|
Yangi ijtimoiy talablarga koʼnikish bir qancha ruhiyhissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.Bola ijtimoiy adaptatsiyani oʼz tajribasi asosida
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #233586 |
Bog'liq mustaqil ish Yangi ijtimoiy talablarga koʼnikish bir qancha ruhiyhissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.Bola ijtimoiy adaptatsiyani oʼz tajribasi asosida taʼlim-tarbiya jarayonida oʼrganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish koʼnikish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga bolaning koʼnikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham paydo boʼladi. Bu imkoniyatlar esa boshqalar bilan aloqalarning rivojlanishi, bola miyasida axborotlarni qayta ishlashga bogʼliq boʼladi. Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar oʼzgarganida, masalan, bolalar tashkilotsiga kirganda yurish-turishining ham oʼzgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalarning taʼlim tashkilotlaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati bolada oilasida shakllanadigan ota-onasi bilan munosabati va safdoshlar bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farqdir. Bolaning bolalar tashkiloti jamoasiga koʼnikishida bola doim uyda, oilasida oʼtkazgan davrlarida shakllangan ota-onasi bilan munosabatlarining buzilishi haqida gap ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrimli va oilaviy xarakterga ega boʼlmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutilmoqda. Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq oldiga qoʼyilgan talablar shubhasiz u yoki bu darajadagi qiyin masala hisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual hususiyatlariga bogʼliq. Faqatgina baʼzi hollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan oshib ketadi. Shuning uchun bolaga bu murakkabliklarni yengishga yordam beradigan yoʼllarni qidirish lozim, chunki, ayni shu paytning oʼzida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir boʼladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar tashkilotlari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari. Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bogʼchasiga qabul qilinish boladan shu
paytgacha shakllanib boʼlgan yurish-turish stereotipini oʼzgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sogʼligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo boʼlishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar taʼlim tashkilotlari ishini takomillashtirish borasida yordam koʼrsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yangi ijtimoiy talablarga koʼnikish bir qancha ruhiyhissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.Bola ijtimoiy adaptatsiyani oʼz tajribasi asosida
|