Sho’rxok yerlarda yo’llarni loyihalash.
Reja:
1. Sho’rxok gruntlarni tasnivlang.
2. Sho’rxok gruntlarda yo’ poyi qanday aniqlanadi.
3. Sho’rxok gruntda ko’ndalang kesimni loyhalashni o’ziga hosligi.
Tayanch so’z va iboralar: sho`rxok, sho`r, sho`rlanganlik, grunt, ishchi
qatlam.
Sho’rlangan gruntlarga yuqorigi bir metrlik qalinligida
tarkibida massasi
bo’yicha 0,3% dan ortiq oson eriydigan tuzlar natriy, kaltsiy va magniyning xlorli,
sulfatli va karbonatli tuzlari bo’lgan gruntlar kiradi.
Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq oson
eriydigan tuzlar bo’lgan tuproqlar
sho’rxoklar deb ataladi.
Tashqi belgilari bo’yicha sho’rxoklar quyidagilarga bo’linadi:
nam va po’stloqli-sho’rlangan sizot suvlari baland turgan uchastkalaridagi
sho’rxoklar, yilning quruq vaqtlarida bularning sirtiga tuz po’stlog’i chiqib qoladi;
yumshoq sho’roxoklar; taqirsimon sho’rxoklar.
Sho’r gruntlar tarqalgan hududlarda yo’l poyi SHNQ 2.05.02-07 ga asosan
sho’rlanish darajasini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
Sho’rlanmagan tuproqlar me’yorlariga rioya qilinganida ko’tarma
va shu
jumladan ishchi qatlam uchun kam va o’rtacha sho’rlangan tuproqlardan
foydanishga ruxsat etiladi.
Ishchi qatlamni o’ta namlanishdan saqlovchi majburiy tadbirlar ko’rilganida
kuchli va o’rta sho’rlangan tuproqlar namlanishi bo’yicha II-turga mansub
mintaqalarda ko’tarma, shu jumladan ishchi qatlami
materiali sifatida foy-
alanishga yaroqlidir.
Sho’rxoklarda quyidagi tuzlar uchraydi:
4
4
2
3
,
,
,
,
CaSO
MgSO
MgCl
NaNO
NaCl
, ularning miqdori yuqorigi qatlamlarda 15.
. .25% ga etadi.
Gruntda mavjud bo’lgan tuzlar yo’l qoplamasiga agressiv ta’sir etishi
mumkin. Magniy va natriy sulfatlar miqdori hatto 1% bo’lganida ham qoplamani
ikki-uch mavsumda emiradi. Kam agressiv tuzlar
2
,
CaCl
NaCl
5%
dan ortiq
bo’lganida ham qoplamani emirmaydi.
Yo’l poyi gruntlaridagi turli tarkibli tuzlarning yo’l qo’yiladigan miqdori bir
xil emas. Xlorli tuzlar
2
,
CaCl
NaCl
va kam miqdordagi (3% gacha)
2
MgCl
gruntning turg’unligini oshiradi va su’niy zichlanishiga yordam beradi;
ularning
miqdori 8...10% dan oshgandagina yo’l poyi noturg’un bo’lib qoladi. 2...5%
eriydigan sulfatli tuzlar
4
4
2
,
MgSO
SO
Na
ning bo’lishi gruntning zichlanishiga
salbiy ta’sir etadi, chunki yilning quruq davrida kristallanishida
ularning hajmi
ortib, yo’l poyining zichligini kamaytiradi. Sho`rlangan gruntlar yaroqliligi
quyidagi jadvalda keltirilgan:
1-jadval
Gruntning
sho’rlanish
darajasi
Gruntning foydalaniladigan
qatlamida tuzlarning o’rtacha
miqdori, shыrlangandagi
massasi bo’yicha % hisobida
Yo’l qurilishida quyidagilarni
ko’tarishda ishlatilishi mumkinligi
хloridli va
sulfat-
хloridli
sulfatli, хlorid-
sulfatli va
sodali
Yo’l poyi
Bog’lovchilar
bilan
mustahkamlangan
gruntdan asoslar
Kuchsiz
sho’rlangan
0,3.. .1
(0,5…2)
0,3...0,5
(0,5-1)
Yaroqli
O’rtacha
sho’rlangan
1. . .5
(2-5)
0,5...2
(1-3)
Yaroqli
Yaroqli, biroq
cheklangan
Kuchli
shыrlangan
5. . .8
(5. . .10)
2...5
(3. . .8)
Yaroqli, biroq
cheklangan
Yaroqsiz
Ortiqcha
sho’rlangan
>8
(>10)
>5
(>8)
Maхsus tadbirlar
bilan ularning
salbiy хossalari
neytrallashtiril-
ganidagina yaroqli
Yaroqsiz
Sho’rlangan gruntlar uchun ko’ndalang profillar keltirilgan. I…III
toifali
yo’llarda yon rezervlardan 2 m balandikkacha ko’tariladigan ko’tarmalar
yonbag’irlarining tikligi 1:2 qilib belgilanadi. Balandlik katta bo’lganida 1:1,5 li
yonbag’irlar, o’rtacha va kuchli sho’rlangan gruntlarda 1:2 li yonbag’irlar qabul
qilinadi.
1-rasm. Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari:
a-bir tomonida rezerv joylashgan ko’tarma; b-rezervli va bo’ylama novli ko’tarma;
v-bermali va chuqur-rezervli ko’tarma; 1-ajratilgan joy polosasi; 2-rezerv; 3-yo’l
poyining yon tomonini mustahkamlash