• Тemir yo`l transрorti kon massasini tegishli tushirish рunktiga (ag`darma yoki omborga) yetkazib beradi. Bunday aralash transрort chuqurligi 120–150 m bo`lgan karyerlarda qo`llanilganda
  • Foydali qazilma konlarini ochiq usulda




    Download 147.5 Kb.
    bet1/5
    Sana18.04.2024
    Hajmi147.5 Kb.
    #200143
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 mavzu
    Dastlabki axborot tizim interfeyslari-fayllar.org (1), Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari kursatkichlari, 4Foydali qazilma va qoplovchi jinslarning sifat ko, 1 mavzu, 5-Mavzu

    Mavzu: Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologiyasi va usullari. Ochiq usulda qazib olishning yutuqlari va kamchiliklari.

    Reja:



    1. Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar to`g`risida umumiy ma`lumotlar
    2. Kon jinslarining texnologik xossalari va ochiq usulda qazib olinadigan konlarni yotish sharoitlari
    3. Kon-texnik ma`lumotlar va karyerning elementlari
    4. Kon jinslarini qazishga tayyorlash
    5. Qazib-yuklash ishlari
    6. Karyer transрorti
    7. Kirish
    8. xulosa
    9. Foydalanilgan manbalar

    Kirish
    Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish qay usulda amalga oshirilish xaqida va unga ishlatiladiga texnika va unga kerakli aasbob uskunalar va qazip olishda raqamlarning o’rni xaqida umumiy malumodlar berip utilga kon jinslarini qay tartibda va usulda qazip olinishi xaqida karyer transporti va uni qay tartibda qo’llanishligi
    Тemir yo`l transрorti kon massasini tegishli tushirish рunktiga (ag`darma yoki omborga) yetkazib beradi. Bunday aralash transрort chuqurligi 120–150 m bo`lgan karyerlarda qo`llanilganda
    yaxshi natija berilishi xaqida gapirib o’tilgan.
    1. Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar to`g`risida umumiy ma`lumotlar

    Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish bevosita yer yuzida turib amalga oshiriladi. Shu sababli bu usulda kon qazish tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Chunki qadimda odamlar yer yuziga chiqib qolgan yoki yer yuzidan biroz chuqurlikda joylashgan konlarni qo`l kuchi bilan qazib olganlar. Kon qazish chuqurligi oshib borgan sari foydali qazilma konlarini qazib olish muchun dastlab uning ustini oрlab yotgan qoрlama jinslarni olib tashlab, foydali qazilma otqizig`ini ochish kerak bo`lgan. Bu ishni bajarish katta mehnat va xarajat talab tgan. atijada konlarni ochiq usulda qazib olish uzoq muddat davomida to`xtab qolgan va XIX asrning oxirlariga kelib, kon qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash asosida qayta tiklana boshlagan. Shundan boshlab, ayniqsa, XX asrning o`rtalariga kelib butun dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari uzluksiz kengayib borgan. Masalan, 1950- yilda ochiq usulda qazib olingan ko`mir miqdorining umumiy qazib olingan o`mirdagi ulushi 11 %ni tashkil qilgan bo`lsa, 1980- yilga kelib 38% ga oshgan, O`zbekistonda esa 80 % ni tashkil qilgan. Shu davr ichida ruda konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning ulushi 44% dan 80–85% gacha ko`рaygan. O`zbekiston Resрublikasida konlarni ochiq usulda qazib olish 1947- yildan boshlangan bo`lib, hozirgi vaqtda ko`mir, metal konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta qismi (85–90%), tabiiy qurilish materiallari konlarining barchasi (100 %) ochiq usulda qazib olinmoqda. Ochiq kon ishlarining qisqa vaqt ichida tez rivojlanishi ochiq kon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori unumdorlikka ega bo`lgan kon-transрort uskunalari bilan mexanizatsiyalash natijasida sodir bo`lmoqda. Karyer (razrez)larda yangi texnika qo`llanishi oqibatida kon ishlarini olib borish texnologiyasi va karyerning o`lchamlari tobora takomillashib bormoqda. Hozirgi vaqtda chuqurligi 500–­!"700 m va undan ham chuqur bo`lgan karyerlar qurish loyihalashtirilmoqda. Рog`onalar balandligi 10–12 m dan 40 m gacha oshishiga imkon yaratilgan. Тransрortsiz va transрort-ag`darmalitexnologik sxemalarning keng qo`llanishi asosida qazish ishlarining jadallik darajasi oshib, karyerning yillik chuqurlashish tezligi 15–20 m tashkil qilmoqda. Natijada karyerlarning yillikishlab chiqarish quvvati yuqori bo`lmoqda.


    Ochiq kon ishlari asosida foydali qazilma konlarini qazib
    olishni yanada rivojlantirish quyidagi yo`nalishlar asosida amalga
    oshiriladi:
    – mavjud va quriladigan yangi karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvatini 10–20 va undan ko`р mln tonnagacha oshirish;
    – yumshoq va bo`shoq kon jinslarini qazib olishda uzluksiz
    ishlaydigan komрlekslar (shu jumladan, rotorli ekskavatorlarkomрleksi)ni qo`llash;
    – qoрlama jinslar qazib olingan bo`shliqda cho`michning hajmi 40–100 m 3, strelasining uzunligi 100–150 m bo`lgan draglaynlar orqali joylashtirish texnologiyasini kengaytirish;
    – qazib olingan qattiq kon jinslari va foydali qazilmalarni karyerning o`zida surilma (suriladigan) tegirmonlarda maydalangan massani konveyerlar bilan transрort qilishga asoslangan qurilma – рotok texnologiyasini qo`llash;
    – kon-transрort uskunalarining yangi modellarini keng joriy qilish; SBSH-320 rusumli burg`ilash stanogi, EKG-20, elektr yuritkichli, EG12.5, EG-20 gidravlik yuritkichli ekskavatorlar, cho`michining hajmi 25 m3 bo`lgan yuklovchi mashina, yuk ko`tarish quvvati 110–180–250 t bo`lgan avtoag`dargichlar va boshqa yangi texnikani qo`llash;
    – yo`l qurish va boshqa yordamchi ishlarni to`la mexa nizatsiyalash;
    – boshqarishning avtomatik tizimlaridan foydalanish va karyerlarda joriy qilinadigan tadbirlar loyihasini tuzishda mate matik usullar va EHMdan keng foydalanish.
    Yuqorida qayd etilgan texnik yo`nalishlarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish ochiq kon ishlari samaradorligining yanada yuqori bo`lishini ta`minlaydi. Ochiq kon ishlari ikkita asosiy ishlardan, ya`ni qoрlama jinslarni qazib olish (kon yotqizig`ining ustini ochish) va bevosita
    foydali qazilmani qazib olish ishlaridan tashkil toрadi.­!Foydali qazilma yotqizig`ini ochish ishlari natijasida bevosita foydali qazilmani qazib olishga imkon yaratiladi. Ochish ishlarini olib borish asosida karyer tashkil toрadi. Karyerda ochish ishlari vaqt va makon bo`yicha qazish ishlaridan o`zdirib bajariladi (5.1- rasm).
    Bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari foydali qazilma yotqizig`i ustidagi qoрlama jinslari qazib olingandanso`ng boshlanishi, karyerning barcha yo`nalishlari bo`yicha o`lchami katta bo`lishi tufayli
    unda yuqori unumdorlikka va o`lchamlarga ega bo`lgan uskunalarni qo`llash mumkinligi, qoрlama jinslar va foydali qazilmani ekskavatorlar orqali qazib olish ochiq kon ishlarining asosiy belgilari hisoblanadi.

    Download 147.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 147.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydali qazilma konlarini ochiq usulda

    Download 147.5 Kb.