O'lmasov va A. Vahobovlar inson kapitali - bu kishilarning hayotiy ne'matlar hisoblangan tovar va xizmatlarni yaratishga qodir bo'lgan aql-idroki va kuch-quvvatidir, uni yaratish xarajat talab qilgani uchun u kapitalga tenglashtiriladi, degan fikrlarni bildirishgan.
    Umuman olganda, insonlarga daromad keltiradigan qobiliyatlari va bilimlari yig'indisini inson kapitali, deb atash mumkin.
    Bugungi kunda nega ishchi kuchi, mehnat resurslari emas. balki inson kapitali tushunchasiga ko'proq urg'u berilmoqda. Buning eng muhim sabablaridan biri biz borayotgan hozirgi taraqgiyot yo'Ii ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ishlab chiqarishning ham bilimlarga asoslanib borishini ko'rsatmoqda. Demak, ishchini bilimi nafagat uni o'zini yoki oilasini balki mamlakat kerak bo'lsa jahon iqtisodiyoti uchun ham foyda keltiradi. Keling buni oddiyroq bir amaliy misol bilan tavsiflashga harakat qilamiz. Dunyodagi eng mashhur kompaniyalardan biri “Apple" kompaniyasining asoschisi Stif Jobsni olib qaraylik.Undagi inson kapitali nafaqat kompaniyani balki davlat, millatni ham dunyoda dovrug'ini tanitdi. E'tibor bering birgina insondagi bilim,qobiliyat undagi noodatiy fikrlash uslubi dunyodagi axborot telekommunikatsiya sohasida juda katta o'zgarishlarga olib kelgan.Undan tashqari korxonaning daromadi boshqa sanoat korxonalari bilan raqobatlashadigan darajadan ham yuqoridir.
    Haqiqatan ham inson kapitali mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini eng muhim mezoniga aylanib bormoqda. Demak, inson kapitali inson daromadlarining o'lchovi ekan. Insonni daromadi undagi bilim, tajriba va ko'nikmalami darajasiga bog'liq. Insondagi inson kapitali qanchalik sifat jihatdan yuqori bo'lsa, uning daromadlari ham shuncha yuqori bo'ladi.

    Download 31.86 Kb.
      1   2   3   4




    Download 31.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu. Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish reja

    Download 31.86 Kb.