"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
1/3
Interaktiv xizmatlari ko'rsatish
tartibi
https://uzkimyosanoat.uz/oz/documents/guidelines/polojepigu
Interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portali orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish
tartibi to'g'risida
Nizom
"O'zkimyosanoat" DAK boshqaruvi raisining 2014 yil 13 iyundagi "Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali orqali sifatli va o'z vaqtida interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishni ta'minlash to'g'risida"i 71-sonli
buyruq bilan tasdiqlangan.
I.Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv
davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog'ida O'zbekiston
Respublikasining
hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 378-sonli
Qaroriga
muvofiq ishlab chiqilgan va "Uzkimyosanoat" DAKning (bundan buyon matnda kompaniya deb yuritiladi)
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda Yagona portal deb yuritiladi)
orqali
interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish (bundan buyon matnda xizmatlar ko'rsatish deb yuritiladi)
tartibi va
sharoitini belgilaydi.
2. Yagona portal kompaniya va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan
interaktiv xizmatlar amaldagi qonunchilik va soha normativ
hujjatlarida belgilangan,
shu jumladan pullik
xizmat ko'rsatish asosida soha interaktiv xizmatlariga yagona kirish nuqtasi hisoblanadi.
3. Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga
kelib tushgan yangi
arizalarni tekshirish har kuni kamida uch marta amalga oshiriladi.
4. Foydalanuvchilarga interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish amaldagi qonunchilik tomonidan o'rnatilgan
tartibda va vaqtlarda amalga oshiriladi va foydalanuvchiga so'ralgan shaklda yuborilishi kerak (yozma,
elektron va Yagona portaldagi shaxsiy kabinet orqali).