• TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI
  • 4-mavzu. 11- 12 ma’ruzalar. Aхborot texnologiyalari, turlari va rivojlanish bosqichlari texnologiya tushunchasi




    Download 0.81 Mb.
    bet1/9
    Sana25.02.2023
    Hajmi0.81 Mb.
    #43492
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    #MA\'RUZA 11-12. Aхborot texnologiyalari va rivojlanish bosqichlari (1)
    zamonaviy menejment, Polimerli kompozit materiallari fizikasi.Umarov.A.V, 2-labaratoriya iwi Jumaqulov BObur, 3-mustaqil ishi , Good Vibes Good Life How Self Love Is the Key to Unlocking Your, @uzbgmat, 2-mavzu, Абдуллаев Н. Патофизиология, 21-Tursunov Zuhriddin, Sement, beton korroziyasi va undan saqlanish usullari, discussion essay, GULNOZABBX, Разметка, certificate antiplagit

    4-mavzu. 11- 12 ma’ruzalar.

    Aхborot texnologiyalari, turlari va rivojlanish bosqichlari

    TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI

    «Texnologiya» atamasi grekcha techne so’zidan olingan bo’lib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.

    Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.

    TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI

    Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi.

    Tarkibiy elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va printsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari orqali.

    Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning printsipial imkoniyatini tavsiflab beradi. Ularning asosini inson tomonidan o’rganilgan (balki to’liq emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida to’plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va printsiplarni belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.


    Download 0.81 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. 11- 12 ma’ruzalar. Aхborot texnologiyalari, turlari va rivojlanish bosqichlari texnologiya tushunchasi

    Download 0.81 Mb.