• “Hozirgi zamon global muammolari”
  • Djumaniyazоva sеvara хaitbayеvna kasb-hunar kоllеjlarida ma’naviy-aхlоqiy tarbiya jarayonini innоvatsiоn tashkil qilishninig ilmiy-pеdagоgik asоslari




    Download 3.55 Mb.
    bet36/37
    Sana15.03.2017
    Hajmi3.55 Mb.
    #114
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. Tarbiyachi mashg’ulotni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tahdidlar, xatarlar: xalqaro terrorchilik, diniy eksteremizm, giyohvand moddalar tajovuzi, OITS, egotsentrizm, axloqsizlik falsafasi, “Dunyo fuqarolari” – kosmopolitizm va ularga nimalarni qarshi qo’yish: farzandlarni asrash, hushyorlik, yoshlarni g’oyaviy qurollantirish, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, tahdidlar mohiyatini oddiy so’zlar, hayotiy misollar bilan tushuntirish, millat kelajagi uchun mas’uliyatni shakllantirish, iroda, e’tiqodni mustahkamlash, ongli yashashga o’rgatish, axborot tajovuz mohiyatini ochib berish, nikohni mustahkamlash haqida kerakligi haqida ma’lumot berishdan boshlaydi. Tarbiyachi mashg’ulotning asosiy mavzusi bo’yicha yo’naltiruvchi so’zida, hozirgi kunda yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga katta e’tibor qaratilayotgani, chunki mafkuraviy immunitet – begona, zararli g’oyalar, mafkuralar bilan to’qnash kelganda, unga nisbatan o’z munosabatini bildira olish, unga qarshi kurashishga g’oyaviy, ma’nan tayyor bo’lish imkoniyati ekanligi, har biro dam avvalo, har bir yosh o’zining mustaqil fikriga ega bo’lmaguncha bunday immunitetni shakllantirib bo’lmasligi haqida fikr bildiradi va shu sababdan bugungi tarbiyaviy mashg’ulotning mazmunini “Zamonaning global muammolari” mavzusi orqali yoritish zarurligini tushuntiradi.

    Tarbiyachi kirish so’zidan so’ng, o’quvchilarning umumiy soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (kichik guruhlar soni4 yoki 5 ta bo’lgani maqsadga muvofiq). So’ngra, u o’quvchilarga mashg’ulotning maqsadi va uni o’tkazilish tartibini tushuntiradi. Har bir kichik guruhga avvaldan tayyorlangan tarqatma materiallarni tarqatadi. Tarbiyachi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda berilgan jadvalda yozilgan asosiy fikr “Hozirgi zamon global muammolari” mavzusiga kiritilga global muammolar bilan tanishib chiqish va ulardan bittasini tanlashni talab etadi. Tanlagan muammolari bo’yicha ajratilgan bo’limga o’z fikr-mulohazalarini birgalikda yozma bayon etishlarini so’raydi, uni bajarishga mo’ljallangan vaqtni belgilaydi. Guruhlar vazifani bajarishga kirishadilar. Vazifa bajarilgach, tarbiyachi guruhlardagi tarqatma materiallarni guruhlararo almashtiradi. Masalan, guruhlar soni 4 ta bo’lsa, u holda 1-guruh materialini 2-guruhga, 2-guruh materialini 3-guruhga, 3-guruh materialini 4-guruhga, 4-guruhnikini esa, 1-guruhga beradi va qaytadan vaqt belgilaydi. Guruh a’zolari stollariga kelib tushgan varaqdagi global muammolardan yozilmay qolganidan birini tanlab, unga o’z fikrlarini yozadilar. Vazifa bajarilgach, tarbiyachi tarqatma materiallarni yana guruhlararo almashtiradi, shu tariqa tarqatma materiallar birinchi bo’lib yozishni boshlagan guruhga kelib tushmaguncha, tarbiyachi ularni guruhlar o’rtasida almashtirib turadi, guruhlar esa har gal tarqatma materialdagi tanlanmay qolgan yoki to’latilmay qolgan bo’limlarni to’latib, o’z fikrlarini yozib boradilar.

    Tarqatma materiallar o’z guruhlariga qaytgach, guruh a’zolari tarqatma materialda to’plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o’qib, ularni umumlashtirgan holda, umumiy bir fikrga keladi va guruh vakillaridan birini ushbu fikrni taqdimot qilish uchun tayyorlaydilar. Tarbiyachi guruhlardan taqdimot vaqtida, ayniqsa uning yechimi va unga qarshi qo’yish mumkin bo’lgan fikrlar, tadbirlar, ishlar, uslubiyotlarga e’tiborlarini ko’proq qaratishlarini so’raydi. Taqdimot uchun vaqt belgilanadi. Taqdimot vaqtida boshqa guruh a’zolari bildirilgan fikrlarga qo’shimcha qilishlari, to’ldirishlari mumkin. Tarbiyachi taqdimotni samarali va tartibli bo’lishini ta’minlaydi.

    Taqdimot tugagach, tarbiyachi “Zamonaning global muammolari” mavzusi bo’yicha fikrlarni umumlashtiradi, ularning isboti sifatida videomaterial (imkoniyati bo’lsa) yoki fotosuratlar ko’rsatishi mumkin. Tarbiyachi mashg’ulotni o’quvchilarning, guruhlarning ishlariga baho berish, mashg’ulot haqida o’quvchilarning bildirgan fikrlarini aniqlash, bo’sh vaqtlarida mustaqil o’qishlari uchun badiiy-ommabop adabiyotlar, tomosha qilishlari uchun esa fil’mlarni ro’yhatini aytish yoki tarqatish bilan yakunlaydi.



    Izoh: Kichik guruhlar soni 4 ta bo’lgani maqsadga muvofiq. Bunday holda tarqatma materiallar 3 marta almashtiriladi va bu bilan o’quv jarayonini zerikarli o’tishining oldi olinadi. Agar kichik guruhlar soni 4 tadan ko’p bo’lsa, u holda ularni ikkita potokka bo’lib, tarqatma materiallar almashinuvini har bitta potok o’rtasida alohida, taqdimotni esa, birgalikda o’tkazish mumkin.

    “Zamonaning global muammolari” mavzusidagi “Panorama” treningi uchun mo’ljallangan tarqatma materialning taxminiy nusxasi quyida keltirilgan:








    Download 3.55 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 3.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Djumaniyazоva sеvara хaitbayеvna kasb-hunar kоllеjlarida ma’naviy-aхlоqiy tarbiya jarayonini innоvatsiоn tashkil qilishninig ilmiy-pеdagоgik asоslari

    Download 3.55 Mb.