• Toshkent Moliya instituti - 2005 3 KIRISh
  • 2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/92
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #43723
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
    Bog'liq
    19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
    Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor


    O’zbekiston Respublikasi Oliy va 
    O’rta maxsus ta’lim vazirligi 
    Toshkent Moliya instituti 
    Navro’zova K.N., Ortiqov O.A. 
    BANKLARDA HISOB VA TO’LOV 
    TIZIMI 
    O’quv qo’llanma 
    Toshkent 2005 y 


    2
    Banklarda hisob va to’lov tizimi. 
    Navro’zova K.N., Ortiqov O.A. 
    T.TMI 2005 yil ______ bet. 
    Respublikada to’lov tizimining shakllanishi va uni ishlash printsiplariga 
    bag’ishlangan respublikamizda chop etilgan dastlabki qo’llanma bo’lib, unda to’lov 
    tizimi va uning tarkibi, respublikada milliy to’lov tizimining shakllanishi, shu tizim 
    orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning o’tishi, banklararo hisob-kitoblarning o’tish 
    texnologiyalari, yagona vakillik hisobvaraqlari orqali to’lovlarning o’tishini tashkil 
    etilishi, shuningdek, yagona bank texnologiyalarining turlari ko’rsatib berilgan. 
    O’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo 
    ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. 
    Taqrizchilar: Mintaqaviy bank o’quv markazi
    raisi i.f.n., dots. Z.Xolmaxmadov 
    i.f.d., prof. A.Vaxobov 
    Toshkent Moliya instituti - 2005


    3
    KIRISh 
    Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat 
    yuritayotgan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo’jalik yurituvchi 
    sub’ektlarning hech biri bank xizmatini chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi, o’zaro 
    hisob-kitoblarini bank yordamisiz o’tkaza olmaydi. Shu sababli bank tizimini 
    mustaxkamlash, ularning erkinligini oshirish yo’lida isloxotlarga xukumat miqyosida 
    e’tibor berib kelmoqda. Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar nafaqat 
    banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini 
    isloh qilish va erkinlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi 
    Qarorining qabul qilinishi respublikada faoliyat yuritayotgan banklarning 
    rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Ushbu qarorda tijorat banklarning tashkil etishga 
    qo’yiladigan talablari, ularning operatsiyalari, imtiyozlar, kreditlash bilan bog’liq 
    muammolarga alohida o’rin ajratilgan. Hozirgi kunda bank tizimi rivojlanib borar 
    ekan, banklar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, hisob-kitoblarni o’tkazish mexanizmini 
    takomillashtirish talab etiladi. Ushbu qo’llanma «Bank ishi» yo’nalishi bo’yicha 
    magistraturadagi bir qator mutazassisliklarda, jumladan, «Kredit», «Bank auditi», 
    «Xalqaro bank ishi», «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari», «Bank qimmatli 
    qog’ozlari», «Bank risklari» mutaxassisliklar talablari uchun mo’ljallangan. O’quv 
    qo’llanma ushbu fan bo’yicha ishlab chiqilgan namunaviy dastur va ishchi-o’quv 
    dasturlari asosida yozilgan. O’quv qo’llanmada to’lov tizimining mazmuni, uning 
    tarkibi, respublikada milliy to’lov tizimining shakllanishi, elektron to’lov tizimini 
    tashkil etishning zarurati va shartlari, printsip va funktsiyalari o’z ifodasini topgan. 
    Shu bilan birga iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblar, davlat byudjetining kassa 
    ijrosi bo’yicha operatsiyalar, banklar tizimidan o’tganini hisobga olgan holda 
    yuqoridagilar o’quv qo’llanmada batafsil yoritib berilgan. O’quv qo’llanmada yangi 
    bank texnologiyalari, ularning qo’llanilishi ham o’z ifodasini topgan. 
    Mazkur o’quv qo’llanmadan – «Bank ishi» yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan 
    barcha oliy o’quv yurtlarining bakalavriat va magistratura bo’limlari talabalari
    kollejlar, biznes maktab talabalari, shuningdek bank mutaxassislari va bank faoliyati 
    bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin. 
    «Banklarda hisob va to’lov tizimi» o’quv qo’llanmasi respublikada birinchi 
    marta o’zbek tilida chop qilingan. Shu sababli uni yozish davomida ba’zi bir 
    kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Ushbu kamchiliklar bo’yicha o’z 
    fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni bildirishingizni so’raymiz va oldindan 
    minnatdorchilik bildiramiz. 


    4

    Download 0.64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish