• Bitiruv - malakaviy ishning dolzarbligi.
  • Tatqiqot obyekti.
  • «___» ______________2017 y




    Download 0.54 Mb.
    bet2/19
    Sana13.06.2021
    Hajmi0.54 Mb.
    #14988
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    «___» ______________2017 y.




    «Himoya qilishga ruxsat berildi»

    Fakutet dekani prof.Sh.M.Mirzayev

    «___» ______________2017 y.

    Buxoro-2017



    Mundarija
    KIRISH…………………………………………………………………............…....3

    I-BOB. Ilmiy va amaliy tadqiqotlar, ularni matematik va kompyuterli modellashtirish.………………....................................................................................11

    1.1.Jarayonlarni tadqiq qilishda modellashtirishning o’rni va ahamiyati.............……………………………………………………………….......11 1.2.Regressiyali-korrelyatsiyali tahlilning asosiy tushunchalari............................ 20

    1.3.Matematik modellarni baholash.Korrelyaytsiya koeffisien...............................25

    II-BOB. KO’PHAD KOEFFISIENTLARINI TOPISHDA ENG KICHIK KVADRATLAR USULIDAN FOYDALANISH…………………..........................32

    2.1. Regressiya tenglamasi ko’rinishini aniqlash va eng kichik kvadratlar usuli bilan koeffisientlarni topish…...........……………...............................................................32

    2.2. Modellashtirishda dasturiy ta’minot...................................…….........................41

    2.3.Tajriba natijalariga asoslanibregresssiya tenglamasini tuzishning dasturiy ta’minoti........................................................................................................................53

    XOTIMA……...........……………………………………………………………....63

    FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR RO’XATI......................................................65

    ILOVA..........................................................................................................................66

    KIRISH
    O’zbekiston Respublikasida mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishda uni o’zligini anglashda imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishda va ma’naviy intellektual aqliy amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi. Bu o’z navbvtida insoniyat manaviy va ilmiy boyliklarga nisbatan insonning o’zida yangicha munosabat yondashuvini yuzaga keltiradi.

    Bitiruv - malakaviy ishning dolzarbligi. Hozirgi davrda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxoni bo’lish uchun axborot tizimlari va texlogiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxasis , u qaysi sohada ishlashidan qatiy nazar o’z vazifvsini zamon talabi darajasida bajarishi uchun kompyuter texnologiyalaridan xabardor bo’lmogi kerak.

    Bu ayniqsa erkin bozor munosabatlarini to’g’ri tashkil etishda juda muhim ahamiyatga ega.

    Ishlab chiqarishning biror sohasida mehnat qilayotgan mutaxasis kompyuter texnalogiyalari bilan birga istiqbolni hisobga olgan holda iqtisodiy samara beradigan qaror qabul qila olishi kerak. Buning uchun o’quv yurtlarida fanlarda matematik modellar tuzish, ularni echishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishlari kerak[2].

    Masalani echishda esa maqsadni ifodalovchi funksiyaning tabiati aniqlanadi, ta’sir etuvchi o’zgaruvchi miqdorlar aniqlanib ular orasidan o’zaro munosabatlar ta’sirlar, asosiy qonuniyatlar aniqlanadi va nihoyat natijalar tahlil etilib, tuzilayotgan yoki ko’riayotgan aniq ob’ektga nisbatan tegishli reja qabul qilinadi.

    Ushbu malakaviy ishida mavzuning dolzarbligi ham shundan iboratki, biror-bir tajriba natijalariga ko’ra masalaning matematik modelini tuzishga undan foydalanib, tegishli bashoratlar qilishga, qarorlar qabul qilishga imkoniyat yaratadi.

    Iqtisodiy tahlil matematika fani bilan kuchli bog’langan. Iqtisodiy tahlilning matematika bilan bog’langanligi shu bilan aniqlanadiki, u yoki bu bilim sohasi miqdoriy munosabatlarni o’rganish xususiyatlariga egadir.



    Matematika fani haqiqiy olamni miqdoriy munosabatlar va kenglik formalarida (ko’rinishida) tasavvur etadi. Matematikaga fan sifatida bunday tushuncha berish shuni ko’zda tutadiki, birinchidan, matematika tashqi olamdan, material haqiqatdan ajrala olmaydi, shunga qaramasdan matematik tuzilmalar favqulodda abstrakt forma ko’rinishida bo’ladi; ikkinchidan, haqiqiy olamni sof ko’rinishdagi kenglik formalari va miqdoriy munosabatlarni matematik o’rganish yo’nalishi ularni alohida o’rganishni talab qiladi.

    Matematikani iqtisodiy izlanishlarda va hisob-kitoblarda qo’llash birinchi navbatda o’zaro funkstional munosabatlar bilan bog’langan o’zgaruvchi qiymatlar sohasida keng tarqaldi. O’zgaruvchi qiymatning o’zi o’sha vaqtida matematikada burilish nuqtasi bo’lgan edi. Matematikada burilish nuqtasi bo’lgan Dekartning o’zgaruvchi qiymat tushunchasidir. Shu tufayli matematikaga harakat va shu bilan dialektika kirib keldi va shu tufayli differenstial va integral hisoblarga zaruriyat tug’ildi.

    O’zgaruvchi qiymatlarni o’rganish bir o’zgaruvchi qiymatni boshqalardan bog’langanligini o’lchash funkstiya qiymatini aniqlashga olib keladi. O’zgaruvchi qiymatlar o’rtasidagi bog’lanish matematikada funkstional tenglamalar ko’rinishida ifodalanadi. Masalan, ikki o’zgaruvchining funkstional bog’lanishi tenglamasi umumiy ko’rinishda quyidagicha bo’ladi: , bunda - argument ning funkstiyasi hisoblanadi. Funkstional tenglamalarga, mohiyati bilan, differenstial va integral tenglamalar kiradi.

    Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda har qadamda o’zgaruvchi qiymatlar bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Iqtisodiy o’zgaruvchilar sifat va miqdoriy xususiyatlarga ega bo’lib, bir-biridan funkstional bog’lanish ko’rinishida bo’lishi mumkin. Iqtisodiy ko’rsatkichlarning miqdoriy munosabatlari va funkstional bog’lanishlarini o’rganish matematikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

    Ammo iqtisodiy hodisalar va ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanishlar hamma vaqt ham funkstional ko’rinishda ifodalanishdan yiroq bo’lishi mumkin. Bunday holda ko’pincha korrelyastiya bog’lanishlari bilan ishlashga to’g’ri keladi, Bunday bog’lanish shunisi bilan xarakterlanadiki, ushbu ko’rsatkichga o’rganilayotgan asosiy omillardan tashqari boshqa, qo’shimcha omillar ham ta’sir ko’rsatadi, ularni ajratish va ko’rsatayotgan ta’siri harakatini uslubiy ajratish (izolyastiya) imkoniyati doimo ham bo’lavermaydi. Bunday bog’lanishlar korrelyastiya va regressiya tahlili yordamida o’rganiladi.

    Korrelyastiya tahlilining zaruriy asosi bo’lib ommaviylik hisoblanadi: yagona yoki bir nechta ma’lumotlar asosida u yoki bu qonuniyatlarni, asosiy omillarning ta’siri aniqlashning iloji yo’qdir. Faqat etarli darajada katta hajmdagi ma’lumotlarga tayangan holda o’rganilayotgan ko’rsatkichdagi asosiy omillar ta’siri ostida o’zgarishlarni kuzatish mumkin, bunda boshqa omillar o’zgarmaydi deb taxmin qilinadi. Haqiqatda esa ular o’z navbatida o’zgaradilar, bu esa u yoki bu darajada olingan natijalarda o’z ifodasini ko’rsatadi. Buning oqibatida o’rganilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanishlarni to’la ifodalab bo’lmasligi mumkin.



    Korrelyastiya tahlili katta matematik apparatga asoslanadi. Masalan, to’g’ri chiziqli korrelyastiya normal tenglamalar tizimi echimiga asoslanadi, egri chiziqli korrelyastiya - ikkinchi tartibli, uchinchi tartibli va n - tartibli parabolaga, giperbola tenglamalariga va boshqa turdagi egri chiziqlarga asoslanadi.

    Korrelyastiya tahlili faqat shunday hollarda haqiqiy natijalarga olib kelishi mumkin, qachonki uni tuzish nazariy to’g’ri xulosalardan kelib chiqqan bo’lsa. Shunday ekan, bu erda iqtisodiy nazariyaning ustunligi saqlanib turadi. Faqat iqtisodiy hodisaning dastlabki sifatli tahlili izlananish o’tkazilayotgan ko’rsatkichlarni aniq belgilash, asosiy va qo’shimcha omillarni tanlash, ob’ektiv mavjud munosabatlarning miqdoriy qiymatlarini aniqlash va anglab olish imkonini beradi.



    Iqtisodiyotda matematikani qo’llash iqtisodiy-matematik modellashtirish ko’rinishida amalga oshiriladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish yordamida u yoki bu haqiqiy iqtisodiy jarayon ifodalanadi. Bunday model faqat iqtisodiy jarayonni mohiyatini chuqur nazariy izlanishlar va tushunib etish asosida tuzilishi mumkin. Faqat shundagina matematik model haqiqiy iqtisodiy jarayonga to’g’ri kelishi, uni ob’ektiv ifodalashi mumkin.

    Matematik modelni tuzishga yondashish induktiv va deduktiv bo’lishi mumkin. Modellashtirishda induktiv usuldan foydalanganida u yoki bu iqtisodiy jarayonning modeli iqtisodiy jarayonning sodda o’zgaruvchilarini qamrab olgan xususiy modellashtirish yordamida tuziladi, undan butun jarayonni umumiy modeliga o’tiladi. Deduktiv usulda dastavval umumiy model tuziladi va faqat uning asosida xususiy modellar yaratiladi, aniq matematik hisob-kitoblar algoritmi belgilanadi. Iqtisodiy-matematik modellarni yaratishda indukstiya va dedukstiya usullari birgalikda foydalanilsa, ular bir muncha to’g’ri asoslangan bo’ladi. Bunday sharoitlarda tuzilgan modelni haqiqiy iqtisodiy jarayonga ko’proq mos kelishi, o’xshashligi ta’minlanadi; model ko’proq jihatdan ob’ektiv mavjud iqtisodiy munosabatlar va qonuniyatlarni ifodalaydi.

    Iqtisodiy tahlilda qo’llanilayotgan matematik usullar rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotining talablariga mos ravishda shakllanayotgan iqtisodiyotning turli muammolarini to’g’ri va aniq echishga qaratilgan bo’lib boshqarish, rejalashtirish, tijorat, buxgalteriya hisobi va statistikasi hamda bashorat qilishda va boshqa ko’p yo’nalishlarda foydanalilmoqda. Matematik dasturlash va matematikaning boshqa usullarini ko’pgina iqtisodiy va muxandislik xarakterga ega bo’lgan masalalarni echishda foydalanish hisoblash texnikasi paydo bo’lishi bilan imkoniyat tug’ildi va samarali foydalanilmoqda. Murakkab iqtisodiy masalalarni zamonaviy hisoblash texnikasiz to’g’ri echishning imkoniyati yo’q. Shuning uchun zamonaviy kompyuter texnikasidan keng foydalanish zamon talabidir. Kompyuter texnikasi bugungi kunda matematika va statistika fanining mavjud barcha usullaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron jadvallar va dasturlar bilan ta’minlangan. Izlanuvchi iqtisodchilar, katta muvaffaqiyatlarni ko’zlagan biznesmen va menejerlar o’z faoliyatlarida bu usullardan kengroq foydalanishlari uchun ularni chuqurroq o’rganishlari kerak.

    Tatqiqot obyekti. Tatqiqot ob’ekti bo’lib biror-bir sohada biror ob’ekt ustida olib biriladigan tajribalar natijasida olingan natijalar, son qiymatlari hisoblanadi. Shuningdjek, ushbu olingan son qiymatlarni qayta ishlash uchun yaratilgan uslublar ketma ketligi ham tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Ana shu usullar asosida tuzilgan algoritmlar, algoritmlarga mos ravishda tuzilgan dasturiy ta’minot ham tadqiqot ob’yekti hisoblanadi.



    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «___» ______________2017 y

    Download 0.54 Mb.