• 1-jadval. Yerlarni eroziyadan va sel oqimidan saqlash tadbirlar rejasi («Uzdaverloyixa» institutining ma’lumoti 2001) 2.2 Suv eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
  • Tabiiy yaylovlar va pichanzorlarni tubdan melioratsiya qilish tadbirlari




    Download 419,19 Kb.
    bet6/6
    Sana22.01.2024
    Hajmi419,19 Kb.
    #143375
    1   2   3   4   5   6
    Tabiiy yaylovlar va pichanzorlarni tubdan melioratsiya qilish tadbirlari. Tabiiy yaylov va pichanzorlarni suv, shamol eroziyalaridan, sel oqimidan, yerni ko‘chish, surilish, qum ko‘chishi, yaylovlarni sho‘rlanishi, botqoqlanishi kabi salbiy oqibatlardan himoya qilish, qishloq xo‘jalik ishla chiqarishni rivojlantirish, tabiyatni muxofaza qilish, biologik xilma xillikni saqlash, respublikamiz xududi bo‘yicha mo‘tadil ekologik muhitni vujudga keltirishda asosiy omil hisoblanadi. "Uzdaverloyiha" instituti va respublikadagi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha eroziyaga va sel oqimiga qarshi kurashish chora-tadbirlar loyixasini ishlab chiqdilar. Bu loyixada eroziyaga va sel oqimiga qarshi kurash choratadbirlar majmuasi, hajmi va bajarilish tartibi belgilangan (1-jadval).
    1-jadval. Yerlarni eroziyadan va sel oqimidan saqlash tadbirlar rejasi («Uzdaverloyixa» institutining ma’lumoti 2001)

    2.2 Suv eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
    Tog‘, tog‘ oldi va adir mintaqalarida har bir suv yig‘ish havzasi uchun aloxida suv eroziyasiga qarshi kurashish, yaylov va pichanzorlar, bog‘ va mevazorlar hamda boshqa dehqonchilik sifatida foydalanish tadbirlari alohida ishlab chiqildi.
    Eroziyaga uchragan suv yig‘ish havzalarini quyidagi 3 kichik xududlarga bo‘lish mumkin (2-rasm):
    1. Suv ayirgich oldi xududi.
    2. To‘siq, oldi xududi.
    3. Gidrografik xududi.
    Eroziyaga uchragan suv yig‘ish havzasida gidrografik xudud maydoni o‘rtacha 15% ni, tusiq oldi xududi 30-35% ni, suv ayirgich oldi xududi esa 50% maydonni ishg‘ol qiladi.
    Gidrografik xudud tarkibiga jarlik, to‘siq, va jar vodiysi va uning ichidagi jilg‘a kiradi (qiyaligi 0,15). To‘siq oldi xududiga ikki tomondan gidrografik
    xududga tutashgan bo‘lib, qiyaligi 0,05-0,15 ga va shu joylardan tuproq yuvilishi
    vujudga keladi.
    Suv ayrigich oldi xududining qiyaligi 0,05 bo‘lib, tuproqni yuvilish jarayoni
    sust bo‘ladi, lekin suv oqimi shu xududda vujudga keladi. Quyi xududlarda eroziya
    jarayonini kuchaytirishga sababchi bo‘ladi. Bu xududlar qishloq xo‘jaligining turli
    sohalarida foydalaniladi. Masalan, suv ayirgich oldi xududlarida lalmi dehqonchilik qilish va yaylov sifatida foydalanish mumkin. To‘siq oldi xududlarni yaylov va pichanzor sifatida, gidrografik xududlarda esa qalin o‘rmon ixota daraxtlari bo‘ladi va qisman pichanzorlar barpo qilish mumkin. Jilg‘arning quyi qismida ya’ni, cho‘kindilar to‘planadigan yerlarda tolning barcha turlari ekiladi.
    Yuqorida keltirilgan xududlarning har birida alohida suv eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari qo‘llaniladi.
    Tog‘, tog‘oldi va adir mintaqalarida sodir bo‘ladigan suv eroziyasi, sel oqimi, yer ko‘chish jarayonlarini oldini olish va qarshi kurashish choralari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    1.Agroo‘rmon melioratsiya tadbirlari.
    2. Gidrotexnik tadbirlar.
    3. Agromeliorativ tadbirlar.

    2-rasm. Suv yig‘ish havzasida eroziya xududlariningjoylashish tizimi.
    PZ – suv ayirgich oldi xududi, SZ – to‘siq oldi xududi, GZ – gidrografik xudud, Dr – o‘zani yuviladigan xudud, Br – qirg‘oqlari yuviladigan xudud, L – kichik jarliklar, A – to‘siq oldi xududning tepa qismi, B – shu xududning quyi qismi.
    Download 419,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 419,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy yaylovlar va pichanzorlarni tubdan melioratsiya qilish tadbirlari

    Download 419,19 Kb.