• 2006 yilda nashr etilgan ―O‘zbek tilining izohli lug ‘atida vatan tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan
  • ―O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida esa, vatan tushunchasiga shunday ta‘rif keltiriladi
  • 2-Topshiriq «FSMU» metodi
  • Texnologiyani amalga oshirish tartibi
  • 2 seminar Xalq pedagogikasida vatanparvarlik tarbiyasining ifodalanishi




    Download 51.61 Kb.
    Sana16.01.2024
    Hajmi51.61 Kb.
    #139132
    Bog'liq
    2mm
    D1-maruza-1, MOODLE MASOFAVIY TA, Nurmatov Azizbek, Eskez, Ruzolf Diesel enginere, 1. Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning a, ilhom, Реактивный старт в трейдинге (2), algaritm amaliy ish, 54-70 вопросы, BOMDOD NAMOZI, 8 mart tadbir, KO\'CHKILAR, Induksiyon rele, 1674790770 Sayfullayeva Jamila

    2 seminar Xalq pedagogikasida vatanparvarlik tarbiyasining ifodalanishi.

    1-Topshiriq
    Xalq pedagogikasida vatanparvarlik tarbiyasi to‘g‘risida
    Keyingi yillarda islohotlarning natijasi tufayli ta‘lim-tarbiya sohasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ta‘lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanishning o‘ziga xos metodikasi yaratilib, yangiliklar bilan uyg‘un holda shaxs ma‘naviyatini shakllantirishda foydalanib kelinmoqda. Jumladan, o‘zbek xalq pedagogikasida barcha davrlar uchun kerak bo‘ladigan ilg‘or fikrlar borki, ular bugungi taraqqiyotimiz uchun ham qimmatli qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimiz ma‘naviyatining durdonasi bo‘lmish maqol va afsonalarda barcha insoniy g‘oyalar, ayniqsa vatanparvarlik tarbiyasi asosiy o‘rinni egallaydi.. Vatan tushunchasining ilmiy, pedagogik, falsafiy jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2006 yilda nashr etilgan ―O‘zbek tilining izohli lug ‘atida vatan tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan: Kishi tug ‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat; kishining tug ‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri yoki qishlog‘i; turar joy, boshpana, maskan, uy sifatida talqin etilgan. ―O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida esa, vatan tushunchasiga shunday ta‘rif keltiriladi: Vatan – kishilarning tug‘ilib o‘sgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, o‘ziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatan ona kabi muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuyg‘usi, mas‘uliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon bo‘ladi.
    Hozirgi kunda o‘tmish avlodlarning ko‘p asrlar davomida ta‘lim va tarbiya sohasida orttirgan boy, ijobiy tajribasini o‘zlashtirish asosida yosh avlodni respublikamizning mustaqilligiga erishuvi yo‘lida olib borilayotgan umumiy ishda faol ishtirok etadigan qilib kamol topdirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Shu tufayli ham respublika xalq ta‘limi vazirligi xalq pedagogikasini tashkil etishni, o‘quvchilarni milliy-madaniy an‘analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ydi. Bu esa xalqimiz qoldirgan milliy-madaniy merosni ta‘lim muassasalari va oila tarbiya sohasida qo‘llanayotgan tajribalarni jiddiy o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatishni taqazo etadi. Ma‘lumki, o‘zbek xalq pedagogikasi yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llangan usul va vositalar, tadbir va shakllari, milliy urf-odat va an‘analar, tarbiya haqidagi g‘oyalar mujassamdir. Halq pedagogikasida ifodlangan g‘oyalar, tajribalar halq yaratgan afsonalarda, og‘zaki ijod namunalarida, og‘zaki, yozma yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan; ulug‘ mutafakkir olimlarning ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan asarlarida bayon etilgan. Buni biz yaratgan maqol, topishmoq, ertak, latifa, dostonlarda, Ahmad Yassaviy, Sa‘diy Sheroziy, Ahmad Yugnakiy, Rabg‘uziy, Yusuf Xos Hojib, Munis, Horazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Qozizoda Rumiy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fahriddin Roziy, Zamahshariy, Gulxaniy, Furqat kabi mutafakkir shoirlar, O‘rta Osiyoda yetishgan va musulmon olamida mashhur bo‘lgan Imom Ismoil al-Buxoriy, Muhammad ibn Iso Termiziy asarlarida ko‘ramiz. Bu ulug‘ allomalar o‘zlaridan oldin o‘tgan avlodlar donishmandligini kelgusi avlodlar uchun ko‘zgu deb bildilar va o‘zlaridan keyingi avlodlarga taqdim etdilar.
    2-Topshiriq
    «FSMU» metodi
    Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat kiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
    Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

    • qatnashchilarga mavzuga oid bulgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;

    • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:





    - ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.


    FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezrok va muvaffakiyatli o‘zlashtirilishiga asos buladi.
    Download 51.61 Kb.




    Download 51.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 seminar Xalq pedagogikasida vatanparvarlik tarbiyasining ifodalanishi

    Download 51.61 Kb.