• Alkanlar To’yingan yopiq zanjirli (sikl saqlagan) uglevodorodlar – Sikloalkanlar Etilen qatori uglevodorodlar – Alkenlar
  • CnH2n+1
  • Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari




    Download 162,05 Kb.
    bet1/4
    Sana23.12.2023
    Hajmi162,05 Kb.
    #127495
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Bekmurodova gulshan
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99


    Alkanlar
    REJA:
    1.Alkanlarning xossalari
    2.Olinishi
    3.Fizik xossalari
    4.Kimyoviy xossalari
    Uglevodorodlar
    Uglevodorod faqatgina uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan. Uglevodorodlarni molekulasidagi uglerod atomlarining o’zaro bog’lanishiga, bog’larning turiga va uglerod bilan bog’langan vodorod atomining nisbatiga asosan bir nechta sinflarga bo’lish mumkin. Biz ulardan quyidagi sinflarni ko’rib chiqamiz:

    • To’yingan ochiq zanjirli uglevodorodlar – Alkanlar

    • To’yingan yopiq zanjirli (sikl saqlagan) uglevodorodlar – Sikloalkanlar

    • Etilen qatori uglevodorodlar – Alkenlar

    • Dien uglevodorodlar – Alkadienlar

    • Asetilen qatori uglevodorodlar – Alkinlar

    Alkanlar
    Uglevodorod molekulasidagi uglerod atomlari o’zaro oddiy σ – bog’ bilan bog’lanib, qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan to’yingan bo’lsa, to’yingan uglevodorodlar deyiladi. To’yingan uglevodorodlarda uglerod atomlari sp3 – gibridlangan holatda bo’ladi va uglerod-uglerod, uglerod-vodorod atomlari o’zaro kovalent bog’ hosil qilib, ularning elektron buluti atomlarning bog’lanish o’qlari bilan bir chiqizda joylashadi. Elektron zichlikning asosiy massasi atom yadrolari o’rtasida kichik masofada joylashgani uchun oddiy bog’ (sigma bog’) juda mustaxkam bo’ladi. To’yingan uglevodorodlar halqali yoki halqasiz (ochiq zanjirli) bo’lishi mumkin. Ochiq zanjirli to’yingan uglevodorodlar alkanlar, halqali to’yingan uglevodordlar esa sikloalkanlar deb nomlanadi.
    Alkanlar boshqacha aytganda parafinlar deb ham ataladi. Alkanlarning ilk (tipik) vakili – metan (CH4). Metanga CH2 guruhni qo’shsak, ikkinchi vakil – etan (C2H6) hosil bo’ladi. Har bir olingan vakilga CH2 guruhni qo’shishni davom ettirsak, kimyoviy tuzilishi jihatdan o’zaro o’xshash, tarkibi bir-biridan CH2 guruhga farq qiladigan birikmalar – gomologlar hosil bo’ladi. Gomologlar guruhi gomologik qator deyiladi va ular orasidagi “CH2” guruh farqi gomologik qator tafovuti deyiladi. Alkanlar gomologik qatorining umumiy formulasi CnH2n+2 bilan ifodalanadi. Bunda – n molekuladagi uglerod atomlari soni, 2n+2 vodorod atomlari soni. Masalan, n=5 ga teng bo’lsa, C5H2*5+2 ya’ni C5H12 pentan formulasi kelib chiqadi.

    To’yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, bir valentli radikal hosil bo’ladi. Alkanlarning radikallari CnH2n+1 umumiy formulaga mos keladi. Radikallar orqali murakkab organik moddalar nomlanadi. Radikallar nomi to’yingan uglevodorod nomidagi “an” qo’shimchasi o’rniga “il” qo’shimchasi qo’shish bilan hosil bo’ladi.

    Yuqorida ta’kidlanganidek, organik birikmalarning ko’plab kashf etilishi natijasida dastlab ko’pchilik organik moddalarga trivial (tasodifiy) nomlar berilgan masalan, to’yingan uglevodorodlarning birinchi to’rtta vakili metan, etan, propan va butan deb trivial nomlangan. Tarkibida 5 ta uglerod saqlagan alkandan boshlab alkanlarning nomiga molekula tarkibidagi uglerod atomi sonining grekcha nomiga “an” qo’shimchasini qo’shib hosil qilinadi. Yuqoridagi jadvalga qarang.

    Download 162,05 Kb.
      1   2   3   4




    Download 162,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari

    Download 162,05 Kb.