|
Robototexnik tizimlar va komplekslarga quyidagi talablar qo‘yiladi
|
bet | 2/3 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #147852 |
Bog'liq 3- МАВЗУRobototexnik tizimlar va komplekslarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. RTKlarni joylashtirishni rejalashtirish asosiy va yordamchi uskuna va jihozlarga hamda RTK boshqarish organlariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning bemalol, qulay va xavfsiz yaqinlashishini ta’minlashi kerak. 2. Joylashtirishni rejalashtirish SRning dastur bo‘yicha ishlash jarayonida SRbilan operator harakat yo‘llarining kesishib o‘tish hollarini chiqarib tashlashi, ularga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 3. RTKlar odamning sanoat roboti harakat doirasiga kirib qolishi ehtimolidan qutqaruvchi himoya vositalari, yorug‘lik vositalari holida to‘siqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 4. RTKlarni himoyalash vositalarining o‘rnatilishi: 1) asosiy uskunajihozlar hamda SRning texnologik imkoniyatlarini chegaralamasligi, 2) ularga xizmat ko‘rsatish qulayligini yomonlashtirmasligi kerak. 5. RTKlarning boshqarish vositalarini o‘rnatish SRlarining falokatli hollarda o‘chirish organlariga bemalol va tezkorlik bilan yaqinlashish imkoniyatini hamda sozlash rejimida SRni boshqarishda operator xavfsizligini ta’minlashi zarur. 6. RTKlarni joylashtirishni rejalashtirish SRning dastur bo‘yicha ishlash jarayonida operatorning SRish doirasidan tashqarida bemalol harakat qilishini ta’minlashi zarur . - RTKlarning asosiy turlari
- a) Robotlashtirilgan texnologik uya (RTU). RTU RTKning eng soddalashgan turi hisoblanadi. Unda asosiy texnologik operatsiyalarning minimumi bajariladi. RTK tarkibidagi SR va texnologik jihoz birliklari soni unchalik katta emas. RTUda texnologik jihoz butunlay bo‘lmasligi mumkin, bunday holda asosiy operatsiyalarni SRning o‘zi bevosita bajaradi.
- b) Robotlashtirilgan texnologik bo‘linma (RTB). Ular texnologik jihozlar bilan konstruktiv va tartiblangan tashkiliy jihatdan shu bo‘linma doirasida birlashtirilgan bir necha asosiy texnologik operatsiyalarni bajarishlari bilan xarakterlanadi. Bu operatsiyalar bir turdagi operatsiyalar yoki har xil turdagi operatsiyalar bo‘lishi mumkin.
- v) Agar ular faqat texnologik jihatdan bog‘langan bo‘lsa, bunday komplekslar robotlashtirilgan texnologik liniya deb ataladi.
|
| |