OBIDALARNING IKKINChI UMRI




Download 1.13 Mb.
bet11/13
Sana18.06.2021
Hajmi1.13 Mb.
#15125
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
OBIDALARNING IKKINChI UMRI

Shu kunlarda Buxoroning eski shahar qismiga borgan kishi Labihovuz me’moriy majmuidagi obidalarni ta’mirlash, yo’laklarga bezakli plitalar yotqizish, ko’chalarni obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’lamining naqadar kengligidan ¬hayratga tushishi aniq. Viloyatdagi barcha ta’mirlovchi ustalar, qurilish tashkilotlari mutaxassislari, tumanlardan jalb etilgan hasharchilar ikki smenada ishlab, shaharni Buxoroda o’tadigan "Asr¬lar sadosi" madaniyat festivaliga, yangi sayyohlik mavsumiga tayyorlamoqdalar.

Hayotimning qariyb yarim asrini yodgorliklarni muhofaza qilish, obidalarni ta’mirlash ustalari ishini tashkil etishga rahbarlikka baғishlagan bo’lsam ham istiqlolgacha davrda hozirgidek mehnat ko’tarinkiligini, madaniy merosni saqlashga ulkan ғamxo’rlikni sira ko’rganim yo’q,—deydi keksa me’mor Ismat aka Muhsinov.—Sho’rolar davrida yodgorliklarni buzilishdan saqlashga davlat byudjetidan ajratilgan mablaғ nihoyatda kam bo’lgani sabab 1000 dan ziyod tarixiy obidaga ega viloyatimizda yiliga atigi bitta yoki ikkita masjid-madrasa engil-elpi darajada ta’mirlanardi, xolos. Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Ahror Asrorov singari o’nlab qo’li gul ustalar 1960-1970 yillarda yodgorliklarni ta’mirlash o’rniga tirikchilik vajidan fuqarolarning uylarini qurishga majbur bo’lgan edilar. So’nggi 14 yil ichida viloyatimizda obidalarni ta’mirlash ishlari ko’lamining keskin kengaygani tufayli nafaqat buxorolik naqqosh va o’ymakorlar, ganchkorlar o’z sohalari bo’yicha ish bilan ta’minlandilar, balki sharif shahardagi qadimiy qal’aning bir qismini qayta tiklash, ziyoratgohlarni obodonlashtirishdek xayrli yumushlarga Xorazm, Qoraqalpoғiston, Qashqadaryo, Samarqanddan va Farғona vodiysidan ustalar ham jalb qilindilar.

Buxoro shahar darvozalarini qaytadan qurish boshlangani keksa me’mor qalbini quvonchga to’ldirish barobarida uni ta’mirlovchilik sohasidagi boy bilim va tajribasini yosh mutaxassislar va ustalarga o’rgatish, ularga maslahatlar berish bilan bu jarayonda ishtirok etishga da’vat qildi. Ismat Muhsinov me’morchilik borasida uzoq yillar olib borgan tadqiqotlari, arxiv materiallari va eski fotosuratlarga tayanib, rus olimlari tayyorlagan sxemalarga aniqlik kiritib, Buxoro darvozalari ko’pgina adabiyotlarda qayd etilganidek 11 ta emas, balki 12 ta degan fikrni ilgari surdi va hamkasbi Komil Ikromov bilan birgalikda VIII-XIX asrlarda Buxoro shahar darvozalari joylashgan hududlar xaritasini yaratdi. Otaxon har bir darvozaning tarixini yozib, ularni fotosurati bilan matbuotda e’lon qildi. Bu materiallar bugun-erta alohida kitob holida chop etiladi.

—Biz Ismat aka va boshqa mutaxassislarning konstruktiv taklif-mulohazalarini inobatga olishga harakat qilamiz. Shayx Jalol, Samarqand, Hazrati Imom va Sallohxona darvozalari qurilishini loyihalashtirganda bu obidalarning azaliy joyida, qadimiy ko’rinishida qad ko’tarishini ta’minlash barobarida ma’lum hudud chiroyiga uyғunlashib ketishi hamda ularning shunchaki dekorativ inshoot bo’lmay buxoroliklarga xizmat qilishi maqsadlarini ko’zladik,—deydi ushbu loyihalar muallifi, qator xalqaro va respublika tanlovlarining sovrindori, taniqli me’mor Mahmud Ahmedov.—¬Chunonchi, Shayx Jalol dar¬vozasining yangidan tiklangan shahar qal’a devoriga va Xo’ja Ismat Buxoriy ziyoratgohiga, yoxud Hazrati Imom darvo¬zasining Abu Hafs Kabir ¬me’moriy majmuiga uyғunlashib ketgani bu boradagi ijodiy izlanishimizning dastlabki samarasi bo’ldi. Samar¬qand darvozasi yonida hunarmandchilik markazining bunyod qilinishi, qurilishi poyoniga etgan Sallohxona ¬darvozasiga tutash hududda yaqin orada barpo etiladigan uluғ avliyo Boboyi Porado’z qadamjosi ham Buxoroi ¬sharifning ko’rkiga ko’rk qo’shadi.



Download 1.13 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OBIDALARNING IKKINChI UMRI

Download 1.13 Mb.