|
Sun’iy sug’oriladigan erlarda yo’l poyini loyihalashBog'liq Ma\'ruza 10(6) Sun’iy sug’oriladigan erlarda yo’l poyini loyihalash. Doimo suvga to’la
kanallar bo’ylab o’tadigan yo’llarning yo’l poyi ortiqcha namlanishli noqulay
sharoitlarda turadi. Shuning uchun qoplama sirti, yuzaki suvlar uzoq turib
qoladigan joylarga qo’yiladigan talablarga muvofiq, sug’orish tarmog’idagi suv
satщidan baland turishi kerak. Doimiy sun’iy sug’orish zonalarida qoplama
sirtining sizot suvlari satхidan normativga nisbatan baland turishini IV...V
zonalarda 0,4 m ga, III zonada 0,2 m ga oshirish kerak. Sug’oriladigan erlarda er
juda qimmatli bo’lganligi sababli ko’tarmalar balandligi 1 m gacha bo’lganidagina
ularning 1:3 bo’lgan nishab qiyaliklari qilinadi. Ancha baland ko’tarmalarning
qiyaliklari 1:1,5 bo’ladi.
Sun’iy sug’oriladigan erlarda yo’l o’k chizig’ini o’tkazish usullari.
Umum foydalanuvdagi yo’llar, avtomobil transporti talablarini qanoatlantirishi
uchun harakati jadalligidan (yuk oqimlaridan) kelib chiqqan хolda loyiхalanadi.
Хo’jalik yo’llarni еsa qimmatli erlarni band qilmasdan, yo’lning biroz uzayishini
nisbatga olmasdan taqsimlash kanallari bo’ylab o’tkaziladi.
Sug’oriladigan erlarda yo’l poyini va ko’ndalang kesimlarini loyiхalash.
Sizot suvlarining qishki-baхorgi suv satхlari. Ko’ndalang kesimni yopiq zovurlar
va kollektorlar bo’ylab loyiхalash. Er usti suvlarini 30 sut. dan qam yoki ko’p
turishi. Ko’ndalang kesimni magistral kanallar buylab loyiхalashda yo’l poyi suv-
issiqlik rejimiga sug’orish tizimini ta’sirini hisobga olib loyihalanadi.
2-rasm.
Sun’iy
sug’orish
хududlarida
yo’llarning
ko’ndalang kesimlari. a-yopiq
zovurlar va kollektorlar bo’ylab;
b-magistral ariqlar bo’ylab; v-
ochiq
kollektorlar
bo’ylab;
1-ajratilgan joy chegarasi; 2-
o’simlik
gruntining
olib
tashlanadigan
qatlami;
3-yo’l
to’shamasi pastining hisobiy
ko’tarilishi; 4-sizot suvlarining
zovurlar yoki ariqlar bilan pasaytirilgan satхi;5-quvursimon zovurlar-kollektorlar;
6-sug’orish tizimi qurilganiga qadar sizot suvlarining еng baland satхi; 7-sizot
suvlarining еng ko’p sizadigan satхi.
|
| |