• Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti “Meva sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi dotsenti Yuldasheva Ziyoda Shavkatjon qizi
  • Kalit so’zlar
  • Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi




    Download 0.56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana04.03.2024
    Hajmi0.56 Mb.
    #166245
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ilm-fan 0605
    1873823-9-ma’ruza. Impuls signallar va ularni shakllantirish, ABN 1 Mirjon, 1710409918, elementar, Mirxakimova Farog\'at scratch


    ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/si 
    22 
    TURLI MUDDATLARDA ZAYTUN O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH USULLARI 
    Yuldasheva Xavasxon Tojidinovna 
    Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti “Meva sabzavotchilik va 
    uzumchilik” kafedrasi dotsenti 
    Yuldasheva Ziyoda Shavkatjon qizi 
    Tursunboeva Mastura Xusanboy qizi 
    “Mevachilik va uzumchilik” ta’lim yo‘nalishi talabasi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.10677484 
    Annotatsiya: Maqola iqlimlashtirilgan zaytun navlarining respublika tuproq-iqlim 
    sharoitlariga moslashishi va fenologiyasiga bag‘ishlangan. 
    Kalit so’zlar: navlari, biologik xususiyatlari, mahsuldorligi, qishloq xo'jaligi texnologiyasi 
    usullari, hosildorlik. 
    Kirish: Sun’iy mikroiqlimi boshqariladigan tizim yaratilgan sharoitlarda har xil ekinlar yashil 
    qalamchalarining ildiz olish samaradorligi sezilarli ortadi. Ildiz oluvchi qalamchalar ustida 
    mayda suv zarralari – tuman hosil qiluvchi avtomatlashtirilgan mexanik qurilmalar tufayli 
    qalamchalarning yaxshi ildiz olishi uchun tashqi muhit omillarini (havo va substrat harorati 
    va namligi, yoritilganlik, substrat tarkibi va boshqalar) muvaffaqiyatli boshqarish imkonini 
    beradi. Yashil qalamchalarning ildiz olishida sun’iy tuman yetakchi omil hisoblanadi, u 
    maxsus inshoot ichidagi qalamchalar atrofida havoning kunlik namligini 70-90 % gacha 
    oshirish imkonini beradi, bunda barglarning transpiratsiya jadalligi sezilarli qisqaradi. Qulay 
    mikroiqlim sharoitlarida zaytunni yashil qalamchalarining ildiz oluvchanligi 80-100 % gacha 
    bo‘lishi va olti oylik o‘suv davrida kuzga kelib ildiz olgan o‘simliklardan 30-40 % gacha bir 
    yillik, 2-3 tartibgacha shoxlangan va umumiy uzunligi 50 sm gacha yetuvchi kuchli rivojlangan 
    ildiz tizimiga ega, substratning ustki qismi esa 30-50 sm va undan ortiq bo‘lgan, novdalari 
    yaxshi yetilgan ko‘chatlar olish mumkin.
    Zaytun o‘simligi tabiatan issiqsevar va namsevar o‘simlik hisoblanadi. Aksariyat ilmiy-
    tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, barcha omillar orasida zaytun o‘simligiga tashqi muhitning 
    harorati eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mikroiqlimi boshqariladigan maxsus inshootda zaytun 
    qalamchalari rizogenezi ochiq dalada yetishtiriladigan qalamchalardan farqlanadi. 
    O‘stirishning bu turida zaytun qalamchalari boshlang‘ich davrdan boshlab havo tartibi qulay 
    bo‘lgan substratlarda rivojlanadi va uch oylik vegetatsiya davrida ko‘chatlar 696 dan 892,8 
    0

    gacha faol haroratning o‘rtacha miqdoriga ega bo‘ladi, bu vaqtda ochiq dalada bu ko‘rsatkich 
    432-741 
    0
    S ni tashkil etadi. Zaytun ko‘chatlarini yashil qalamchalaridan yetishtirishda ularni 
    iyun oyining ikkinchi o‘n kunligida – novdalar faol o‘sayotgan davrda olish maqsadga 
    muvofiqdir. Ushbu muddatda tayyorlangan yashil qalamchalar o‘rganilgan variantlarda eng 
    yuqori regeneratsion xususiyatlarni (ildiz tizimi va yer ustki qismining rivojlanishi) namoyon 
    etadi, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik (korrelyatsiya) r=0,87 ga teng. 
    Har xil o‘simlik turlarida ildiz hosil bo‘lishi uchun harorat optimumi turlichadir. Binobarin, 
    yengil ildiz oluvchi o‘simliklar birmuncha past haroratlarda ildiz tizimini regeneratsiyalashi 
    mumkin, mazkur jarayon yaxshi ildiz olmaydigan o‘simliklar ancha yuqori haroratni talab 
    etishadi. 
    Мevali o‘simliklar qalamchalarini muvaffaqiyatli ildiz oldirish uchun havoning haroratini 20-
    25 
    0
    S, qum va ustki tuproq qatlami haroratini esa 18-20 
    0
    S da ushlashni va bir kunda havo 



    Download 0.56 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi

    Download 0.56 Mb.
    Pdf ko'rish