• Bosh baraban bilan shlyapkalarning ishlashi
  • 5-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Tarash va qayta tarash mashinalaridan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi. Topshiriq




    Download 1.61 Mb.
    bet1/3
    Sana16.11.2023
    Hajmi1.61 Mb.
    #99997
      1   2   3
    Bog'liq
    5-Amaliy mashg\'ulot
    Hisoblash matematikasi va dasturlash (A.Abduqodirov va b.), 1712425392

    5-Amaliy mashg’ulot.
    Mavzu: Tarash va qayta tarash mashinalaridan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi.
    Topshiriq.

    1. Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqilsin.

    2. Tarash jarayoni chiqindilari.

    Bosh baraban bilan shlyapkalarning ishlashi
    Bosh baraban tolalarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha shlyapkalarga uzatadi. Bosh baraban va shlyapkalar garniturasi tishlari orasida asosiy tarash jarayoni sodir bo‘ladi. Bu yerda tola bo‘lakchalari alohida-alohida tolalarga ajratiladi, nuqsonlar, mayda iflosliklar va kalta tolalar ajratib tashlanadi. Bosh baraban va shlyapkalar birga ishlaganda bosh baraban sirtida qatlam hosil bo‘ladi va u ishchi qatlam deb yuritiladi. Bu qatlam ajratuvchi barabanga bosqichma-bosqich o‘tadi (bir qismi oldin, qolgani keyin). Bosh baraban bilan shlyapkalar orasida razvodka kichik bo‘lgani uchun kalta tolalar bilan barga xas cho‘plar ham shlyapkalarga o‘tadi. Shlyapkalar sirtiga yarim qattiq garnituralar qoplangan bo‘lib, uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Garnitura ignalarining uchlari maxsus dastgohda charxlanib indikatorda tekshiriladi.
    Katta o‘lchamli tarash mashinalarida o‘rnatilgan 110 ta shlyapkadan 39-41 tasi ishchi bo‘lib, tarashda ishtirok etadi, kichik o‘lchamli mashinalarda esa 72 tadan – 24 tasi tarashda ishtirok etadi. Katta o‘lchamli xorijiy mashinalarida o‘rnatilgan 84 ta shlyapkadan 30 tasi ishchi hisoblanadi. Asosiy tarash zonasini shartli ravishda uchta tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Dastlabki tarash qismi qabul barabani – bosh barabandan shlyapkagacha hisoblanib unda tolali mahsulot shlyapkada tarashga tayyorlanadi. Shlyapkada tarash qismida asosiy tarash amalga oshiriladi. Yakuniy tarash qismida tolalarning alohidaligi va ularning oriyentatsiya holatini saqlab qolish vazifasi bajariladi.



    Asosiy tarash zonasining tarkibiy qismlari.

    1 – dastlabki tarash


    2 – shlyapkada tarash
    3 – yakuniy tarash

    Tarash mashinalarida asosiy tarash jarayoni Webclean tizimi yordamida amalga oshiriladi.



    Webclean tizimi
    1-shlyapkalarni tozalash moslamasi
    2 - shlyapka polotnosi
    3 - ajratuvchi pichoq
    4- Twin Top qo‘zg‘almas elementlari,
    5-ajratuvchi pichoq-pnevmoqurilma
    6 - bosh baraban osti qoplamasi,
    7-ajratuvchi barabanning qo‘zg‘almas segmentlari.

    Tarash mashinasining asosiy tarash zonasida tolali mahsulot taram va tarandiga ajraladi. Uzun tolalardan iborat bo‘lgan taram bosh baraban sirtida harakatlanib, ajratuvchi baraban garniturasi tishlariga borib uriladi va uning sirtiga o‘tadi. Ajratuvchi baraban garniturasi tishlarining qiyalik burchagi bosh barabannikiga qaraganda katta bo‘lganligi tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tishini ta’minlaydi, ammo tolalarning hammasi ham ajratuvchi barabanga o‘tmaydi (ular birin ketin o‘tadi) tolalar qisman bosh baraban sirtida qoladi, unga qoldiq qatlam deyiladi. Ajratuvchi baraban tezligi juda kichik, bosh baraban tezligi ancha katta, shuning uchun ajratuvchi baraban sirtiga o‘tgan tolali mahsulot qalinlashib (qayta-qayta tish, ya’ni davriy qo‘shilish xisobiga) tekislanadi.

    Download 1.61 Mb.
      1   2   3




    Download 1.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Tarash va qayta tarash mashinalaridan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi. Topshiriq

    Download 1.61 Mb.