|
8-mavzu: ultrazvuk yordamida nazorat
|
bet | 1/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 141,22 Kb. | | #99257 |
Bog'liq 9-mavzu
8-MAVZU: ULTRAZVUK YORDAMIDA NAZORAT
UZK – buzmasdan nazorat qilishning akustik usuliga kiradi. Barcha akustik usullar ayni akustik tebranish va to‘lqinlar bilan uchuvchan muhit–suyuq, qattiq va gazsimon moddalarning ta’sirlashuviga asoslangan. Ular tebranishlarni qo‘zg‘atish usuli va ularni ro‘yxatlash bilan farq qiladilar.
Akustik usullar qatorida ko‘pincha UZD-ultratovushli defektoskopiya, UZT-ultratovushli qalinlikni o‘lchash va akustik-emission buzmasdan nazorat qilish kabilardan foydalaniladi. UZ bo‘yicha jahon miqyosida nazoratning 60% qismini tashkil etadi.
Neftgazli sohada UZD dan vertlyuglar korpuslarini (qovurg‘asini), bloklar o‘qini, burg‘ilash quvurlarini, rezervuarlarni va quvur tarmoqlarining payvand joylarini va hokazolarni tekshirishda foydalaniladi. UZT – esa neftgaz jihozlarining qobiq qalinligini aniqlashda asosiy usul hisoblanadi. Akustik-emission usul esa jihozlarning texnik holatini integral aniqlashda va mavjud nuqsonlarning xavflilik darajasini baholashda va birinchi navbatda sig‘imlarni: katta hajmli idishlarni, quvur o‘tkazgich tarmoqlarini va turli maqsadlardagi rezervuarlarni nazorat qilishda foydalaniladi.
9.1. Akustik tebranish va to‘lqinlar
Uchuvchan muhit zarrachalarining mexanik tebranishi – akustik tebranishdir. Muhitda ushbu tebranishlarning tarqalishi – akustik to‘lqinlardir. To‘lqinning tarqalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar – nur bo‘lib, tebranuvchi zarrachalarni tebranmaydigan zarrachalardan ajratib turuvchi chegara – front deyiladi. Akustik tebranishlar chastotasi va ko‘rinishining intensivligi bilan xarakterlanadi. Tebranishlar turi esa asosan uchuvchan muhit xossasi va uni yaratish usuli bilan aniqlanadi. Suyuqlik va gazlarda hajmi ko‘tariluvchan (uchuvchan) bo‘lganda akustik tebranishlar barcha yo‘nalishlarda bir xil tezlikda tarqaladi.
Qattiq jismlarda uchuvchanlikdan tashqari shaklining o‘zgaruvchanligi (uchuvchanlikning surilishi) va turli yo‘nalishlardagi cho‘zilish-siqilishdan iborat bir xil bo‘lmagan deformatsiyalanishi (anizotrop jismlar uchun), akustik to‘lqinning tarqalishi qonuni ahamiyatli ravishda murakkabdir.
Chastotasi 16–20 Gts bo‘lgan tebranish chastotasi infratovushli hisoblanadi. 16–20 dan tortib to 15–20•103 Gts gacha chastotali tebranish inson qulog‘i bilan eshitiladigan diapazonni tashkil etadi. Tovush tebranish chastotasi oshirilsa 20 kGts dan yuqoriga u ultratovushga o‘tadi, bunda uning tarqalish xususiyati o‘zgaradi: uning havodagi tarqalishi kamayadi, qattiq va suyuq muhitda uning tarqalishi tezlashadi. Metall materiallarni buzmasdan nazorat qilishda 0,5–25 MGts diapazonli chastotaga ega bo‘lgan ultratovushdan foydalaniladi.
|
| |