Хорижий филология. №2, 2017 йил
55
REPORTAJ JANRINING TIL XUSUSIYATLARI
(O„zbekistondagi tojik gazetalari misolida)
Rahimqulov G‘ayrat,
SamDU tojik tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi
Каlit so‘zlar: gazeta tili, tojik tilida chop etilayotgan gazetalar, reportaj atamasi, ommaviy
axborot vositalarining tili va uslubi.
O‗zbekistondagi
tojik matbuoti tilining
tadqiq etilishi, ya‘ni Mustaqillik yillarida tojik
gazetalari tilida yuz bergan o‗zgarishlarni
ilmiy baholash ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga ega bo‗lib, shu kunning dolzarb
muammolaridan
hisoblanadi.
Masalaning
dolzarbligi O‗zbekiston
Respublikasining
«Davlat tili haqida»gi qonuni talablari ijrosini
ta‘minlash nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Gazeta
materiallarining
jamiyat
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy
turmushini
yoritishni
qanchalik
qamrab
olganligi, janr tanlash imkoniyatlari va tildan
qanday foydalanilayotganligi uning internet
jurnalistikasi va radio-televideniye bilan
raqobatda o‗z o‗rnini
topishiga yordam
beradi. Gazetaning jamiyatdagi mavqeini
baholash, yutuq va kamchiliklarini ko‗rsatish,
tegishli ilmiy va amaliy tavsiyalar berish bilan
uning rolini oshrish bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biriga aylanmoqda. Demak,
gazeta tili, jumladan, O‗zbekistonning hozirgi
davrda tutgan yo‗li, Prezident farmonlari va
qarorlari, Hukumat siyosatini o‗ziga xos
tarzda boshqa millat vakillariga targ‗ib-
tashviq qilayotgan tojik matbuotining tili ham
atroflicha
ilmiy tadqiq qilinishi lozim, deb
hisoblaymiz.
O‗zbekiston ning birinchi Prezidenti
Islom Karimovning «O‗zbekiston buyuk
kelajak sari» kitobida bayon etilgan fikrlari
ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil
etish uchun katta
xizmat qildi va matbuotga
e‘tibor nihoyatda oshdi [9:557-558].
Hozirgi davrning shunday talablari va
I.Karimovning
dasturiy
ko‗rsatmalari
O‗zbekiston ommaviy axborot vositalari,
shuningdek, tojik tilida chop etilayotgan
gazetalar oldiga
ham muhim vazifalarni
qo‗ydi. Shu jihatdan Respublikamizda tojik
tilida chop etilayotgan gazetalarning tili va
uslubini o‗rganish muhimdir.
Tojik tilshunosligida gazetalar tili va
uslubi boshqa milliy tillar (rus, o‗zbek va
boshqa) kabi atroflicha ilmiy o‗rganilmagan
bo‗lsa ham, ba‘zi
ilmiy maqolalar chop
etilmoqda.
Jumladan,
I.Usmonovning
tadqiqotida 1917-1929 yillar nashr etilgan
tojik matbuoti tiliga doir tarixiy ma‘lumotlar
o‗z ifodasini topgan [15: 23].
T. Berdieva tojik tili gazetalari tilida
termin qo‗llash masalalari va o‗ziga xos
leksikasi to‗g‗risida fikr yuritgan [2:115].
R.To‗raxo‗jaevaning
nomzodlik
dissertatsiyasida
«Haqiqati
O‗zbekiston»
(hozirgi «Ovozi tojik») gazetasida tojikcha va
arab tiliga xos so‗zlarning ishlatilishi tahlil
etilgan [ 14:123].
M. Shakurining[20:180] «Har suxan
joevu har nukta maqome dorad»
nomli ilmiy
risolasida tojik gazetalari tili leksikasining
ayrim kamchiliklari to‗g‗risida fikr yuritilgan
[20:180].
Mustaqillik
davrida
Tojikiston
Respublikasidagi
tojikcha
gazetalarning
tilidagi jiddiy kamchiliklar to‗g‗risida ham
ayrim
tadqiqotlar
yaratilgan.
Prof.
B.Kamoliddinov [7:182] «Adabiyot va
san‘at», «Ma‘rifat», «Payomi Dushanbe»,
«Javononi Tojikiston», «Charxi gardun»,
«Jumhuriyat», «Junbish», «Sadoi mardum»
va boshqa gazetalarning tilini tahlil etib,
ulardagi lug‗aviy, fonetik,
uslubiy va
grammatik
kamchiliklarni
faktlar
bilan
asoslaydi [7:182].
«Zabon va istiqlol» nomli ilmiy
maqolalar to‗plamida Tojikiston Respublikasi
mustaqillik davri tojik matbuoti tilining ko‗p
muhim
masalalari
yoritilgan
[3:107].
Shuningdek, prof. M. Qosimova «Ba‘ze
qaydho dar borai zaboni axbori omma»
nomli