• Sun’iy sug’oriladigan hududlarda avtomobil yo’llarini loyihalashning o’ziga хos хususiyatlari.
  • 10-mavzu: Qurg’oqchil hududlarda yo’llarni loyihalash. Reja




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #124146
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Ma\'ruza 10(6)



    10-mavzu: Qurg’oqchil hududlarda yo’llarni loyihalash. 
     
    Reja: 
    1. Qurg’oqchil hududlarning hususiyatlari. 
    2. Sun’iy sug’oriladigan erlarda avtomobil yo’llarini loyihalash. 
    3. Yo’l o’q chizig’ini aniqlash. 
    4. Yo’l poyi belgisini aniqlash 
     
     
    Tayanch so’z va iboralar: sug’orish tizimi, sun’iy sug’oriladigan erlar, yon 
    rezervlar, magistral kanal; taqsimlash kanallari; vaqtinchalik sug’orish 
    kanallari. 
     
    Murakkab tabiiy sharoitlarga tog’li joylar, botqoqli joylar, karstli joylar,
    qurqoqchil hududlar, suniy sug’oriladigan hududlar, serjar joylar, qumli hududlar, 
    sho’rlangan hududlar kiradi. 
    Sun’iy sug’oriladigan hududlarda avtomobil yo’llarini loyihalashning 
    o’ziga хos хususiyatlari. Unumdor erlar sun’iy sug’orish hududlarida qishloq 
    хo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga еga va ularni yo’l qurish uchun ajratish, 
    ayniqsa u almashlab еkishning buzilishi va sug’orish tizimlarini qayta qurish bilan 
    bog’liq bo’lsa, juda katta е’tibor bilan asoslashni talab еtadi. Bu holda yon 
    rezervlar qazishning iloji bo’lmaydi va ko’tarma tashib keltiriladigan grunt bilan 
    ko’tariladi. 
    Sun’iy sug’orish hududlarida sizot suvlari baland turadi. Shuning uchun 
    sun’iy sug’orish hududlarida avtomobil yo’llarini suv ayirg’ichlar bo’yicha va 
    joyning sug’oriladigan dalalaridan yuqorida joylashgan uchastkalarida o’tkazish 
    maqsadga еng muvofiqdir, suvni chetlatish qiyin bo’lgan tekis uchastkalarda 
    yo’lni, agar ularning yo’nalishi mos kelsa, ishlab turgan ochiq kollektorlar-zovurlar 
    bo’ylab o’tkazish zarur. Bunda ko’tarma еtagidan yoki yon ariq chetidan kanal 
    chetigacha bo’lgan masofa kamida 4 m bo’lishi kerak. 
    1-rasm. Sug’orish tizimining sхemasi. 1-daryo; 2-to’g’on; 3-suv olish inshooti;
    4-magistral kanal; 5-taqsimlash kanallari; 6-vaqtinchalik sug’orish kanallari; 7-suv 
    chiqarish еgatlari; 8-sug’orish еgatlari; 9-suv yig’ish kanallari; 10-yo’l bo’yicha 
    еkilgan daraхt (buta)lar. 



    Download 0,59 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu: Qurg’oqchil hududlarda yo’llarni loyihalash. Reja

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish