• 9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy texnologik tarxi 9.1-rasm.
  • 9 Ma’ruza. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. Maruza rejasi




    Download 458.59 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.05.2023
    Hajmi458.59 Kb.
    #66417
      1   2
    Bog'liq
    КНГСЙТТ маруза-9
    Texnika universiteti, Agarozali gelda DNK elektroforezi, Bobonazarov. D. S.F.B.arx(amaliy)


    9 Ma’ruza. 
    Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. 
    Maruza rejasi. 
    9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. 
    9.2. Neftni turg`unlashtirish.
    9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash. 
    9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. 
     
    Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy texnologik 
    tarxi
    9.1-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy 
    texnologik sxemsi. 1–neft quduqlari; 2–neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3– 
    siquvchi nasos stansiyasi; 4–gazni qayta ishlash zavodi; 5– neftni kompleks 
    tayyorlash qurilmalari; 6– suvni tozalovchi qurilmalar; 7– neftni saqlovchi 
    rezervuarlar; 8– tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9–neft sifatini tekshiruvchi 
    jihozlar; 10–tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11–tayyor neftni magistral neft 
    quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13–suvni haydovchi nasos; 14– suvni neft 
    quduqlariga haydash.
    Quduq (1) dan olingan neft quvurlar orqali o`z bosimida neft hajmini o`lchovli 
    jihoz (2) larga keladi. Bu yerda ma‘lum miqdoriga yengil uglevodorodlar ajratib 
    olinadi. Keyin neft siquvchi nasos stantsiyasi (3) ga uzatiladi. U yerda ajratgichlar 
    o`rnatilgan bo`lib, birinchi bosqich ajratib olish amalga oshiriladi. U yerda ajralgan 
    gaz gazni qayta ishlash zavodi (4) ga beriladi. Qisman gazdan tozalangan neft neftni 
    kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga yuboriladi. Bu yerda neftni ikkinchi va 
    uchinchi bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Undan tashqari neftni 
    suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Undan tashqari neftni 
    suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Ajratib olingan gazlar 
    gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Ajratib olingan suvlar esa suvni 



    tozalash qurilmasi (6) ga uzatiladi. Tozalangan neft yopiq idish (7) larga oqiziladi 
    va u yerdan nasos (8) yordamida neftning sifatini tekshiruvchi jihozlar (9) ga 
    uzatiladi.
    Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarli bo`lsa, mahsulot saqlovchi idish 
    (10) ga haydaladi. U yerdan nasos (11) yordamida magistral neft quvurlari (12) 
    orqali neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. 
    Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo`lsa, neft sifatini tekshiruvchi 
    jihoz (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga qaytariladi. Ajratib olingan 
    suv (6) tozalash nasos (13) yordamida neft quduqlariga haydaladi. 

    Download 458.59 Kb.
      1   2




    Download 458.59 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9 Ma’ruza. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. Maruza rejasi

    Download 458.59 Kb.
    Pdf ko'rish