• Tekshirdi: Ergasheva Gо’zal TOSHKENT-2024 MUNDARIJA I. KIRISH II. ASOSIY QISM
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Kurs ishining dolzarblligi
  • Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 406-guruh Bajardi: Polvanova Oliyajon Tekshirdi: Ergasheva Gо’zal toshkent-2024




    Download 137,81 Kb.
    bet1/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi137,81 Kb.
    #236284
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Polvonova Olyajon muloqot


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

    KURS ISHI
    Mavzu: O’quvchilarda milatraro muloqot madaniyatini shakllantirish

    Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi


    406-guruh

    Bajardi: Polvanova Oliyajon
    Tekshirdi: Ergasheva Gо’zal

    TOSHKENT-2024

    MUNDARIJA
    I. KIRISH
    II. ASOSIY QISM

    1. Muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari va uni o’quvchilarga singdirish muammolari

    2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida millatlararo munosabat madaniyatini shakllantirishning metodologik asoslar

    3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milatraro muloqot madaniyatini shakllantirishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    KIRISH
    Kurs ishining dolzarblligi: Hozirgi rivojlanayotgan jamiyatda muloqotning mohiyati va uning jadallashuvi muntazam ortib bormoqda. Bu bir qator sabablar bilan bevosita bog’liqdir. Birinchi navbatda insoniyatning sanoatlashgan muloqotdan axborotlashgan muloqotga o’tishi axborotlar ko’lamining kengayishiga olib kelmoqda. Shuning uchun axborotlar almashinish jarayoni ham jadallashmoqda. Ikkinchi sabab shundaki, ishchi xodimlarning ixtisoslashuvi ularning kasbiy faoliyatning turli sohalariga bandlik o’z maqsadlariga erishish uchun birlashish va hamkorlikka kirishishlarini taqozo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, o’zaro axborot almashishga xizmat qiladigan texnik vositalarning miqdori va ko’lami kengaymoqda. Jumladan, elektron manzillar, internet saytlari, fakslar, mobil telefonlar bunga misol bo’la oladi. O’ta muhim sabablardan yana biri shuki, ijtimoiy rivojlanish va fan-texnika taraqqiyoti bizni muloqot ko’lamining kengayishi va rivojlanishi haqida o’ylashga majbur qilmoqda. Shuning uchun o’quvchilarda muloqot madaniyatini shaklantirish muammosi o’z tadqiqini kutmoqda. Bu o’quv mehnati faoliyati bilan band bo’lgan yoshlarning o’zaro muloqotidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” Farmoniga ko’ra “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” dolzarb masala ekanligi belgilandi. Jumladan, maktab tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’ginlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il- qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi, yoki zaif bo’lib horlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq ”. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. Shuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga yo’naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.
    Inson doim komillikka intiladi. Komillikning asosiy belgilaridan biri madaniy nutqdir. Shuning uchun ham qadimdan butun mashriqu mag’ribda yoshlar nutqini rivojlantirishga, madaniy nutqni shakllantirishga alohida ahamiyat berganlar. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul Haqoyiq”, Alisher Navg’aoiyning “Hayratul abror”, “Muhokamat ul – lug’atayn”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” asarlarida so’z qadri, so’z qo’llash san’ati, so’z qo’llashning inson hayotida tutgan o’rni haqida ibratli fikrlar bayon qilinadi. Xususan, “Muhokamat ul – lug’atayn”da aytilishicha, so’z go’yoki, bir durdir, durning doimiy makoni dengiz tubi bo’lsa, so’zning muntazam makoni ko’ngildir. Dur g’avvos tarafidan dengiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati javhariga ko’ra baholansa, so’z sohibi ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi.

    Download 137,81 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 137,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 406-guruh Bajardi: Polvanova Oliyajon Tekshirdi: Ergasheva Gо’zal toshkent-2024

    Download 137,81 Kb.