Badiiy grafika fakulteti




Download 4.7 Mb.
bet25/37
Sana21.06.2021
Hajmi4.7 Mb.
#15154
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Farg’ona do’ppilari
Farg’ona do’ppichiligida “chust” do’ppilaridan keyin, ularga o’xshatma qilib marg’ilon do’ppilari yaratildi. Do’ppining tepa qismi to’rt karjga ajratilib, har karjiga bir dona qalampir nusxa tikilib, asosan qora rangdagi satin va ipak matolardan tayyorlanadi. Marg’ilon do’ppilarining qalampir nusxasi chust do’ppisinikiga nisbatan ingichkaroq va kashta tikish usuli bilan farq qiladi.

Do’ppilarning gullari oq ipak bilan tikilib, gul naqshlari bo’rtib turadi. Bunday ko’rinishni hosil qilish uchun naqsh chizig’i bo’ylab chok ostidan yo’g’onroq xom ipak (to’shama) to’shalib tikiladi. Namga chidamli qog’oz yoki matodan ingichka tasma qirqilib, tasma kashta naqshi ostiga joylanadi. Do’ppilar “piltado’zi” usulida tayyorlanib, kizagiga qora paxta va ipak ipdan tayyorlangan “chalma” jiyaklar tikiladi.


Erkaklar, yosh bolalar va xotin-qizlar kiyishiga mo’ljallangan qo’qon do’ppilari ham o’ziga xos tayyorlanish usuli bilan ajralib turadi. Qo’qon do’ppilariga asosan qora va yashil rangdagi satin mato ishlatiladi. Kizagining chetiga qora rangli ipak yoki paxta ipdan tayyorlangan “chalma” jiyak qadaladi.

Do’ppilar “piltado’zi” usulida tayrlanib, tepasi unchalik baland bo’lmagan to’rt tomonli, qo’l kashta chokining “xomdo’zi”, “chinda xayol”, “ilmoq” turlari qo’llaniladi.

Do’ppilarga “chorgul” kompozistiyasida, kashta nusxalarining “qalampir”, “bodom” turlari tikiladi. Kizagiga tepasiga joylashgan kashta nusxasiga hamohang ravishda “mehrob”, “arka” yoki sayqallangan gul barglari tanlanadi.



Download 4.7 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Download 4.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Badiiy grafika fakulteti

Download 4.7 Mb.