|
Fan: Ona tili
|
Sana | 23.05.2022 | Hajmi | 41.5 Kb. | | #21693 |
Bog'liq Rajapbayeva Aygul Олшем бирликлер, иш тугрисида справка, basketbolning-paydo-bo-lishi-va-rivojlanish-tarixi, Mavzu №1 Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya (1), 175, c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari, 11, ko-rsatkichli-funksiya, I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilis-hozir.org, Jumamuratov J perevod, 4, 木の上に, Аудит, гыштшы2023
Beruniy tumani XTMFMT va TeB ga
qarashli 16 –umumta’lim maktabi onatili
fani o’qituvchisi
Rajapbayeva Oygulning
V-sinf uchun (25 o'quvchi)ga
moljallangan bir soatlik
dars ishlanmasi
Annotatsiya: Ushbu dars ishlanmada"Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi" haqida so'z yuritiladi va o'qituvchi yangi ped texnologiyalardan maqsadli foydalanganligi ko'rsatilgan.
Fan: Ona tili
Sinf: 5-sinf
Mavzu: Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi
Darsning maqsadi.
1 Ta’limiy maqsad: ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini puxta o’zlashtirishga oid bilimlarini kengaytirish:
2 Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda xushmuomalalik, axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish:
3 Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mustaqil va erkin fikrlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari.
Darsning uslubi: ,,Aqliy hujum", ,,Mosini top", ,,Kim chaqqon-u, kim epchil" o'yini.
Darsning borishi: Dars o’tgan mashg’ulotda o’rganilgan mavzuni takrorlash va uyga berilgan vazifani so’rash bilan boshlanadi. Bunda ,, Aqliy hujm” usulidan foydalanib, quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi:
1 E unlisi qanday so’zlarda i ga yaqin eshitiladi?
2 E tovushiga moyil talaffuz qilinadigan so’zlarga
misollar keltiring.
3 Imlo me’yorlari nima?
4 Talaffuz me’yorlari deganda nimani tushunasiz?
5 O’ tovushi qanday hollarda torroq talaffuz qilinadi?
Savol-javobdan so’ng 399-mashq sharti asosida uyda bajarib kelingan topshiriq tahlili o’tkaziladi.
Tahlil va yuqoridagi savol-javob natijasiga ko’ra o’quvchilarning unlilarning talaffuzi imlosi yuzasidan o’zlashtirilgan bilimi –ko’nikmalari aniqlanadi.
Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi yangi mavzu bayoni bilan qisqacha tanishtiradi. So'z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o’rtasidagi farq yo’qolib, bir xil-jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d , z yoziladi.
Darslik bilan ishlash.
Bunda 400-mashq shartiga muvofiq bajariladi.
,, Mosini top “ o’yini 401-mashq.
Berilgan so’zlarga qavs ichidagi tovushlar juftligidan mosini qo’yishadi.
I ( z-s ) siz yo’qoldi, tu ( z-s )ini o’zgartirmoq,ko’( z-s )ini davolamoq, tu( z-s) iz ovqat, Mati(z-s) ” avtomobili, afsu( z-s ) qilmoq.
Mashq bajarib bo’lingach, guruhlar ishlarini o’zaro almashadilar va o’zga guruh bajargan mashg’ulotning to’g’ri yoki noto’g’riligini
tekshirib chiqadilar.
Har bir so’zga mos qo’yilgan tovushlar uchun 1 ball, jami 5 ball berilishi lozim.
Har bir noto’g’ri javob uchun 1 ball olib tashlanadi.
Taqtimot. Javoblar izohlanadi..
,, Kim chaqqon-u , kim epchil ” o’yini.
Guruhlarga tarqatma materiallar tarqatiladi.
Jarangli undoshlarga qaysi undoshlar kiradi?
Jarangsiz undoshlarga misol ayting.
Qanday undoshlar jarangli undoshlar deyiladi?
B-P, D-T undoshlari qanday talaffuz qilinadi?
Vatan, urf so'zlaridagi undoshlarni aniqlang?
Tilimizda nechta undosh tovush bor?
Orfografiya bo'limi nimani o'rganadi?
Bo'g'iz tovushiga qaysi undosh kiradi?
Taqdimot: Javoblar izohlab beriladi.
Muhokama:
1 Bugungi darsimizda nimalarni o’rgandingiz?
2 Guruhlarda ishlash yoqdimi?
3 Mashq jarayonida qanday bilimlarga ega bo’ldingiz?
4 Mashg’ulot davomida o’zingizni qanday his qildingiz?
Baholash:
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarga dars davomida berib borilgan rag’bat kartochkalari Jamlanadi va o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: bajarilishi tushuntiriladi.
402-mashq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Ona tili 5-sinf N. Mahmudov, A. Nurmonov,
A. Sobirov, V. Qodirov, Z. Joraboyeva.
Toshkent ,, Manaviyat “ 2015-yil
2 Til va adabiyot ta’limi 2016-yil
|
| |