• 14.3. Tarmoq kuchlanish chastotasini oʻzgartirib rostlash. Tayanch soʻz va iboralar
  • Umumiy tushunchalar.
  • Sirpanishni oʻzgartirish
  • Asinxron dvigatellarning kostruksiyalari va asosiy turlari
  • Nazorat savollari
  • 14-mavzu: Asinxron mashinaning ish rejimlari. Rotori tormoslangan asinxron mashinada boʻladigan elektromagnit jarayon. Reja




    Download 20.24 Kb.
    Sana01.05.2023
    Hajmi20.24 Kb.
    #55468
    Bog'liq
    El.mash. 14-mavzu Microsoft Word
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

    14-mavzu: Asinxron mashinaning ish rejimlari. Rotori tormoslangan asinxron mashinada boʻladigan elektromagnit jarayon.
    Reja:
    14.1. Asinxron mashinalring motor generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlatish
    14.2. Sirpanishni oʻzgartirib motorning tezligini rostlash.
    14.3. Tarmoq kuchlanish chastotasini oʻzgartirib rostlash.

    Tayanch soʻz va iboralar:
    Statik moment, mexanik kuch, val, asinxron motor, qisqa tutashgan rotor, tezlikni rostlash, sirpanish,rotor tezligi,magnit maydon, chastota, rotor zanjiri, mexanik xarakteristika, aktiv qarshilik, salt ishlash, quvvat isrofi, chastota oʻzgartirgich, kuchlanish, juft qutblar, stator choʻlgʻami, choʻlgʻamning ulanishi sxemasi, rele kontaktorli sxemas, Sirpanish, qarshilik, reostat, quvvat isroflari, foydali ish koeffitsient, qoʻshimcha qarshilik, sirpanish quvvat isrofi, qoʻshimcha eyuk, kaskad sxemasi, oʻzgarmas quvvat, oʻzgarmas moment, fazaregulyator, choʻlgʻamlar, siljish burchagi, magnit maydon, elektr bogʻlanish, aylanuvchi transformator, kuchlanishni rostlash, magnitogidrodinamik nasos, suyuq metal, chiziqli asinxron motor, yaxlit magnit oʻzak, ishga tushirish, kanal, chastota oʻzgartirgich, tormoz, dvigatel, sinxron dvigatel, oʻzgarmas tok motor.
    Umumiy tushunchalar.
    Dvigatel oʻqiga ulangan mexanik yuk oʻzgarganda aylanish tezligining bir xilda qolishi yoki mexanik yuk oʻzgarmaganda dvigatel tezligini oʻzgartirish mumkinligi xar qanday dvigatelning asosiy xususiyati hisoblanadi.
    Asinxron dvigatelning tezligi mexanik moment oʻzgarishi bilan juda oz (1-5%) boʻlsa ham oʻzgaradi. Bu asinxron dvigatelning muhim kamchiligi hisoblanadi .
    Sirpanish formulasidan rotorning aylanish tezligi quyidagicha aniqlanadi: n2=n1(1-s)= (1-s)
    Demak, asinxron dvigatelning aylanish tezligini oʻzgartirish uchun uning sirpanishini unga berilayotgan kuchlanish chastotasini oʻzgartirish yoki juft qutblar sonini oʻzgartirish kerak.
    Sirpanishni oʻzgartirish bilan aylanish tezligini oʻzgartirish faqat faza motorli dvigatellarda tadbiq kilinadi. Bunday dvigatellarda rotor zanjarining aktiv qarshiligi oʻzgarsa uning sirpanishi xam oʻzgaradi. Asinxron dvigatelning mexanik xarakteristkalaridan aktiv qarshiligi ortishi bilan sirpanish ortishi mahlum (bunda yuk momenti bir xilda qoladi) rotorning aylanish tezligi esa kamayib boradi. Dvigatelning sirpanishini rotor zanjirining aktiv qarshiligiga bogʻliqligini ifodadan quyidagicha aniqlanadi:

    Amalda rotor zanjirining aktiv qarshiligi bu zanjirga qandaydir qoʻshimcha qarshilik ulash yuli bilan oʻzgartiriladi. Bu qarshilik rotor choʻlgʻamiga elektr choʻtkalar orqali ulanadi. Tanlangan qoʻshimcha qarshilik uzoq vaqt ishlashga moʻljallab tanlanadi.
    Sirpanishni oʻzgartirish yoʻli bilan faqat yukli dvigatellarni tezligin oʻzgartirish mumkin. Dvigatel salt ishlasa rotor zanjirining aktiv qarshiligi oʻzgarsa ham uning aylanish tezligi deyarli oʻzgarmaydi.
    YUqorida aytilgandek, rotor zanjiridagi quvvat isrofi sirpanishga toʻgʻri proporatsional Pe2=sPem shunday ekan, dvigatelda sirpanishning ortishi rotor zanjaridagi quvvat isrofini oshiradi, natijada dvigatelning foydali ish koeffitsenti kamayib ketadi.
    Asinxron dvigatellarning kostruksiyalari va asosiy turlari
    Halq xoʻjaligining turli sohalarida mashina va mexanizmlar, asosan uch fazali asinxron motorlar yordamida xarakatga keltiriladi.
    Ularning tuzilishi bir xil boʻlsa ham ular bir-biridan ayrim qismlarining konstruksiyasi bilan farq kiladi. Biror mexanizm uchun elektr motorni tanlashda shu mexanizmning mexanik xususiyati, ishlash sharoiti va motor turadigan joydagi muhitning xususiyatlari egʻtiborga olinadi. Shuning uchun ham motor quvvatini toʻgʻri tanlash muhim ahamiyatga egadir.
    Xozir mamlakatimizda quvvati 0,4 kvt dan 125 kvt gacha, nominal kuchlanishi 127,220,380 va 500 volgʻt boʻlgan kichik va oʻrta quvvatli motorlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, quvvati 200 dan 1000 kvt gacha boʻlgan maxsus kurilmalar uchun quvvati 1000 kvt dan ortiq va nominal kuchlanishi 3000, 6000 V boʻlgan katta quvvatli asinxron motorlar ham ishlab chiqariladi.
    Oʻrta va katta quvvatli asinxron motorlarning korpusi va asosi poʻlat yoki choʻyandan yaxlit quyma xolda tayyorlanadi. Katta quvvatli motorlarning korpusi koʻpincha ayrim boʻlaklardan payvandlab tayyorlanadi. Kichik quvvatli asinxron motorlarning korpusi va asosi alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi.
    Asinxron motorlarda stator bilan rotor orasidagi havo oraliq qancha kichik boʻlsa, stator bilan rotorning oʻzaro magnit aloqasi shuncha kuchli motorning texnik xarakteristikasi shuncha yaxshi boʻladi. Shuning uchun ham havo oraliq mumkin kadar kichik boʻladi. Kichik quvvatli motorlarda bu oraliq 0,25-0,35 mm: katta quvvatli (200-350 kvt) motorlari 1-1.5 mm ga teng boʻladi.
    Asinxron motorlar ishlaganda ular xar xil usul balan sovutiladi. Motorning ayrim detallarini bir xil qilib tayyorlash va lozim boʻlganda yangisiga almashtirish muhim ahamyatga ega boʻlgani uchun mamlakatimizning elektr mashinasozlik zavodlarida 1949 yildan boshlab koʻp sohalarda ishlatiladigan uch fazali asinxron motorlar, asosan A yagona seriyada ishlab chiqariladi. Bu motorlarning rotor sterjenlari alyuminiydan tayyorlanadi.


    Nazorat savollari:

    1. Asinxron mashinalring motor generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlatish usullarini aytib bering


    2. Sirpanishni oʻzgartirib motorning tezligini rostlashusullarini ayting.
    3. Tarmoq kuchlanish chastotasini oʻzgartirib rostlashusularini koʻrsatib bering.
    Download 20.24 Kb.




    Download 20.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-mavzu: Asinxron mashinaning ish rejimlari. Rotori tormoslangan asinxron mashinada boʻladigan elektromagnit jarayon. Reja

    Download 20.24 Kb.