• Kirish
  • Fizika” fani bo’yicha




    Download 12.13 Mb.
    bet1/74
    Sana30.12.2019
    Hajmi12.13 Mb.
    #6531
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74

    O’zbekiston respublikasi
    oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
    toshkent farmatsevtika instituti

    fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

    fizika



    fani bo’yicha
    o’ q u v – u s l u b i у i

    Majmua

    Тошкент -2016
    Mazkur o’quv – uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv reja va dastur asosida tayyorlandi

    Tuzuvchilar:

    N.B. Sodikova – Toshkent Farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi, katta o‘qituvchi

    Z.B. Tursunova - Toshkent Farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi, katta o‘qituvchi

    SH.SH. Sattorov - Toshkent Farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi, o‘qituvchi



    Taqrizchilar:

    D. Begmatova - O’zMU Fizika fakulteti, “Umumiy fizika” kafedrasi

    mudiri, dotsent

    M.G‘. Ismoilova - Toshkent Farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasi mudiri, f.f.d.



    O’quv – uslubiy majmua Bosh ilmiy - metodik markaz Ilmiy – metodik kengashining 2016 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.

    mundarija


    mundarija 3

    I.Kirish 3

    II.ishchi dastur 4

    II. Sillabus 22

    III. fanni o’qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari. 23

    IV. nazariy materiallar 28

    V. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun materiallar 194

    VI. Кeyslar banki 212

    VII. Мustaqii ta’lim mavzulari 217

    VIII. test 219

    IX. glossariyi 368

    X. Аdabiyotlar ro’yxati 372




    1. Kirish

    Ushbu Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua 10 bo’limni o’z ichiga olgan bo’lib 374 bеtni tashkil etadi. Unda ishchi o’quv dasturining mazmuni, ta'lim tеxnologiyalari, fan bo’yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari matеriallari, tеstlar, mustaqil ta’lim mavzulari, adabiyotlar ro’yxati va glossariyi to’plami kеltirilgan.

    Fan bo’yicha ma'ruza matnlari, baholash mеzoni to’liq kеltirilgandir, hamda sillabus bilan to’ldirilgan bo’lib, u oliy ta'lim tizimining ta'lablariga to’la mos kеladi.

    1. ishchi dastur


    Toshkent farmatsevtika instituti

    Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

    Ro‘yxatga olindi:


    № ___________________
    2016 y. “____” ____________

    tasdiqlayman

    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

    f.f.n., S.U.Aliev

    ________________________

    ____ “ ____________2016 yil


    fizika

    faning

    ishchi o‘quv dasturi

    Bilim sohasi: 500000 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

    Ta’lim sohasi: 510000 Sog‘liqni saqlash
    Ta’lim yo’nalishi: 5510500 Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

    5510500 Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil)

    5510500 Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

    5111000 Kasb ta’limi (5510500- Farmatsevtika ishi)

    5510600 Sanoat farmatsiyasi (Dori vositalari)

    5510600 Sanoat farmatsiyasi (Farmatsevtik biotexnologiya)

    5510600 Sanoat farmatsiyasi (Kosmetsevtika)

    Toshkent – 2016 yil


    Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

    Tuzuvchilar:

    N.B. Sodikova – Toshkent Farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi, katta o‘qituvchi

    Z.B. Tursunova - Toshkent Farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi, katta o‘qituvchi

    SH.SH. Sattorov - Toshkent Farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi, o‘qituvchi




    Taqrizchilar:

    D. Begmatova - O’zMU Fizika fakulteti, “Umumiy fizika” kafedrasi

    mudiri, dotsent

    M.G‘. Ismoilova - Toshkent Farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasi mudiri, f.f.d.

    Fanning ishchi o‘quv dasturi “Fizika, matematika va AT” kafedrasining 2016 yil “------”----------------- dagi ------ - sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
    Fizika, matematika va AT kafedrasi mudiri S.Yo.Inog’omov

    Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy kengashining

    2016 yil “------”--------------dagi -------- - sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi:

    Sanoat farmatsiya fakulteti

    ilmiy kengashining raisi, dotsent X.SH. Ilxomov

    “------”--------------2016 yil

    Ishchi dastur MUKning 2016 yil “------”--------------dagi------ - sonli majlisida muhokama qilib tasdiqlandi.

    Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

    Sog‘liqni saqlashning profilaktik yo‘nalishini kuchaytirish, tibbiy xizmatni sifatini yaxshilash, aholini zamonaviy, mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash hozirgi dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu masalalarni hal etish uchun chuqur maxsus bilimga, amaliy ko‘nikmalarga va yuqori nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash zarur.

    Fizika fani farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan hisoblanadi. CHunki fizika asoslari tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni, fizik mexanizmlarni, dori moddalarining harakatlari va ta’sirlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu esa tibbiy va farmatsevtika instituti talabalariga fizika fanini o‘rgatish zarurligini ko‘rsatadi.

    Fanni o‘qitishdan maqsad

    Farmatsevtika sohasining farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olib muhandis-texnolog bo‘lib chiquvchi talabalarga o‘qitiladigan fizika va biofizika fanining maqsad va vazifasi barcha kimyo fanlarida, farmakologiyada, dori turlari texnologiyasi fanlarida zamin tayyorlash, undan tashqari fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy va amaliy asoslarini berish hamda ularning amaliy tadbiqi bo‘yicha malaka hosil qilishdan iborat.



    Fanning vazifasi
    fizika fanining maqsad va vazifalarini hamda ularni echish usullarini;

    - fizikaning asosiy qonunlarini;

    - moddani fizik tadqiqot qilish usullarining nazariy asoslarini;

    - moddaning fizik xossalari va xarakteristikalarini;

    - tirik organizmga ta’sir qiluvchi fizik omillarning xarakteristikalarini;

    - fizik asboblarning ishlash prinsiplarini;

    - fizik apparatlar bilan ishlashda o‘lchov talablarini;

    - texnika xavfsizligi qoidalarini;

    - laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olishni;
    Talabalar uchun talablar

    «Fizika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:

    - fizika fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlardan foydalana bilish;

    - olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashg‘ulotlar bajara olishi;

    - olgan nazariy va amaliy bilimlarini mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishda qo‘llay bilishi;

    - olgan nazariy va amaliy bilimlarini ish faoliyatida qo‘llay bilish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi lozim.


    Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
    Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi.

    Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha.



    Fizika” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:
    FAN MAVZULARI VA UNGA AJRATILGAN SOATLAR TAQSIMOTI:
    Ma’ruza mavzulari




    Mavzular

    Ma’ruza

    Laboratoriya


    Mustaqil ish

    1.

    Mexanikaning fizik asoslari. Umumiy tushunchalar. Kinematika.

    2

    10

    4

    2.

    Mexanikaviy tebranishlar va to‘lqinlar.

    2

    4

    4

    3.

    Suyuqlik va gazlar mexanikasi. Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari.

    2

    6

    4

    4.

    Ideal gaz. Gazlar molekulyar kinetik nazariyasi asoslari.

    2

    4

    4

    5.

    Gaz molekulalarining tezliklari bo‘yicha taqsimoti Maksvell va Bolsman taqsimoti to‘g‘risida tushuncha.

    2

    6

    4

    6.

    Termodinamika asoslari. Ish va issiqlik miqdori, issiqlik almashinuvi. Termo-dinamikaning birinchi bosh qonuni.

    2

    4

    4

    7.

    Suyuqliklar, ularning mole-kulyar tuzilishining xususi-yatlari. Suyuqliklardagi ko‘chish hodisalari.

    2

    6

    4

    8.

    Elektrostatika.

    2

    2

    4

    9.

    O‘zgarmas tok qonunlari. Tok kuchi va zichligi. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.

    2

    -

    4

    10.

    Dielektriklar. Elektrik dipol. Dielektriklarning qutblanishi. Dielektriklarning turlari

    2

    -

    4

    11.

    Magnitizm. Magnit maydon. Tokli kontur.

    2

    4

    4

    12.

    Elektromagnit induksiya.

    O‘zinduksiya. O‘zaro induksiya.



    2

    -

    4

    13.

    Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Refraktometriya.

    2

    4

    4

    14.

    Yorug‘likning to‘lqin asoslari

    Yorug‘lik interferensiyasi.

    Yorug‘lik dispersiyasi. Yorug‘-likning yutilishi. Yorug‘likni sochilishi.


    2

    8

    4

    15.

    Yorug‘likning qutblanishi. Polyarimetriya. Issiqlik nurlanishi va ularni xarakteristikalari.

    2

    4

    4

    16.

    Yorug‘lik dualizmi. Harakat-lanayotgan zarrachalar to‘lqin xususiyati. De-Broyl gipotezasi.

    2

    4

    5

    17.

    Atomning tuzilishi. Rezerford tajribasi. Atomni yadroviy planetar modeli.


    2

    -

    5

    18.

    Yadro fizikasi.Yadro fizikasi tushunchalari. Atom yadrosi. Radioaktivlik.

    2

    4

    4




    36

    72

    74




    Asosiy qism: Fanning Uslubiy jihatdan uzviy ketma - ketligi

    Ma’ruza mavzulari

    Ma’ruza 1 (2 soat)

    Mexanikaning fizik asoslari. Umumiy tushunchalar. Kinematika.

    Mexanika. Umumiy tushunchalar. Kinematika. Ilgarilanma va aylanma harakat. Fizika fani va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Kinеmatika asoslari. Dinamika. Nyuton qonunlari. Saqlanish qonunlari. Kuch va impuls momenti.

    Adabiyotlar: 1 –5 bob, 4, 5, 8.

    Mustaqil ish mavzusi: Ko‘chish va yo‘l. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tekis, notekis, tezlanuvchan, sekinlanuvchan harakat, tezlik va tezlanish, uning tashkil etuvchilari. Egri chiziqli harakat va uni tavsiflovchi kattaliklar.

    Ma’ruza 2 (2 soat)

    Mexanikaviy tebranishlar va to‘lqinlar.

    Kuch va impuls momenti. Aylanma harakat uchun Nyuton qonuni. Mexanik tebranishlar. Umumiy tushunchalar. Elastik to’lqinlar. Tovush. Umov vektori. So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari (siljish, so‘nishning logarifmik dikrementi). Majburiy tebranishlar. rezonans. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Doppler effekti. Turg‘un to‘lqinlar. To‘lqinlar interferensiyasi. Tovush to‘lqinlari. Eshitish sohalari.

    Adabiyotlar: 1 –5 bob, 4, 5, 8.

    Mustaqil ish mavzusi: Jismlarning absolyut elastik va noelastik urilishi. Tortishish kuchlari. Butun olam tortishish qonuni. Tortishish maydoni. Og‘irlik kuchi va vazn. Vaznsizlik. Kosmik tezliklar. Qattiq jismlar mexanikasi. Inersiya va kuch momentlari. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining tenglamasi. Qattiq jism deformatsiyasi. Qattiq jism muvozanati. Mayatniklar. Garmonik tebranishlar va ularni xarakterlovchi fizik kattaliklar (siljish, tezlik, tezlanish). Ularning differensial tenglamasi.

    Ma’ruza 3 (2 soat)

    Suyuqlik va gazlar mexanikasi. Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Umumiy tushunchalar. Ideal suyuqlik. Shalolaning uzluksizlik sharti. Bernulli tenglamasi. Yopishqoqlik. Stoks qonuni. Puazel formulasi. Sirt taranglik xodisasi. Qattiq jismlar tuzilishi va xususiyatlari.

    Adabiyotlar: 1-12 bob, 4, 5, 8.



    Ma`ruza 4 (2 soat)

    Ideal gaz. Gazlar molekulyar kinetik nazariyasi asoslari.

    Gаzlаr mоlеkulyar kinеtik nаzаriyasining аsоslаri. Temperatura. Erkinlik darajasi. Energiyaning erkinlik darajalari bo’yicha taqsimot qonuni.

    Adabiyotlar: 1-12 bob, 4, 5, 8.



    Ma`ruza 5 (2 soat)

    Gaz molekulalarining tezliklari bo‘yicha taqsimoti Maksvell va Bolsman taqsimoti to‘g‘risida tushuncha. Molеkulyar fizika. Gazlarning molеkulyar-kinеtik nazariyasi asoslari. Tеmpеratura. Erkinlik darajasi. Enеrgiyaning erkinlik darajalari bo`yicha taqsimot qonuni.

    Adabiyotlar: 1-12 bob, 4, 5, 8.



    Mustaqil ish mavzusi: Biologik sistemalar termodinamikasi. Ochiq sistemalar uchun termodinamika qonunlari. Erkin energiya o`zgarishi. Ximik va elektroximik potentsial.Termodinamik potensiallar. Standart erkin energiyaning o’zgarishi. Dissipativ funksiya va entropiya o’sish tezligi. Statsionar holat barqarorligi va kriteriy darajasi. Prigojin tenglamasi.

    Ma`ruza 6 (2 soat)

    Termodinamika asoslari. Ish va issiqlik miqdori, issiqlik almashinuvi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni. Termodinamikani 1-yaqinlashuvi. Uning izojarayonlarga tadbiqi. Ideal gaz issiqlik sig`imi. Termodinamikani 2-yaqinlashuvi to`g`risida tushuncha. Entropiya. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Sikl. Isitish va muzlatish mashinalari. Karno sikli. FIK. Nomuvozanatli termodinamika tushunchalari.

    Adabiyotlar: 1, 4, 5, 8 – II bob.



    Ma`ruza 7 (2 soat)

    Suyuqliklar, ularning molekulyar tuzilishining xususiyatlari. Suyuqliklardagi ko‘chish hodisalari. Suyuqliklar molekulyar tuzilishi o’ziga xosligi va umumiy xususiyatlari (diffuziya, qovushqoqlik, issiqlik o’tkazuvchanlik). Sirt aktiv moddalar va ularning qo’llanilishi. Kapillyar bosim. Laplas formulasi.

    Adabiyotlar: 1-9 bob, 4, 5, 8.



    Mustaqil ish mavzusi: Djoul – Tomson effekti. Farmatsiya va tibbiyotda past temperaturalarning qo’lanilishi. Qattiq, kristall va amorf jismlar. Biopolimerlar umumiy xususiyatlari va tuzilisining o’ziga xosligi.
    Ma`ruza 8 (2 soat)

    Elektrostatika. Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydonining kuchlanganlik xarakteristikasi. Gauss teoremasi. Elektr maydonini energetik xarakteristikalari. Potensial. Elektrik dipol. Elektr maydonidagi o’tkazgichlar. Sig’im.

    Adabiyotlar: 1-14 bob, 4, 5, 8.



    Ma`ruza 9 (2 soat)

    O‘zgarmas tok qonunlari. Tok kuchi va zichligi. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Dielektriklar polyarizatsiyasi (dipol yoki oriyentatsion, elektron, ion). Plazma haqida tushuncha. Yarim o’tkazgichlarda elektr toki.

    Adabiyotlar: 1-15 bob, 4, 5, 8.



    Mustaqil ish mavzusi: Zonalar nazariyasi. Elektromagnit to’lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo’llanilishi.

    Ma`ruza 10 (2 soat)

    Dielektriklar. Elektrik dipol. Dielektriklarning qutblanishi. Dielektriklarning turlari

    Dipol momenti, elеktronli qutblanish; oriеntatsiyaviy yoki dipolli qutblanish, qutbsiz molеkula, qutbli molеkula.

    Adabiyotlar: 1-15 bob, 4, 5, 8.

    Mustaqil ish mavzusi: Dielektriklarni qutblanishi. Dielektriklarni turlari (qutblangan molekulalar bilan; qutblanmagan molekulalar bilan; kristall, ya’ni ion tuzilishi bilan). Qutblanish (dipol, elektron, ionli). Qutblanganlik. Dielektrik singdiruvchanlik. Plazma haqida tushuncha. Yarim o’tkazgichlarda elektr toki. Yarim o’tkazgichlarning tuzilishi. Zonalar nazariyasi. r–tipidagi o’tkazuvchanlik. n–tipidagi o’tkazuvchanlik.

    Ma`ruza 11 (2 soat)

    Magnitizm. Magnit maydon. Tokli kontur. Magnitostatika. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari. Ersted tajribalari. Sinov tokli konturi. Magnit induksiya vektori. Magnit oqimi. Magnit maydon kuchlanganligi. Amper qonuni. Lorens kuchi. Elektr toki magnit maydoni. Bio-Savar-Laplas qonuni. Jismlarning magnit xossalari. Dia-, para-, ferromagnetizm.

    Adabiyotlar: 1-17 bob, 4, 5, 8.

    Mustaqil ish mavzusi: Ularning qo’llanilishi (mass-spektroskopiya, tezlatgichlar).

    Ma`ruza 12 (2 soat)

    Elektromagnit induksiya. O‘zinduksiya. O‘zaro induksiya.

    Lens qonuni. Faradey qonuni. Induktivlik. Magnit maydon energiyasi. O’zgaruvchan tok. Induktiv sig’im va aktiv qarshilik. Impedans. Elektromagnit to’lqinlar.

    Adabiyotlar: 1-17 bob, 4, 5, 8.

    Mustaqil ish mavzusi: Siljish toki. Maksvell tenglamalari. Maksvell nazariyasini asosiy tushunchalari.

    Ma`ruza 13 (2 soat)

    Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Refraktometriya.

    Ko’z optik sistema. Optik asboblar.To’lqin optikasi. Yorug’likning sinishi va qaytish qonunlari. Linzalar. Asosiy fotomеtrik kattaliklar. Yorug’lik nurining tabiati.

    Adabiyotlar: 1,26 bob, 4, 5, 9.

    Mustaqil ish mavzusi: Ko’rish biofizikasi. Ko’rishning molekulyar mexanizmi.

    Ma`ruza 14 (2 soat)

    Yorug‘likning to‘lqin asoslari. Yorug‘lik interferensiyasi. Yorug‘lik dispersiyasi. Yorug‘likning yutilishi. Yorug‘likni sochilishi. Tola optikasi haqda tushuncha. Refraktometriya. Yorug’likning to’lqin xususiyatlari. Yorug’lik interferensiyasi. Gyugens-Frenel prinsipi. Rentgenostruktur tahlil asoslari.

    Adabiyotlar: 1,26 bob, 4, 5, 9.



    Mustaqil ish mavzusi: Vulf –Bregg formulasi. Rentgenostruktur analiz asoslari. Golografiya haqida tushuncha.

    Ma`ruza 15 (2 soat)

    Yorug‘likning qutblanishi. Polyarimetriya. Issiqlik nurlanishi va ularni xarakteristikalari.

    Tabiiy va qutblangan yorug’lik. Malyus qonuni. Qaytgan va singan nurlarning qutblanishi. Bryuster qonuni. Yorug’likning modda bilan ta’siri.

    Adabiyotlar: 1,26 bob, 4, 5, 9.

    Mustaqil ish mavzusi: Tindal hodisasi, molekulyar sochilish. Reley qonuni. Nefelometriya. Nurlanishlarning qo’llanlishi.

    Ma`ruza 16 (2 soat)

    Yorug‘lik dualizmi. Harakatlanayotgan zarrachalar to‘lqin xususiyati. De-Broyl gipotezasi. Noaniqlik munosabatlari, to’lqin funksiya, Shreydenger tenglamasi, kvant sonlari: bosh kvant son, magnit kvant son, arbital kvant son, azimutal kvant son, Pauli prinsipi, to’lqin uzunligi, energiya, Plank doimiysi, kordinata, impuls, massa.

    Adabiyotlar: 1,13 bob, 4, 5, 9.



    Mustaqil ish mavzusi: Harakatlanayotgan zarrachalar to’lqin xususiyati. Elektron, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Elektron mikroskop va ularning qo’llanilishi. Majburiy (induksiyalangan) nurlanish haqida tushuncha. Lazerlar va ularni qo’llanishi.

    Ma`ruza 17 (2 soat)

    Atomning tuzilishi. Rezerford tajribasi. Atomni yadroviy planetar modeli.

    Atom fizikasi. Umumiy tushunchalar. Atom tuzilishining Bor nazariyasi bo’yicha talqini. (Tomson, Rezerford). Atomni yadroviy planetar modeli.

    Adabiyotlar: 1, 4, 5, 9 – II bob.

    Ma`ruza 18 (2 soat)

    YAdro fizikasi. YAdro fizikasi tushunchalari. Atom yadrosi. Radioaktivlik.

    Atom yadrosining tarkibi va asosiy xarakteristikalari. Yadro massasi va bog’lanish energiyasi.

    Termoyadroviy reaksiyalar. Atom yadrosi tarkibi. Radioaktivlik hodisasi. Termoyadroviy reaksiyalarni tushuntiring

    Adabiyotlar: 1, 4, 5, 9 – II bob.



    Mustaqil ish mavzusi: Nishonli atomlar, belgilar va ularning qo’llanilishi. Elementar zarrachalar. Zarralarni qayd qilishning amaliy usullari. Tezlatkichlar. Yadro reaktori.

    Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha mavzular, ko‘rsatma va tavsiyalar




    Amaliy mashg‘ulotlarning nomi va mazmuni

    Ajratilgan soat

    Adabiyotga ko‘rsatma

    1

    Kirish. Xatoliklar va ularni hisoblash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    2

    Bajarilgan ishlar hisoboti. Yakuniy nazorat.

    2

    1,3,4 va h.k.


    Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha mavzular, ko‘rsatma va tavsiyalar



    Laborotoriya mashg‘ulotlarning nomi va mazmuni

    Ajratilgan soat

    Adabiyotga ko‘rsatma

    1

    Analitik tarozida tortishni o‘rganish.

    4

    1,3,4 va h.k.

    2

    Geometrik shaklga ega bo‘lgan qattiq jismlar zichligini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    3

    Suyuqlik sirt taranglik koeffitsientini halqa uzilish usuli bilan aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    4

    Suyuqlik va sochiluvchan qattiq jismlarning zichligini piknometr yordamida aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    5

    Stoks usuli bilan suyuqliklarning yopishqoqlik koeffisientini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    6

    Biologik suyuqliklarning yopishqoqlik koeffitsien-tini VK-4 viskozimetri yordamida aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    7

    Havo molekulalarining o‘rtacha erkin yugurish yo‘li va ichki ishqalanish koeffitsientini aniqlash.

    4

    1,3,4 va h.k.

    8

    Halqaning tebranishidan jismlarning erkin tushish tezlanishi aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    9

    Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini tomchi uzilishi usuli bilan aniqlash.

    4

    1,3,4 va h.k.

    10

    Jismlarning zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    11

    Matematik mayatnik yordamida jismlarning erkin tushish tezlanishini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    12

    Osvald viskozimetri yordamida suyuqliklarning yopishqoqlik koeffitsientini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    13

    O‘zgarmas bosim va o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig‘mlari nisbatini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    14

    Havoning nisbiy namligini Assman psixrometri yordamida aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    15

    Gey-Lyussak qonuni yordamida absolyut nol haroratni aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    16

    Boyl-Mariott qonunini tajribada o‘rganish.

    2

    1,3,4 va h.k.

    17

    Refraktometr yordamida eritmalarning konsentratsiyasini va nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlash.

    4

    1,3,4 va h.k.

    18

    Fotokolorometrda rangli suyuqliklarning konsentratsiyasini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    19

    Fotoelementning integral sezgirligini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    20

    Difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    21

    Elektrostatik maydonni o‘rganish.

    2

    1,3,4 va h.k.

    22

    Yоrug‘likning qutblanishini o‘rganish.

    4

    1,3,4 va h.k.

    23

    Amper qonunini o‘rganish.

    2

    1,3,4 va h.k.

    24

    Yorug‘lik to‘lqin uzunligini Nyuton halqalari yordamida aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    25

    Spektroskopni darajalash va uning yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    26

    Shishaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    27

    Radioaktiv yadrolarning yarim emrilish davrini aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    28

    Gazlar issiqlik sig‘imlari nisbatini “Kleman-Dezorma” stendi yordamida aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.

    29

    Yerning magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisi aniqlash.

    2

    1,3,4 va h.k.


    KURS ISHLARINING NAMUNAVIY MAVZULARI: ( rejalashtirilmagan)

    MALAKAVIY AMALIYOT: (rejalashtirilmagan)
    Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

    Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.

    Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foyda­la­ni­la­di:


    • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlash­ti­rish;

    • berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;

    • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

    • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

    • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k.

    Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2005 yil 21 fevral 34-buyrug‘i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talabalari asosida nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining umumiy xajmi 74 soatni tashkil qiladi.

    O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

    1. Ko‘chish va yo‘l. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tekis, notekis, tezlanuvchan, sekinlanuvchan harakat, tezlik va tezlanish, uning tashkil etuvchilari. Tortishish kuchlari.

    Butun olam tortishish qonuni. Tortishish maydoni. Og‘irlik kuchi va vazn. Vaznsizlik. Kosmik tezliklar. Qattiq jismlar mexanikasi. Inersiya va kuch momentlari. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining tenglamasi. Qattiq jism deformatsiyasi.

    2. So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari Majburiy tebranishlar. Rezonans. Ultratovush. Ultratovush manbalari. Ultratovush jism bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlari. Biologik to‘qima va qattiq jismlarning mexanik xususiyatlari.

    3. To‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin soni. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Umov vektori. Doppler effekti. Turg‘un to‘lqinlar. To‘lqinlar interferensiyasi.

    4. Djoul – Tomson effekti. Farmatsiya va tibbiyotda past temperatura qo‘llanilishi. Sirt aktiv moddalar va ularning farmatsiyada qo‘llanilishi. Kapillyar bosim. Laplas formulasi. Qattiq, kristall va amorf jismlar. Biopolimerlar, umumiy xususiyatlari va tuzilishining o‘ziga xosligi.

    5. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli.

    6. Termodinamik potensiallar. Standart erkin energiyaning o‘zgarishi. Dissipativ funksiya va entropiya o‘sish tezligi. Statsionar holat barqarorligi va kriteriy darajasi. Prigojin tenglamasi.

    7. Qattiq jismlar. Kristal va amorf qattiq jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. Qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari.

    8. Plazma xaqida tushuncha. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. r–tipidagi o‘tkazuvchanlik. n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo‘llanilishi.

    9. Organik molekulalarning tebranma va aylana spektrlari. Meditsina va farmatsiyada fotolyuminession miqdor va sifat tahlillari. EPR, Xemilyuminessensiya, YAMR.

    10. Turli muhitlarda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi.

    11. Qon aylanish sistemalari biofizikasi. Qonning reologik va gemodinamik xarakteristikalari. Eritrotsitlar cho‘kish tezligi. Frank modeli.

    12. Hujayra biofizikasi. Membrananing suyuq kristall holati. Qo‘zg‘algan membrananing ekvivalent elektrik sxemasi. Nerv impulsining tarqalishi. Elektrokinetik hodisalar.

    13. Ko‘rish biofizikasi. Ko‘rishning molekulyar mexanizmi. Elektron mikroskop va ularning qo‘llanilishi.

    14. Elektronlar, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Radioaktiv emirilishlar. Nishonli atomlar, qo‘llanilishi.

    15. Biosfera va fizik maydon. Atrof muhit va insonning fizik maydoni.

    16. Biologik membranalar. Biologik membranalar, ularning funksiyasi va asosiy holatlari. Biolipidli membrana (BLM) modeli. Liposoma. Biomembranalar dinamikasi. Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi. Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop). Gel-suyuq kristall tipidagi lipid qo‘sh qatlamining mikroyopishqoqligi. Membranalar patologiyasi. Membranalarda fazoviy o‘tishlar.

    17. Moddalar transporti. Moddalarning biologik membranalar orqali transporti. Passiv va aktiv transport. Gradient bo‘yicha va gradientga qarshi bo‘ladigan jarayonlar. Passiv transport va uning turlari: oddiy va engillashgan diffuziya, osmos, filtratsiya. Aktiv transport. Ussing tajribasi. Elektrogen ion nasoslari.

    18. Bioelektrik potensiallar, ularning turlari. Tinchlik potensiali. Biopotensiallarni qayd qilishning fizik usullari. Mikroelektrod usuli. Nernst-Plank tenglamasining echimi. Goldman-Xodjkin tenglamasi. Nerv impulsi biofizikasi. Harakat potensiali. O‘rganish usullari. Kuchlanishning fiksatsiya qilish usuli. Qo‘zg‘aluvchi membranalar ekvivalent elektr sxemalari. Xodjikin-Xaksli tenglamalari. Organlarning elektroaktivligi.


    Fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot va pedagogik texnologiyalar

    Talabalarga fizika fanini o‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, bilimini oshirish va shu orqali Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan ilmiy salohiyati etuk mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish. O‘qitish jarayonida o‘quv dasturlarini kompyuter orqali o‘qitishni joriy etish, laboratoriya ishlarini bajarishda olingan natijalarga kompyuterdan foydalanib Basic, exsel va Pascal tillarida tuzilgan dasturlar asosida matematik ishlov berish, turli biotexnologik jarayonlarni modellash va ularni kompyuter vositasida echish.



    Fizika fanidan oraliq va yakuniy nazorat savollari

    1) Mexanikaning fizik asoslari. Umumiy tushunchalar. Kinematika.Mehanik harakat.(sanoq sistemasi, ko‘chish, masofa, tezlik, tezlanish) Aylanma harakat. (burchak va chiziqli tezlik, burchak tezlanish, aylanish davri va chastotasi.)

    2) Dinamika qonunlari. Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersion sanoq sistemasi, massa, kuch. Nyutonning 2- qonuni. Harakat miqdori. Jism impulsi o‘zgarishi. 2-qonunni impuls orqali ko‘rinishi. Nyutonning 3-qonuni.

    3) Saqlanish qonunlari (energiya, impuls). Ish, quvvat. Kuch momenti. Impuls momenti. Inersiya momenti. Aylanma harakat uchun Nyutonning 3-qonuni.

    4) Mexanik tebranishlar. Mayatniklar. Garmonik tebranishlar va ularni xarakterlovchi fizik kattaliklar (siljish, tezlik, tezlanish). Ularning differensial tenglamasi. mayatniklar. Erkin tushish tezlanishini aniqlash usuli. Garmonik tebranish energiyasi

    5) So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari siljish, so‘nishning logarifmik dikrementi. Majburiy tebranishlar. Rezonans.

    6) To‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin soni. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Umov vektori. Akustika. Ultratovush va qo‘llanilishi. Doppler effekti. Tovush to‘lqinlari. Eshitish sohalari.

    7) Suyuqlik va gazlar mexanikasi. Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari.

    8) Gidrodinamika. Ideal suyuqlik. Statsionar oqim. SHalolaning uzuliksizlik sharti. Oqim tezligini o‘zgarishi. Bernulli va Torrichelli tenglamalari.

    9) YOpishqoqlik (ichki ishqalanish). Nyuton tenglamasi. YOpishqoq suyuqliklarni trubadan oqishi. Puazeyl formulasi. Jismlarning yopishqoq suyuqliklarda harakati. Stoks qonuni. YOpishqoqlikni aniqlash usullari. Laminar va turbulent oqim. Reynolds soni. YOpishqoqlikni o‘lchash usullari.

    10) Molekulyar fizika. Gazlar molekulyar kinetik nazariyasi asoslari. Ideal gaz va uning parametrlari. Molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari va ularning energiyasi (moddaning agregat holatlari).

    11) Izojarayonlar. Holat tenglamasi. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Gaz molekulalari o‘rtacha kvadrat tezligi. Gaz molekulalarining ilgarilanma xarakat o‘rtacha kinetik energiyasi. Erkinlik darajasi. Erkinlik darajasi bo‘yicha energiyani tekis taqsimlanishi. Ideal gaz ichki energiyasi.

    12) Gaz molekulalarining tezliklari bo‘yicha taqsimoti (Maksvel taqsimoti). Bolsman taqsimoti to‘g‘risida tushuncha. Molekulalar orasidagi o‘zaro tuqnashuvlar. Molekulalarning o‘rtacha erkin yugurish yo‘li.

    13) Termodinamika elementlari. Termodinamika asoslari. Ish va issiqlik miqdori, issiqlik almashinuvi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni. Termodinamika birinchi qonunining izojarayonlarga tadbiqi. Ideal gazning issiqlik sig‘imi.

    14) Qaytuvchi va qaytmas jarayonlar. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya.

    15 Gazlarda ko‘chish hodisalari. Ko‘chishning umumiy tenglamasi. Gazlarda diffuziya hodisasi. Gazlarda issiqlik o‘tkazuvchanligi. Gazlarda yopishqoqlik (ichki ishqalanish hodisasi).

    16) Real gazlar. Gaz molekulalari o‘rtasidagi ta’sir. Van-der-Vals tenglamasi. Real gazning ichki energiyasi.

    17) Bug‘lanish va kondensatsiya. To‘yingan bug‘. Van-der-Vaals izotermalari. Gazlarni suyultirish, ularning qo‘llanilishi (tibbiyot va farmatsiya).

    18) Qattiq jismlar. Kristall va amorf qattiq jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari.

    19) Suyuqliklar, ularning molekulyar tuzilishining xususiyatlari. Suyuqliklardagi ko‘chish hodisalari. Sirt taranglik.

    Molekulyar bosim. Sirt qatlam energiyasi. Egri sirt otsidagi bosim. Kapillyarlik. Sirt taranglikni o‘lchash usullari.

    20) Elektrodinamika asoslari. Elektrostatika. Elektr maydon. Elektr zaryadi. Umumiy tushunchalar. Kulon qonuni. Elektrostatik maydon va uning kuchlanganligi. Elektr maydon potensiali. Potensiallar farqi. Kuchlanish.

    Elektr maydon kuchlanganligi va kuchlanish orasidagi bog‘lanish. Ekvipotensial sirtlar. Ostragradskiy – Gauss teoremasi.

    21) O‘zgarmas tok qonunlari. Tok kuchi va zichligi. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O‘tkazgichning qarshiligi. Elektr o‘tkazuvchanlik. O‘tkazgich qarshiligining temperaturaga bog‘liqligi. Solishtirma qarshilik. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik. Birliklari. To‘la zanjir uchun Om qonuni. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Kirxgof qonunlari. Elektr tokining issiqlik ta’siri. Joul–Lens qonuni. Tokning ishi va quvvati.

    22) Elektr tokini issiqlik ta’siri. Joul –Lens qonuni. Elektr tokining ishi va quvvati.

    23) Dielektriklar. Elektrik dipol. Dielektriklarni qutblanishi. Dielektriklarni turlari qutblangan molekulalar bilan; qutblanmagan molekulalar bilan; kristal, ya’ni ion tuzilishi bilan.

    Qutblanish (dipol, elektron, ionli). Qutblanganlik. Dielektrik singdiruvchanlik.

    24) Metallarda elektr toki. Emissiya hodisalari va ularni qo‘llanilishi.

    25) Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Plazma haqida tushuncha.

    26) Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi.

    27) YArim o‘tgazgichlarda elektr toki. YArim o‘tgazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. R – tipidagi o‘tkazuvchanlik. n – tipidagi o‘tkazuvchanlik.

    28) Magnitizm. Magnit maydon. Tokli kontur. Magnit induksiya vektori. Magnit oqim. Birliklari. Bio-Savar-Laplas qonuni. Amper qonuni. Magnit maydonining harakatlanayotgan zaryadga ta’siri. Lorens kuchi. Ularning qo‘llanilishi (mass-spektroskopiya, tezlatgichlar). Muhitning magnit singdiruvchanligi. Dio-para va ferromagnetizmlar.

    29) Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari. Lens qoidasi. Kontur induktivligi. Uzinduksiya. O‘zaro induktsiya. Elektromagnit tebranishlar. Magnitoelektr induksiya hodisasi. Elektromagnit maydon. Umov – Poyting vektori.. O‘zgaruvchan tok.

    30) O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv, sig‘im va induktiv qarshiliklar. O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni.

    31) Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Refraktometriya (tola optikasi va ularning qo‘llanilishi).

    32) YOrug‘likning to‘lqin asoslari. YOrug‘lik interferensiyasi. YOrug‘lik to‘lqinining kogerentligi. YOrug‘lik difraksiyasi. Gyuygens – Frenel prinsipi. Difraksion panjara. Difraksion spektr. Vulf –Bregg formulasi. Rentgenostruktur analiz asoslari.

    33) YOrug‘likning qutblanishi.

    Tabiiy va qutblangan yorug‘lik. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni. YOrug‘likning qaytishi va sinishdagi qutblanish. Bryuster qonuni.

    34) Polyarimetriya. YOrug‘likning modda bilan ta’siri. YOrug‘lik dispersiyasi. Dispersiya spektri. YOrug‘likning yutilishi. Buger–Lambert–Ber qonuni. Kolorimetriya. YOrug‘likni sochilishi Tindal hodisasi, molekulyar sochilish. Reley qonuni.

    35) Jismlarning issiqlikdan nurlanishi.

    Issiqlik nurlanishi va ularning xarakteristikalari. Absolyut qora jism. Kirxgof qonuni. Absolyut qora jism nurlanish qonuniyatlari Plank gipotezasi. Plank formulasi. Stefan – Bolsman qonuni. Vinning siljish qonuni. Nurlanishlarning qo‘llanlishi.

    36) Kvant mexanikasi elementlari.

    YOrug‘lik dualizmi. Harakatlanayotgan zarrachalar to‘lqin hususiyati. De - Broyl gipotezasi. Bor postulatlari. Elektron, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Elektron mikroskop. Ularning qo‘llanilishi.

    37) Fotoefekt. YOrug‘likni korpuskulyar hususiyatlari. Foton. Eynshteyn tenglamasi. Fotoefektning qizil chegarasi.

    38) Noaniqlik munosabatlari. Atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlar. Pauli prinsipi. Vodorod spektridagi asosiy qonuniyatlar. Majburiy (induksiyalangan) nurlanish haqida tushuncha

    39) Atomning tuzilishi (Atomni Tomson modeli. Rezerford tajribasi. Atomni yadroviy planetar modeli.).

    40) YAdro fizikasi tushunchalari. Atom yadrosi. Zaryad, massa va yadro radiusi. Radioaktivlik. Preparatlar aktivligi. Radioaktiv emirilishlar. (alfa, betta, gamma) YAdro reaksiyalari. Nishonli atomlar, belgilar. Ularni qo‘llanilishi.
    BAHOLASH MEZONLARI

    Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:

    joriy baholash (JB)

    oraliq baholash (OB)

    talabaning mustaqil ishi (TMI)

    yakuniy baholash (YAB)

    Har bir fan b’yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

    Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:






    Baholash turi

    Maksimal ball

    Saralash bali


    1

    Joriy baxolash

    45

    27

    2

    Talabaning mustaqil ishi

    5

    3

    3

    Oraliq baholash

    20

    11

    4

    YAkuniy baholash

    30

    17




    JAMI

    100

    58

    Talabaning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.


    Joriy baholash (JB)

    JBda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.

    JB har bir fanning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi.

    Talabalar fizika fanidan har kuni baholanib, o‘rtachasi to‘rtinchi darsga qo‘yiladi. Semestr davomida har bir talaba jami 9 marotaba baholanib, 10 ustunga mustaqil ish bahosi qo‘yiladi.



    Talaba bilimini baholash tartibi

    Talabaning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi: har bir JB da talaba maksimal 5 ball oladi. 9 ta JB fan bo‘limlaridan o‘tkaziladi va jami maksimal 45 ball xisobidan o‘zlashtirish baholari quyidagi jadvaldan aniqlanadi.



    O‘zlashtirish, %

    Ballar

    Baho

    86-100

    39-45

    “5” a’lo

    71-85

    32-39

    “4” yaxshi

    56-70

    25-32

    “3”qoniqarli

    56 dan kam

    25 dan kam

    “2” qoniqarsiz





    Ballar

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    1

    39- 45

    A’lo“5”

    Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha xulosa va qaror qabul qilishi, ijobiy fikrlay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mohiyatini tushunishi, bilishi, aytib berishi, tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

    2

    32-39

    YAxshi“4”

    Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha mustaqil mushohada yurita olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mohiyatini tushunishi, bilishi, aytib berishi; tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

    3

    25-32

    qoniqarli“3”

    Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha olgan bilimlarini mohiyatini tushunish, bilishi, aytib berishi, tasavvurga ega bo‘lishi lozim

    4

    25 dan kam

    qoniqarsiz “2”

    Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha olgan bilimlarini mohiyatini tushunmasa, aniq tasavvurga ega bo‘lmasa, bilmasa.

    Talabaning mustaqil ishi (TMI)

    Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2005 yil 21 fevral 34 - buyrug‘i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan.

    Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.

    Talabaning jami mustaqil ishining umumiy xajmi 74 soatni tashkil qiladi.

    O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. (Ilova 1)

    Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



    • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

    • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

    • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

    • yangi texnologiyalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

    • talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish:

    • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish masofaviy ta’lim.

    TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.

    O‘zlashtirish, %

    Ballar

    Baho

    86-100

    5

    “5” a’lo

    71-85

    4

    “4” yaxshi

    56-70

    3

    “3”qoniqarli

    55 dan kam

    3 dan kam

    “2” qoniqarsiz

    Oraliq baholash (OB)

    OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni echish qobiliyati aniqlanadi.

    OB ikki marta kalendar rejaga asosan o‘tkaziladi. OBga o‘quv mashg‘ulotlaridan qarzi bo‘lmagan talabalar qo‘yiladi.

    OB da talabaning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal 20 ball.



    O‘zlashtirish, %

    Ballar

    Baho

    86-100

    17-20

    “5” a’lo

    71-85

    14 – 17

    “4” yaxshi

    56-70

    11– 14

    “3”qoniqarli

    56 dan kam

    11 dan kam

    “2” qoniqarsiz

    OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish shaklida o‘tkaziladi. OB bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 11 dan kam ball to‘plagan talaba YABga qo‘yilmaydi.

    YAkuniy baholash (YAB)

    YAB da talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YAB fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi.

    JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YAB ga ishtirok etishga huquq beriladi.

    YAB o‘tkazish shakli – test, yozma ish shaklida, Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.

    JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (56 dan kam ball to‘plagan) yoki uzrli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:

    qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;

    OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsientsiz qayd etiladi;

    semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.



    akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. SHu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).

    Namuna:



    F.I.SH.

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12

    13

    14

    15

    16

    17

    18

    19

    20

    21

    1

    Abidova F

    +

    +

    +

    5

    +

    +

    +

    5

    +

    +

    +

    4

    +

    +

    +

    4

    +

    +

    +

    5

    +

    2

    Axmedo A

    +

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    +





































































    F.I.SH.

    22

    23

    24

    25

    26

    27

    28

    29

    30

    31

    32

    33

    34

    35

    36

    mi

    JN

    ON

    YN

    Jami

    1

    Abidova F

    +

    +

    4

    +

    +

    +

    4

    +

    +

    +

    5

    +

    +

    +

    5

    5

    46

    15

    25

    86

    58


    2

    Axmedo A

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    +

    +

    +

    3

    3

    30

    11

    17

    Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati

    Asosiy adabiyotlar

    1. David Halliday, Robert Resnick, Jear “Fundamentals of physics!”, USA, 2011.

    2. Douglas C. Giancoli “Physics Principles with applications”, USA, 2014.

    3. Remizov A.N. “Tibbiy va biologik fizika” T. Ibn Sino, 2005.

    4. Ulug‘murodov N.X. «Fizikadan praktikum», M., “Fan”, 2005.

    5. Bozorova S. Fizika, optika, atom va yadro. Toshkent Aloqachi 2007

    6. Gevorkyan A. Kurs fiziki.

    7. Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta’lim 2007.

    8. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o‘quv qo‘llanma) Fan va ta’lim 2005.

    9. Ulug‘murodov N.X. (2-nashr)


    Qo‘shimcha adabiyotlar.

    1. V.A. Timanyuk i dr. “Biofizika”. Visshaya shkola. Kiev, 2004.

    2. V.O.Samoylov “Meditsinskaya biofizika”Spetslit., Sankt-Peterburg, 2007

    3. G.A.Bordovskiy “Fizicheskie osnovi estestvoznaniya”, ROFA, 2004.

    4. Ahmadjanov O.I. Fizika kursi. 1,2,3-qism.-T.; O‘qituvchi, 1987., 1988., 1989

    5. Abdullaev G.A. Fizika. – T.; O‘qituvchi, 1989y. – 296 b.

    6. Tursunov S., Kamolov J. «Umumiy fizika kursi».-Toshkent,1996 y.

    7. N.Norboev, X.Arg‘inboev, X.Abdullaev «Fizikadan amaliy mashg‘ulotlar».-Toshkent, 1993y.

    8. Raxmatullaev M.N. «Umumiy fizika kursi».-1995 y.

    9. Essaulova I.A i dr. “Rukovodstvo k laboratornыm rabotam po meditsinskoy i biologicheskoy fizike”. M.,“Vыsshaya shkola” 1987.



    Internet saytlari.

    1. http://www.Ziyonet.uz

    2. Fizikon info@college.ru

    3. http: //www. Pharmi.uz





    Download 12.13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 12.13 Mb.