Nazorat uchun savollar:
1. Qanday gruntlar sho`rlangan hisoblanadi?
2. Sho`rlangan gruntlarni yo`l poyida ishlatiladimi?
3. Sho’rlangan gruntlar uchun ko’ndalang profillar o`ziga xosligi qanday?
Qum sahrolarida yo`llarni loyihalashning o`ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. Qumli yerlarda yo’llarni o’tkazish.
2. Qumli yerlarda yo’l poyini loyihalash.
3. Qumlarni mustahkamlash.
Tayanch so’zlar: qum sahrolari, barxan zanjirlari, shamollarning dinamik
gullarini, qum jo’yaklari, qum do’ngliklari.
Qum sahrolarining relefi noturg’un. Er sirtida shamolning tezligi qancha
katta bo’lsa, u yirik zarralarni shu qadar ko’proq uchiradi.
1-jadval
Qumlar
Shamol tezligi, m/s
Uchiriladigan zarralar
diametri, mm
Mayin
0,25
0,07
Mayda
2,0
0,15
O’rtacha
5,0
0,35
Yirik
7,5
0,75
Dag’al
11,5
1,5
Qum sahrolarining shamol ta’sirida hosil bo’lgan qo’yidagi o’ziga xos
shakllari farq qilinadi: barxanlar, barxan zanjirlari, qum jo’yaklari, qum
do’ngliklari. Relefning hosil bo’lgan har qaysi shakli qumlarning hukmron (asosiy)
shamollar kuchi va yo’nalishi bilan ko’chish sharoitlariga bog’liq.
Hukmron shamollar yil davomida o’zining asosiy yo’nalishini ikki marta
o’zgartiradigan (masalan, qishda bir tomonga, yozda esa qarama-qarshi tomonga
esadi) hududlarda ko’chma qum massivlarida barxan zanjirlari hosil bo’ladi, bular
shamol yo’nalishiga tik joylashadi. Ularning tepa qismidagi kengligi 10...12 m va
undan ortiq hamda uzunligi 2 km gacha bo’ladi. Katta barxan zanjirlarining
balandligi 10...15 m ga etishi mumkin. Barxan zanjirlarining balandligiga qarab,
ularning o’rkachlari orasidagi masofa 10…15 dan 150 m gacha bo’ladi.
1
Katta
murakkab barxan tizmalari (dovonlari) ning uzunligi 0,5 dan bir necha
kilometrgacha va balandligi 100 m gacha etib, 1,5...3,5 km oralatib joylashgan
bo’ladi.
Harakatchan qumlar zonasida yo’llarni loyihalashda qumli relef shaklining
noturg’unligi asosiy qiyinchiliklarni tug’diradi.
Ko’chiriladigan qum miqdori shamolning energiyasiga bog’liq bo’lib, bu
energiya shamol tezligining kvadratiga mutanosibdir. Shuning uchun qumlarning
ko’chirilish sharoitlarini baholashda «energiya gullarini» yoki «shamollarning
dinamik gullarini» tahlil qilish katta foyda berishi mumkin. Ularni yasash uchun
har qaysi rumb bo’yicha shamollar tezliklari kvadratlarining ularning qum
ko’chirilishi sodir bo’ladigan davrlardagi takrorlanuvchanlik chastotasiga
ko’paytmalarining yig’indisi olib qo’yiladi. qum nam bilan bog’langan yoki qor
bilan qoplangan vaqt hisobga olinmaydi. Shamollarning dinamik gullari yo’lni
qum bosuvchanligini baholashda va yo’lni qum bosishdan himoya qilish
tadbirlarini tanlashda ayniqsa samaralidir. qum kam bosishi nuqtai nazaridan qum
relefi elementlariga perpendikulyar yo’nalgan yo’l qismi eng qulaydir.
Yo’lning yo’l poyi ishchi belgisi 0,5...0,6 m va yon bag’ri esa 1:4...1:5 qiyalama
nishabli uncha baland bo’lmagan ko’tarmali qilib loyihalanadi.
1-rasm. Shamollar yo’nalishi: a-odatdagi; b-dinamik
Baland ko’tarmalarni normal ko’ndalangprofilliqilib, qiyaliklarini 1:1,5
tiklikda ko’tarish mumkin. Balandigi 2 m gacha bo’lgan ko’tarmalar I toifali
yo’llarda 1:3 tiklikdagi qiyalik bilan ko’tariladi.
2-rasm. Sirtini o’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlar tarqalgan
hududlarda ko’tarmalarning ko’ndalang profillari: a-ko’tarmalarda; b-nul
belgilarda; 1-ajratilgan er chegarasi; 2-10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan
himoya qatlami; 3-rezerv (o’lchamlari ko’tarmaning balandligiga qarab); 4-ko’pi
bilan 0,2 m chuqurlikda tekislash.
O’ymalarning qiyaliklarini 1:2 qilib, ularga balandligi 0,3...0,4 m, qiyaligi
1:4 bo’lgan ko’tarmaga moslab ishlov berish bilan kifoyalanadi. O’ymalardagi yo’l
poyi kengligi kamida 4...6 m bo’lgan bermalar bilan kengaytiriladi
O’ymalar uchun ko’ndalang kesimlar quyidagi rasmda keltirilgan.
SHNQ 2.05.02-07 ga asosan Ko’chma barxan qumli hududlarda yo’l poyi
tuzilmasini eng kam qum bosmaslik sharoitini ta’minlovchi joy relefini hisobga
olib,
aksariyat hollarda ko’tarma ko’rinishida loyihalash lozim. Bunda joyning relefi,
shamolning tezligi va yo’nalishi, yuzani o’smliklar bilan mustahkamlanganligi,
qum zarralari tarkibi va boshqa omillarga bog’liq qumlarning ko’chish darajasini
hisobga olib kamida 50-150 m kenglikdagi tasmada yo’l poyini sovrulmaslik va
qum bosishidan saqlovchi tadbirlar ko’zda tutilishi lozim.
3-rasm. O’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlarda o’ymalarning
ko’ndalang profillari: a-2 m gacha chuqurlikda kovlangan o’yma; b-ko’tarma
ostida kovlangan o’yma; v-chuqurligi 2 m dan ortiq o’yma; 1-ajratilgan er
polosasi; 2-qalinligi 10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan
qilingan himoya qatlami.
Kichik ko’chma shakldagi qumli tekis va yassi to’lqinsimon relefda yo’l
poyini chuqurligi 0,2 m gacha bo’lgan zahiralardan balandligi 0,5-0,6 m ko’tarma
ko’rinishida loyihalash zapup.
Balandligi 2 m gacha bo’lgan ko’tarmalar yonbag’rini 1:3-1:4 qiyalikda
loyihalash lozim. I-II toifali, shuningdek o’ta yuqori faollikdagi shamol sharoitida
boshqa toifadagi yo’llar uchunyotiqroq yoki o’zgaruvchan qiyalikli yonbag’irlar
belgilanadi. Balandligi 2 m dan ortiq ko’tarmalar yonbag’irlari odatda 1:2
qiyalikda loyihalanadi.
Yonbosh zahiralar shamolning faolligi, uning yo’nalishi va qum yuzasini
o’simlik bilan mustahkamlanganlik darajasini hisobga olib quriladi. Shamol o’ta
faol bo’lgan sharoitda va yuzasida o’simlik o’smagan qumlarda zahiralar yo’l
poyining har ikki tomonida quriladi. Shamol faol bo’lgan sharoitda va yuzada kam
o’simlik o’sgan qumlarda zahiralar bir tomonlama shamolga teskari tomondan
quriladi; mavjud o’simlik qatlamini ko’proq saqlab qolish maqsadida zahira
kengligi uni chuqurlashtirish hisobiga iloji boricha chegaralanadi.
Nazorat savollari:
1. Qumli yerlarda avtomobil yo’llari loyihalashga bo’lgan talablar?
2. Qumli yerlarda yo’l poyi qanday loyhalanadi?
3. Qumlarni mustahkamlash deganda nimani tushunasiz?
|