13-Mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari
Reja:
1.
Kompyuter tarmoqlarini tashkil etish tamoyillari
2.
Tarmoq himoyasini tashkil qilish asoslari;
3.
. Kompyutеr tеlеfoniyasidagi himoyalash usullari.
Darsning maqsadi: talabalarga. Kompyuter tarmoqlarini tashkil etish
tamoyillari va tarmoq himoyasini tashkil qilish asoslarini tushuntirish. Talabalarda
kmpyuter tarmoqlarida ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Tayanch
iboralar:
Serverlar
,
Foydalanuvchilarning
mahalliy
kompyuterlari (ish stantsiyalari), Ma’lumotlarni uzatish kanallari,tarmoq abonenti,
stantsiya, fizik uzatish muhiti, Lokal tarmoqlar,
Mintaqaviy tarmoqlar, Global
tarmoqlar.
Mashg’ulot vositalari: sinf doskasi, plakatlar, fundamental fan darsliklari,
o’quv va uslubiy qo’llanmalar, informatika bo’yicha atamalar lug’ati,
videoproyektor, ekran va kompyuterdan samarali foydalanish.
Mashg’ulot usullari: takrorlash, suhbat va savol-javob, munozara
(mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash) tarzida muloqot o’tkazish, (talabalarning
mustaqil, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgatgan holda
fikr mulohazalarini bayon
qildirish, buning uchun har bir talabaga, tayanch iboralardan savollar tashlanadi,
ular o’z fikrlarini bayon qiladilar, hamma talaba javobni bayon qilib bo’lgandan
so’ng talaba bilan birgalikda javoblar yakun qilinadi).
Darsning xronologik xaritasi - 80 minut.
Tashkiliy qismi: Auditoriyaning jixozlanishi
va sanitar sharoitlari,
talabalar davomati - 2 minut.
Bilimlarni baholash: yangi mavzuni o’rganish uchun zarur bo’lgan
material bo’yicha
suhbat - 10 minut.
Yangi mavzuni bayon etish - 55 minut.
Mavzuning o’zlashtirilgan darajasini aniqlash - 10 minut.
Uyga vazifa - 3 minut.
Kompyuter tarmog’i deb kommunikatsiya vositalari orqali o’zaro
birlashtirilgan kompyuter va periferiya qurilmalarining (printerlar, skanerlar,
diskovodlar va boshqa qurilmalar), hamda foydalanuvchilarga tarmoqning barcha
(texnik, dasturiy, axborot) vositalaridan jamoa ko’rinishida
foydalanish
imkoniyatlarini yaratib beruvchi tizimiga aytiladi.
Tarmoqlarning
asosiy
vazifasi
— foydalanuvchining tarmoqdagi
imkoniyatlardan sodda, qulay va ishonchli ravishda foydalana olishini, beruxsat
kiruvchi chaqirilmagan
mehmonlardan himoyalanish, tarmoq abonentlari orasida
qulay, unumli va ishonchli axborot almashinishni ta’minlashdir. Tarmoq tarkibiga
kiradigan asosiy komponentlarni sanab o’tamiz:
Serverlar — Foydalanuvchilarga taklif etiladigan kuchaytirilgan kompyuter
imkoniyatlarining manbasi, tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarib turuvchi bosh
kompyuter;
Foydalanuvchilarning mahalliy kompyuterlari (ish stantsiyalari) — Tarmoqqa
ulangan abonent kompyuteri;
Ma’lumotlarni uzatish kanallari — kompyuterlarni o’zaro bog’lab
turuvchi
kommunikatsiya vositalari.
Kichik EHM, mikroEHMlar va nihoyat shaxsny kompyuterlar, serverlarning
dunyoga kelishi, hamda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi axborotlarni
yig’ish va qayta ishlashning yangi - "Tarmoqlangan qayta ishlash" texnologiyasini
yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi axborot tizimining shunday
bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin
o’zaro axborot kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun
ko’p mashinali
birlashmalar tashkil etilib, ular ko’p mashinali hisoblash
majmualari yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko’rinishlarida amalga
oshirilishi mumkin.
Kompyuter
tarmog’i-
aloqa
kanallari
yordamida
ma’lumotlarni
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar to’plami
bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmog’i "Tarmoq abonenti", "stantsiya" va "fizik uzatish
muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.