• II BOB Madaniy-texnik melioratsiya, eroziyaga qarshi kurash va melioratsiyaning boshqa turlari
  • I BOB. MELIORATSIYA JIHATIDAN OG’IR TUPROQLARNI MELIORATSIYA QILISH. 1.1 Zax qochirish melioratsiyasi. Zax qochirish melioratsiyasi vazifalari
  • I bob melioratsiya jihatidan og’ir tuproqlarni melioratsiya qilish




    Download 419,19 Kb.
    bet1/6
    Sana22.01.2024
    Hajmi419,19 Kb.
    #143375
      1   2   3   4   5   6

    Reja

    I BOB

    Melioratsiya jihatidan og’ir tuproqlarni melioratsiya qilish.




    1.1

    Zax qochirish melioratsiyasi. Zax qochirish melioratsiyasi vazifalari




    1.2

    Yer sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish hamda unga qarshi kurashishda meliorativ tadbirlar




    II BOB

    Madaniy-texnik melioratsiya, eroziyaga qarshi kurash va melioratsiyaning boshqa turlari




    2.1

    Madaniy texnik tadbirlar







    Suv eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari























    I BOB. MELIORATSIYA JIHATIDAN OG’IR TUPROQLARNI MELIORATSIYA QILISH.
    1.1 Zax qochirish melioratsiyasi. Zax qochirish melioratsiyasi vazifalari
    Zax qochirish melioratsiyasining vazifasi tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida, unda o‘simliklar uchun qulay suv tartibini va u bilan bog‘liq bo‘lgan havo, tuz hamda ozuqa tartiblarini vujudga keltirishdan iborat. Tuproqdagi ortiqcha
    namni qochirish faqat issiqlik va mikrobiologik tartiblarnigina yaxshilab qolmasdan, balki zaxi qochirilayotgan maydondagi yer ustki havo qatlamining namlik va harorat sharoitlarini ham o‘zgartiradi.
    Tuproqdagi suv, tuz va havo tartiblari miqdoriy xarakteristikalari shu maydonda ekiladigan ekin turiga qarab belgilanadi.
    Zax qochirish, ortiqcha nammiqqan yerdagi suvni ketkazish tuproq, tarkibidagi havo miqdorini oshiradi. Bu esa unda organik moddalarining chirishi va tuproq unumdorligining oshishiga imkon beradi.
    Zax qochirish tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini, mikroorganizm tarkibini ham o‘zgartiradi. Quritish melioratsiyasi antropogen faktor bo‘lib, yangi tuproq paydo bo‘lishiga olib keladi. Quritish melioratsiyasi o‘rmon o‘sishini, daraxt turlari tarkibini yaxshilash uchun zarurdir. Quritish torf olish ishlarining tarkibiy qismidir, u boshqa foydali qazilma boyliklarini (ko‘mir, temir ruddasi va boshqa) ochiq usulda qazib olishda ham qo‘llaniladi. Shuningdek quritish, zax qochirish ishlari ishlab chiqarish ob’ektlarini, aholi punktlarini, qishloq xo‘jalik, chorvachilik komplekslarini, yo‘l, aerodrom va boshqalarni qurishda ham zarurdir. Zax qochirish melioratsiyasi agrotexnik, madaniy texnik, tashkiliy, ekspluatatsion tadbirlar tizimi bilan birgalikda qo‘llanilganda yaxshi natija beradi.
    Zax qochirish melioratsiyasi tuproq hosil bo‘lish jarayonini o‘zgartiradi va melioratsiya qilinadigan yerlar mikroiqlimining sharoitlarini ham kerakli yo‘nalishda boshqaradi. Oshiqcha namlikni yo‘qotish organik moddalarning aerob bo‘linishini, tuproqning mineral holatini ham yaxshilaydi. U shu bilan birga tuproqning issiqlik, mikrobiologik tartiblarini, yer ustki haroratini o‘zgartiradi.
    Lekin suv bilan birga tuproqdan zarur ozuqa moddalari ham chiqib ketishi
    mumkin. Shuning uchun namlik me’yori rostlanishi kerak. Bunda agrotexnik tadbirlar ham birga qo‘llansa tuproqning agregat holati va suv fizik xossalari ham yaxshi bo‘ladi. Undan tashqari gidrogeologik rejim, grunt suvlarning (GS) sathi ham me’yorda bo‘lishi kerak. Agar GS lari sho‘rlanishi me’yordan oshiq bo‘lsa va u tuproqning faol qatlamiga yaqin joylashsa, yer sho‘rlanib ketishi mumkin.
    Tuproqning namligi va aeratsiyasi GS sathi yaqin joylashgan yerlarda uning chuqurligiga juda katta bog‘liq. GS chuqurligi oshgan tuproqning aeratsiya sig‘imi ham oshib boradi. Shuning uchun tuproqning suv, havo rejimi bilan GS chuqurligi orasidagi bog‘lanish yerlarni quritishda quritish normasi orqali ifodalaniladi.
    Quritish normasi deganda, berilgan ekin uchun quritiladigan maydonda GS chuqurligi tushuniladi. U ekinning o‘sishi fazalarida vaqt bo‘yicha o‘zgarib turadi.
    Quritish normasi bir tomondan tuproq aeratsiyasini va u bilan bog‘liq ozuqa, issiqlik tartiblarini ta’minlasa, ikkinchi tomondan ekin uchun tuproqda yetarli namlikni ham ta’minlashi kerak.
    ;
    bu yerda: х h – hisobiy qatlam chuqurligi; к h – kapillyar ko‘tarilish balandligi.
    Sho‘rlanmagan yerlarda ekin turiga qarab quritish normasi 0,60–1,5 m bo‘ladi. Sho‘rlangan yerlarda, ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish uchun GS sathini shunday minimal chuqurlikda ushlab turish kerakki, bunda vegetatsiya davrida aeratsiya zonasi bilan umumiy suv almashuv manfiy, ya’ni tuproq suvlari pastga yo‘nalgan bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Bunday chuqurlikni yana kritik chuqurlik deb ham yuritiladi.
    Har qanday o‘simlikning rivojlanishi uchun tuproqdan ma’lum namlik va havo tartibi bo‘lishi kerak. V.A.Kovda ma’lumoti bo‘yicha suvda eriydigan tuzlar kontsentratsiyasi 3–5 gr bo‘lishi kerak. Lekin tuproqdagi tuzlarning miqdori oshishi bilan ular o‘simlikga salbiy ta’sir qila boshlaydi. Sho‘rlangan tuproqlar deb, tarkibida ortiqcha suvda eriydigan tuzlarga ega bo‘lgan tuproqga aytiladi. Hozirgi vaqtda Eron, Pokiston, Turkiyada – 50 %, Hindiston, Suriya, Misr Arab Respublikasida 20…30 % yerlar sho‘rlangan.



    Download 419,19 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 419,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob melioratsiya jihatidan og’ir tuproqlarni melioratsiya qilish

    Download 419,19 Kb.