|
I bob melioratsiya jihatidan og’ir tuproqlarni melioratsiya qilish
|
bet | 5/6 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 419,19 Kb. | | #143375 |
Kimyoviy usullar bilan tozalash. Yaylov va pichanzorlarda o‘suvchi butalarga qarshi efirlar va tuzlar eritmalaridan foydalaniladi. Bu eritmalar arboritsidlar ham deb yuritiladi. Hozirgi paytda asosan butil efiri aminli va natriyli tuzlar (2.4-dixlorfenoksiuksu kislotasi 2.4 Di 2.4.5 traxlorfenoksid uksusi kislotasi 2.4.5-T) qo‘llaniladi.
Butil efiri jigarrang moysimon suyuqlik tarkibida 40-50 % ta’sir qiluvchi modda bo‘lib suv yoki dizel yoqilg‘isi bilan aralash holda ishlatiladi. Me’yori - 3-5 kg/ga preparat. 100 ml suvga aralashtiriladi.
Alemin tuzi suyuqlik bo‘lib tarkibida 40-50% ta’sir qiluvchi modda bo‘ladi.
Sarf me’yori - 3-6 kg/ga preparat 100 litr suvga aralashtiriladi.
Natriy tuzi kukun tarkibida 65-70 % ta’sir qiluvchi modda bo‘lib, suv bilan aralashgan holda ishlatiladi. Bu preparatning sarf me’yori 4-5 kg/ga bo‘lib 150-200
litr suvga eritilib sepiladi. Bu preparatlar o‘simlikning bargi va poyalari orqali so‘rilib butun organizmlarga tarqaladi va ularda sodir bo‘ladigan fotosintez transipratsiyasi va modda almashinish jarayonlarini buzadi. Natijada sekin asta qurib qoladi.
Butil efiri butalarga eng tez ta’sir qiluvchi preparat hisoblanadi. Qolgan preparatlar esa sekin ta’sir etadi.
Yuqorida keltirilgan preparatlarning qo‘llash muddati 1-marta bahorda, ya’ni o‘simiklarda to‘liq barg paydo bo‘lganda havo h.arorati + 200S dan past bo‘lgan davrda sepish kerak. Shamol va yog‘ingarchilik bo‘lib turgan davrlartsa preparatni sepish taqiqlanadi.
Preparatlarni ikkinchi marta sepish may oyining oxirida o‘tkaziladi. Butalar to‘liq qurib bo‘lgandan keyin ularni grabllar yordamida yig‘ishtirib olinadi.
Yaylov va pichanzorlarni toshlardan tozalash. Tog‘, tog‘ oldi, to‘qayyaylov va pichanzorlarda yer va qop ko‘chish sel oqimi natijada ko‘plab har-xil o‘lchamdagi toshlar to‘planib qoladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha bir gektar yaylovda 50 metr kub va 100 metr kubgacha tosh to‘planishi aniqlangan.
Yaylov va pichanzorlarni toshlardan qoplanganlik darajasi quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Kuchsiz - 5-20 m3/ga
O‘rtacha - 20-50 m3/ga
Kuchli - 50-100 m3/ga
Juda kuchli - 100 m3/ga
Toshlar katta kichikligi bo‘yicha qyyidagilarga bo‘linadi:
Kichik - diametri 0.3 m
O‘rtacha- diametri 0.3-0.6 m
Katta - diametri 0.6-1 metr
Erning hapcang toshlari diametri 1 metr
Toshlar yer yuzasida tuproq bilan yarim ko‘milgan va tuliq ko‘milgan holda bo‘ladi. Yaylov va pichanzorlarni toshlardan tozalash tadbirlari maxsus mashinalar yordamida har-xil usullar bilan amalga oshiriladi.
Toshlar bilan kuchsiz va o‘rtacha qoplangan hamda toshlarning o‘lchami 0,3 metrdan kichik bo‘lgan joylarda ularni qo‘l kuchi bilan ham terib olish mumkin. Tuproqda namlikni saqlash tadbirlari O‘zbekistonning barcha mintaqalaridagi tabiiy yaylov va pichanzorlardagi o‘simliklar atmosfera yog‘inlari hisobiga to‘plangan namlik zaxiralari evaziga o‘sib rivojlanadi va rivojlanadi. Atmosfera yog‘inlari mintaqalar bo‘yicha har-xil miqdorda bo‘lib eng kam miqdori sahro mintaqalarida (100-120 mm/yil) eng ko‘p miqdori esa tog‘, tog‘ oldi mintaqalariga (350-600 mm) tushadi. Har qanday sharoitda nam tuproq namlik zaxiralarini ko‘paytiradi. Namlikni uzoq muddatda saqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yer yuzasida ishlov beriladigan har kuni 30-60 m3/ga namlik bug‘lanishi aniqlangan. yer yuzida ishlov berilgan tuproq kollektsiyasi buzilib, nam uzoq aniqlanadi, bug‘lanish keskin kamayadi. Yaylov va pichanzorlarda tuproq namlikni kupaytirish va saqlash, baronalash, diskalash, yumshatish, tilmalash, kabi tadbirlar o‘tkaziladi.
|
| |