• 8.4. Sanoat maxsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbaalari va omillari 8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash va ularning
  • 7 – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari reja




    Download 360.17 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana10.04.2024
    Hajmi360.17 Kb.
    #193018
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-MAVZU ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI (1)
    1, FALSAFA TARIXIDA SUBSTANSIYAGA MONISTIK, PLYURALISTIK VA DUALISTIK YONDASHUVLAR, 5 класс методичка узб.классы, METHODICAL MANUAL FOR THE SELF-STUDY WORK, Amaliyot hisoboti, 112201, kiyinish aksessuarlari, 2-mavzu, мавзу. Корхонан-WPS Office, imtihon qarori



    7 – MAVZU. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI 
     
    Reja: 
    8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash va ularning 
    turlari 
    8.2. Korxona tannarxining turlari 
    8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va kalkulyatsiya 
    bandlari buyicha xarajatlar 
    8.4. Sanoat maxsulotlarining tannarxini pasaytirishning 
    manbaalari va omillari 
     
    8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash va ularning 
    turlari 
    Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiyot fanlari nazariyasida va 
    amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat 
    tushunchasi turli xil qarashlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar 
    tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan bog‘lasalar, ayrimlari 
    tovar qiymati — tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda 
    gavdalangan va undagi jonli va moddiylashgan mexnati, deb 
    hisoblaydilar. Boshqalari esa, tovarning qiymatini ushbu tovarga 
    bо‘lgan talab va taklif, ya’ni tovarning iste’molchiga beradigan 
    nafi belgilaydi, deb ta’kidlaydi. 
    Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga 
    ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baxo) 
    va qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yо‘q. Faqatgina narx 
    (baxo) — bu, tovar qiymatining
     puldagi ifodasidir xalos. 
    Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 
    kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab 
    chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafovut ishlab chiqarish subyektining 
    daromadi yoki foydasi hisoblanadi. 
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi — mahsulotni ishlab 
    chiqarish, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan boqlik bо‘lgan 
    xarajatlarning puldagi ifodasidir. 



    Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri — maxsulot 
    ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi 
    natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush 
    darajasini oshirishga imkoniyat yaratiladi. Ayniqsa, bozor 
    iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekamu-kо‘st 
    foydalanish bu ko’rsatkichlarning rolini oshirishni taqozo etadi. 
    Shu sababli «tannarx» atamasining mohiyati, axamiyati, mazmuni 
    va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta 
    e’tibor berish kerak. 
    Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda 
    xomashyo va materiallar, mexnat va ishlab chiqarish xususiyatiga 
    ega bо‘lgan boshqa yuklama xarajatlar sarflanadi. 
    Mahsulot ishlab 
    chiqarish bilan bevosita bog‘liq bulgan xarajatlarning puldagi 
    ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
    Maxsulot ishlab chiqarish tannarxi kо‘rsatkichi
    ishlab 
    chiqarishni rivojlantirishda va uni tashkil etishda muxim rol 
    о‘ynaydi. 
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab 
    chiqarish rentabelligini oshirish, ya’ni foydani kо‘paytirishning, 
    mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish hajmini о‘stirishning 
    muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 
    kо‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat kо‘rsatkichlari orasida alohida 
    о‘rin tutadi. 
    Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va 
    materiallardan foydalanish, moddiy-texnika 
    ta’minotini 
    takomillashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma 
    о‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli ham
    mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat 
    kо‘rsatkichlari tizimida muhim urin egallaydi, deya olamiz. 
    Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish 
    tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga 
    kо‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi. 



    Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani 
    maksimallashtirishdan iboratdir.
    Umumiy holda foyda yalpi 
    daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. Bunda,

    Download 360.17 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 360.17 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7 – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari reja

    Download 360.17 Kb.
    Pdf ko'rish