|
I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir mavzusini tanlashda «nazariyasi»
|
bet | 1/24 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 215,51 Kb. | | #264328 |
Bog'liq I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish Maqo-fayllar.org
I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish Maqola
I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.
mavzusini tanlashda «nazariyasi», «pedagogik asoslari» so’zlarini iloji boricha kamroq ishlatish yoki ularni qo’llashdan uzoqroq bo’lgan ma`qul.Chunki bu kabi so’zlar ma`nolarini har kim har xil tushunadi yoki tushuntiradi.
Masalan, asoslari tushunchasi:
Birinchidan. Qonuniyatlar, printsip, kategoriyalari, pedagogikaning metodologiyalarita tegishli, degan fikrni bildiradi. YOki pedagogika fanining tashkil etuvchi komponentlariga, uni pedagogik bilimlarini anglatadi degan ma`no ham beradi.
Ikkinchidan. Pedagogika-pedagogik faoliyatini tizimlashtiradigan, umumlashtirilgan nazariy fikrlarni yig’indisi deb yuritadi.«Asoslari» ilmni boshlang’ich bosqichi yoki uning poydevori deb ham qaraladi. Ya`ni u pedagogika fanidagi tushuncha qonunlari, metodologiyalari degan fikrni ham berishi mumkin.
Asoslari goh pedagogik kontseptsiya majmuasi fanidagi g’oyalar deb ham qaraladi.
Ko’pchilik, metodologiya ilmiy ishning mavzusini shakllanishi deb ta`kidlaydi. Har holda mavzuni shakllantirish ilmiy ish mazmuni mohiyatidan kelib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.Mavzuni mutaxassislar maslahati asosida shakllantirilsa yana ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mavzuni tanlashda quyidagilarga e`tibor berilishi kerak:
- Mavzuni tanlashda biriktirib qo’yilgan ilmiy rahbar bilan kengashish va bir to’xtamga kelish.
- Kafedradagi himoya mavzulari bilan tanishish, himoyalangan dissertatsiya katalogini o’rganish, tahlil qilish.
- Himoya qilingan dissertatsiyalardagi so’nggi yangiliklar, siz mo’ljallayotgan mavzuga yaqin ishlar bilantanishish.
- Zamon talablari asosidagi yangi yo’nalish, muammolar, mavzular yangicha qarashlarni o’rganish.
- O’z ilmiy mutaxassisligi bo’yicha adabiyotlar bilan tanishib chiqish, maxsus ilmiy to’plam, mavsumiy davriy nashrlar, internet saytlar bilan tanishib chiqish.
- Amaliyotchi mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazish va maslahatlarini olish.
- Dolzarbligi
- Aniqliyligi
- yangiligi, jamiyat va hayot bilan bog’liqligi, ayrim mavjud qarama-qarshiliklar yechimiga qaratilishi.
- qisqa, aniq muammoni olib, uni atroflicha gorizontal, vertikal, tizimli yechimini izlash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir mavzusini tanlashda «nazariyasi»
|