• Sanoat robotining ijro qurilmasi
  • Ii- мавзу robototexnik tizimlar va komplekslar




    Download 0,81 Mb.
    bet1/3
    Sana29.01.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #147852
      1   2   3
    Bog'liq
    3- МАВЗУ
    320, 1.«Elastiklik» termini 1885 yilda ilk bor kim tomonidan talab va, Google Docsda hujjatlarni birgalikda tahrirlash, Google Formsda onlayn savolnomalar hamda testlar yaratish, Konvertatsiya fayllarni bir formatdan boshqa formatga o’tkazish, 2-Mustaqil ta'lim, 23-may 3-topshiriq, Reja Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, 4 вариант, TDA, Документ Microsoft Word, Ahror1, Kompyuter grafikasi # rgb rang modeli qaerda ishlatiladi, malumotlar tuzilmasi, Doc150

    II- МАВЗУ ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR VA KOMPLEKSLAR.

    • RTK larga qo‘yiladigan umumiy talablar
    • Robototexnik tizim deb shunday texnikaviy tizimga aytiladiki, unda energiya, massa va axborotlar bilan bog‘liq o‘zgartirishlar va aloqalar sanoat robotlaridan foydalanilgan holda aks etadi.
    • Sanoat robotlari (SR) tomonida bajara oladigan funksiyalar va operatsiyalarga ko‘ra robotlashtirilgan texnologik komplekslar va robotlashtirilgan ishlab chiqarish komplekslari farqlanadi.
    • Bitta sanoat roboti o‘zaro harakatda bo‘ladigan bir yoki bir nechta texnologik jihozlardan hamda majmua ichidagi ishning to‘la avtomatik siklini va boshqa ishlab chiqarishlarning kirish va chiqish oqimlari bilan aloqalarni ta’minlovchi yordamchi jihozlar yig‘indisidan iborat ishlab chiqarish vositalarining avtonom harakat qiluvchi to‘plamiga robotlashtirilgan texnologik komplekslar deyiladi. Yig‘ish, payvandlash, bo‘yash kabi jarayonlarga oid asosiy operatsiyalarni bajaruvchi bitta sanoat robotidan hamda kompleks ichidagi texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan siklini to‘la ta’minlovchi yordamchi jihozlar yig‘indisidan iborat avtonom harakat qiluvchi ishlab chiqarishning texnologik vositalari to‘plamiga robotlashtirilgan ishlab chiqarish kompleksi deyiladi.
    • Sanoat robotining ijro qurilmasi – robotning harakat funksiyalarini bajaruvchi qurilma. Uning tarkibiga manipulyator (M) va boshqarish qurilmasi (BQ) kiradi.
    • Sanoat robotlari manipulyatorining ishchi a’zosi (organi) – robotning tashqi muhit bilan bevosita o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi qurilma. Odatda qisqichlash qurilmasi yoki ishchi asbob (asbob)ni bildiradi.
    • SRning boshqarish qurilmasi berilgan programmaga ko‘ra ijro qurilmasiga boshqaruvchi ta’sirlarni shakllantirish va chiqarib berish uchun mo‘ljallangan.
    • SRning o‘lchov qurilmasi boshqarish qurilmasi uchun robot va tashqi muhit holatlariga oid informatsiya yig‘ishni amalga oshiradi.
    • Xizmat ko‘rsatuvchi SR– yordamchi o‘tish va transport operatsiyalarini bajaruvchi robotdir. Masalan, yuklovchi, yuk tushiruvchi va transport robotlari.
    • Operatsion sanoat roboti (SR)– texnologik operatsiyalar va ularning elementlarini, masalan, payvandlash, yig‘ish, bo‘yash va shunga o‘xshash operatsiyalarni bajaruvchi robotdir.
    • Ishlab chiqarishni robotlashtirish – robotlardan keng qo‘lamda foydalanuvchi yangi texnologiyalar, yangi jihozlarni yaratish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish prinsiplarini ishlab chiqish.
      1   2   3




    Download 0,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii- мавзу robototexnik tizimlar va komplekslar

    Download 0,81 Mb.