|
Yer sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish hamda unga qarshi kurashishda meliorativ tadbirlar
|
bet | 2/6 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 419,19 Kb. | | #143375 |
1.2 Yer sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish hamda unga qarshi kurashishda meliorativ tadbirlar.
Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, paxta va boshqa ekinlarning hosildorligini oshirish uchun yerning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishning kata ahamiyati bor.
Sizot suvlari yetarlicha chiqib keta olmaydigan sug‘oriladigan yerlarda meliorativ tadbirlar olib borilmasa, sizot suv balansi yomonlashadi, sathi tobora ko‘tarila boradi, tuproq sho‘rlanadi yoki botqoqlanadi. Shunga ko‘ra normal tuproqli yerning bir qismi sho‘rlanib qolishi mumkin. Sho‘rlanib qolgan ba’zi yerlar esa qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketadi.
Meliorativ tadbirlar amalga oshirilganda esa sizot suv rejimi yaxshilanadi, yer sho‘rsizlanadi, olinadigan hosil ko‘payadi.
Sug‘oriladigan yerlardagi meliorativ tadbirlarni ikki grupaga ajratish mumkin:
a) yer sho‘rlanishining va botqoqlanishining oldini olish tadbirlari;
b) sho‘rlangan va botqoqlangan yerlarni tubdan yaxshilash tadbirlari.
Sho‘rlanish va botqoqlanish hodisalarining oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
1) suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlarga
qo‘shilib, ularning sathini ko‘taradi);
2) tuproq namligining bug‘lanishini har taraflama kamaytirish;
3) yuza joylashgan sho‘r yoki chuchuk sizot suvlar sathini pasaytirish.
Suvdan to‘g‘ri foydalanilganida, kanallardan suvning filtratsiya bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaganida, suv oboroti to‘g‘ri joriy qilinganida, suvdan tejab–tergab foydalanilganida suv isrofgarchiligi juda kamayadi yoki butunlay bo‘lmaydi. Bu borada agromeliorativ tadbirlarning (sug‘oriladigan dalalarni tekislash, sug‘orish texnikasi va usullaridan foydalanish) ahamiyati juda kata.
Tuproq yumshoq vam ayda donador holatda bo‘lsa, unda namlik kamroq bug‘lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratilib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ihota o‘rmon polosalari o‘tqazish, almashlab ekish, ekin ekishning yuqori agrotexnikasidan foydalanish zarur.
Quyidagilar sizot suv sathini pasaytirishdagi eng qulay tadbirlardan hisoblanadi: daraxt o‘tqazish va dala ekinlarini ekish (bular sizot suv Bilan oziqlanadi), ekin sug‘orish rejim iva o‘lchamini to‘g‘ri tanlash, sug‘orish suvini tejash va boshqalar.
Yuqorida aytib o‘tilgan suv xo‘jalik va agromeliorativ tadbirlardan foydalanib, kuchsiz sho‘rlangan yerlarda sizot suv sathini tushirish yo‘li bilan yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Lekin kuchli sho‘rlangan sizot suvlari sathi yuza joylashgan, ularning oqib ketish sharoiti yomon bo‘lgan yerlarda yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlar kifoya qilmaydi. Bunday yerlarda sho‘rlanishga qarshi maxsus tadbirlar amalga oshiriladi.
Zovur qazish, shuningdek, tuproqni tuzlardan yuvish shunday tadbirlarga kiradi.
Zovur qazish va sho‘r yuvish ishlari boshqa agromeliorativ va suv xo‘jalik tadbirlari bilan birga olib borilsa tuproq holati tubdan yaxshilanadi, unumdorligi ortadi.
Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olishning katta ahamiyati bor.
Yerlari sho‘rlangan sug‘oriladigan rayonlarda tabiiy va xo‘jalik sharoitlariga qarab YEFK qiymati har xil: 0,3–0,4 dan 0,6–0,85 gacha va undan ham katta bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlar orasida sug‘orilmaydigan joylar bo‘ladi. Shu sug‘orilmaydigan yerlarga sug‘oriladigan yerlardagi sizot suvlari oqib boradi.
Shuningdek, sho‘r yuvish jarayonida ham sug‘oriladigan yerlarning sho‘rini ketkazish ancha oson bo‘ladi. Bu yerlar sho‘rlanishga uncha moyil bo‘lmaydi va uncha zovur qazishni ham talab qilmaydi.
Sug‘orilmaydigan yerlarning sug‘oriladigan yerlarga ta’siri (sizot suv oqimining sug‘orilmaydigan maydonga tomon intilish ta’siri) ga quruq zovur degan nom berilgan.
Quruq zovur maqsadida yerning bir qismidan foydalanmaslik sug‘orib dehqonchilik qilinadigan qishloq xo‘jalik uchun to‘g‘ri kelmaydi. Quruq qoldirilgan yer minerallashgan sizot suvlarning bug‘lanish havzasi bo‘lib qoladi va tez kunda sho‘r bosib yaroqsiz holga keladi. Uni qaytadan o‘zlashtirish, hosildor qilish uchun esa ko‘p mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi tomondan xo‘jalikning barcha yerlarini sug‘orib ekin ekiladigan qilish (ya’ni irrigatsiya–melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish) ancha vaqt va mablag‘ sarflashni talab qiladi. Shuning uchun sug‘orib dehqonchilik qilinadigan rayonlardagi noqulay yerlarning hammasida ham melioratsiya ishlari qilinayotgani yo‘q (ya’ni undan foydalanilayotgani yo‘q). yerdan foydalanish koeffitsiyentining qiymatini belgilashda ham xuddi shu narsa nazarda tutiladi.
|
| |