|
Fakt - real, aniq, ma`lum bo’lgan, ishonchli, hech qanday isbot talab qilmaydigan, manbali.
Axborot
|
bet | 5/24 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 215,51 Kb. | | #264328 |
Bog'liq I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish Maqo-fayllar.orgFakt - real, aniq, ma`lum bo’lgan, ishonchli, hech qanday isbot talab qilmaydigan, manbali.
Axborot - aniq, to’laqonli, atroflicha, to’plangan, asoslangan, qimmatli, zaruriy, tezkorlik bilan olingan, etarlicha, yangi, mavsumiy, kundalik.
Mavzu dolzarbligi - davrga nisbatan yoki shu kungacha zarur yoki muhimligi. Mavzuni shu kun ta`limi sifatini ko’tarish yoki o’quv jarayonini takomillashishi uchun muhimligi.
Ilmiy ish farazi - ilmiy taxmin etilgan, u yoki bu hodisani ilgari surayotgan.
Deduktsiya - umumiy aqliy xulosalardan xususiylikka, bir qancha xususiy voqealardan umumlashtirib ularni o’zaro ta`siri asosida xulosa chiqarish.
G’oya - turli qarashlar asosida ahvolni aniqlash. G’oya shu bilan farqlanadiki, unda nafaqat o’rganish ob`ektigina tushunilmay balki qarashdagi maqsadlar, uning istiqbollari, amaliyotda tatbiqiy o’zgarishlar ham ko’zda tutiladi.
Induktsiya - ilmiy izlanish mulohaza yuritishning uslub va metodlari. Ammo umumiy xulosalar chiqarishda shaxsiy yakka qarashlar asosida xulosalar chiqariladi.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni bo’lib, qiziqishning bir turidir. U o’zining ob`ektivligi, qayta ishlanish, isbotlanishi va aniqligi bilan ajralib turadi.
Tadqiqot topshirigi - ilmiy tadqiqot olib borishning tashkil etish kontsepsiyasi. Uning ijro etish muddati aniq ko’rsatiladi. U mavzuning olib borilishi bilan belgilanadi.
Kontsepsiya - biror narsaga tizimli yondashuv, asosiy fikr ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalariga qaratilib, uni olib borish yo’llari ko’rsatiladi.
Tadqiqot metodi - olingan, erishilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni olish yoki xosil qilish.
Tadqiqotning metodikasi - aniq uslublar tizimi, yoki biror tadqiqotni olib borish, uslub amalga oshirish yo’l-yo’riqlari.
|
| |