• Annotatsiya
  • Kommunikatsiya”
  • Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga




    Download 92,74 Kb.
    bet1/10
    Sana06.02.2024
    Hajmi92,74 Kb.
    #152178
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rahmatillo Latibjonov maqola
    42 буйруқ, Davlat tili bayramiga xat, ФАН ОЙЛИГИ (2), 6-sinf matematika 3-chorak yangisi p, Авлонийга керак хужжатлар, Устама устига, 11-синф штаб буйруғи copy, Буйруғ 74, 3-amaliy ish, 1-Amaliy ishi Microsoft Access dasturida sql so’rovlari bilan i, 8 lecture, Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy raxbar xulosasi Magistrant To, iqtisod, xayot f qismi, Taqdimot (2)



    MAKTAB O‘QITUVCHILARI FAOLIYATIDA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI RIJOVLANTIRISHNING AHAMIYATI


    Latibjonov Rahmatillo Abdurashid o‘g’li,
    Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
    o‘rgatish milliy markazi Pedagogika va psixologiya,
    ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
    E – mail : rahmatillolatibjonov@gmail.com


    Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qituvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir metodlar hamda kommunikativ muloqotni shakllantirish, faoliyatdagi o‘rni va afzalliklari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
    Kalit so‘zlar: kommunikativ, pedagogik, ko‘nikma, psixologik, metodlar, pedagogika.
    KIRISH
    Hozirgi globallashuv davrida dunyoda ro‘y berayotgan voqealar bevosita jamiyatning onggi va tafakkuriga ta’sir etadi. Hurmatli prezidentimiz aytganidek; Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir1. Darhaqiqat, Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan e’tibori o‘laroq barcha sohalarda taraqqiyotning keyingi bosqichiga o‘tish jarayoni kechmoqda. Shaxslararo munosabatlarning negizida kommunikativ muloqotni rivojlantirishda pedagogik va psixologik bilimlardan samarali foydalanish texnologiyasini oshirish va bu sohada xorijiy bilimlarni o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Muloqot - yunoncha so‘z, so‘zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og‘zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so‘zlashuvidir. Insonning sezgirligi, intuitsiyaga egaligi haqida fikr yuritganimizda biz uning o‘zgalarning noverbal xatti-harakatlarini o‘qiy oladigan va ularni verbal signallar bilan taqqoslay oladigan kishilarni nazarda tutamiz. Boshqacha so‘z bilan aytganimizda, intuitsiyamiz bizga suhbatdoshimizning yolg‘on gapirayotganidan darak berganligini ta’kidlar ekanmiz, aslida bu holat uning aytgan so‘zlari va tana harakatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni sezganligimiz tufayli sodir bo‘ladi. Demak, intuitsiya yoki “oltinchi sezgi”ning paydo bo‘lishi uchun insonni o‘qish, uning noverbal xatti-harakatlariga baho bera olish borasidagi bilim va malakalarni rivojlantirish lozim bo‘ladi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi.
    Kommunikatsiya” atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. “Kommunikatsiya” lotincha “communicatio, communico” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “bog‘layman, muloqot qilaman” ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’rifi yuzaga keldi.
    Masalan: 1.«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi». 2.«Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni». 3.«Kommunikatsiya – insonlarning kognitiv (kognitiv – shaxsning tashqi ma’lumotni aqliy idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama) va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishining o‘ziga xos shakli». 4.«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish». 
    KOD – asosiy muloqot modelining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Kod xabar emas, lekin xabarni tashuvchi belgilardir. Asosiy muloqot kodining 3 xil turi mavjud:
    1. Til (verbal kod). Og‘zaki yoki yozma so‘zlar fikrlar va tuyg‘ularni ifodalash uchun ishlatiladi.
    2. Paratil (vokal – tovushga oid kod). Ovoz tembri, ohang, shovqin, urg‘u. Bular noverbal muloqot vositalariga ham mansub hisoblanadi.
    3. Noverbal signallar (vizual kod). Yuz harakatlari, ko‘z aloqasi, imo-ishoralar, ko‘rinish, ofisning hajmi va joylashuvi, uchrashuvlarga yetib borish vaqti.
    J.S.Philpopp (1983) olib borgan 23 ta tadqiqot natijasiga ko‘ra, verbal kod (til) ma’lumot jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi axborotning 31 foizini, vokal (ovoz) va vizual kod (imo-ishora)lar esa 69 foizini taskil etadi2.
    Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.

    Download 92,74 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 92,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga

    Download 92,74 Kb.