Kimyo fani O‘rta ta’limda kimyo o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari




Download 167.02 Kb.
Sana29.12.2019
Hajmi167.02 Kb.

Kimyo fani

O‘rta ta’limda kimyo o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari


Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’limi

Kimyo fani chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1

Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Kimyo fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Kimyo fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi


O‘rta ta’limda kimyo o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda kimyo fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarni boshqa fanlardan olgan bilimlariga va hayotiy tajribalariga tayangan holda kimyo o‘quv fanining eng muhim kimyoviy tushunchalari hamda kimyo o‘quv xonasida ishlash xavfsizligi bilan tanishtirish;

o‘quvchilarda tayanch va kimyo o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;

tabiatda sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlarning ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo‘lishini, kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, anorganik va organik moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

O‘rta ta’limda kimyo fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish;

tabiatdagi kimyoviy jarayonlar, hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, anorganik moddalarning xossalari, olinish usullari, ularga oid masalalarni yechish, tajribalar o‘tkazish, eng muhim anorganik va organik moddalarning ahamiyati, kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish.


Kimyo fani bo‘yicha o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

B1

Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;

organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.

B1+

Kolloid va dag‘al dispers sistemalar, eritmalarning konsentratsiyalarga bog‘liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuli va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi;

elektroliz qonunlari, PN va PONni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo‘yicha masalalar yecha oladi;

organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari molekulyar tuzilishiga bog‘liqligini tushuntira oladi.



2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:

B1

Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYuPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;

organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;

moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi.



B1+

Atomlarning tuzilishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko‘ra farqlarini ifodalay oladi;

Organik birikmalar sinflarini formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi.

3. Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:

B1

Organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organik birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olish va xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi;

kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi;

kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi.



B1+

tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi;

amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarni bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi;

organik birikmalardagi kimyoviy bog‘lanishning elektron nazariyasi, alkanlarda almashinish reaksiyasining radikal mexanizmi, galogenlash reaksiyasining energetik balansi, nukleofil reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar, alkenlar, alkadienlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar, uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha oladi;

kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.

KIMYO

FANIDAN O‘QUV DASTUR

(10-11-sinflar uchun)

UQTIRISH XATI
Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasi 10-11-sinf o‘quvchilarini qamrab olib, o‘rta ta’limi muassasalari bitiruvchilarining kimyo fani izchil kurs sifatida o‘rganishning tayanch darajasida, ya’ni 7,8,9-sinflarida o‘qitilib, unda o‘rganilgan kimyoning asosiy mazmuni nazariy ilmiy bilimlarga tayangan holda davom ettiradilar.

Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarni boshqa fanlardan olgan bilimlariga va hayotiy tajribalariga tayangan holda kimyo o‘quv fanining organik, anorganik va umumiy kimyo bo‘limlaridagi eng muhim kimyoviy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalarning sodda ifodasi hamda kimyoviy tushunchalar asosida kundalik faoliyatdagi muammolarni hal eta olish bilan tanishtirish;

o‘quvchilarda tayanch va kimyo o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;

tabiatda sodir bo‘ladigan organik va anorganik birikmalardagi kimyoviy o‘zgarishlarning ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo‘lishini, kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, anorganik va organik moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasini o‘qitishning asosiy vazifalari:

ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish;

tabiatdagi kimyoviy jarayonlar, hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, organik birikmalarning xossalari, olinish usullari, ularga oid masalalarni yechish, tajribalar o‘tkazish, eng muhim organik moddalarning ahamiyati, kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlar haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish.

O‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
Kommunikativ kompetensiya:

B1

Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy birikmalar va mazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham bilish.



B1+

o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish layoqati.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish. Xavfsizlik choralari haqida bilish.



B1+

mediamanbalardan olingan ma’lumotlarni saralash va ulardan samarali foydalana olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o‘zini o‘z rivojlantirib, kamolotga intilish, kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish.



B1+

bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea, jarayonlarga daxldorlikni his etib, kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qilish.



B1+

tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni, mahsulotlardan tejab foydalanishni bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:

B1

organik kimyo fanining rivojlanish tarixi va bu yo‘nalishdagi Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish.



B1+

vatanga sadoqatli bo‘lishni o‘rganish, orasta kiyinish madaniyatiga ega bo‘lish, badiiy va san’at asarlari hisoblangan me’moriy obidalarni qayta tiklashda kimyoviy birikmalarning ahamiyatini bilish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘rganilgan bilimlar asosida hisoblashlarni bilish va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.



B1+

Mavzular asosida o‘rganilgan bilimlar orqali kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Mazkur o‘quv dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar uchun mavzularga ajratilgan soatlar alohida ko‘rsatilgan.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.


I.TKtayanch kompetensiya

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya

  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiyasi

  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


II. FKfanga oid kompetensiyalar

  1. FK1 – kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

  2. FK2 – element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi

  3. FK3 – kimyoviy jihozlar bilan ishlay olish, tajribalar o‘tkazish va amaliyotdaqo‘llash kompetensiyasi.


11-SINF

UMUMIY KIMYO

(51 soat, xaftasiga 1,5 soat, B1+: 102 soat, haftasiga 3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompententsiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:

B1

Organik va anorganik birikmalarning nomi, ayrim xossalarini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham bilish.



B1+

Masala va mashqlardagi ayrim kimyoviy birikmalarning yechilish usullari haqida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish layoqati.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

Axborot vositalaridan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, ulardan foydalanish, taqdimotlar tayyorlash haqida bilish.



B1+

mediamanbalardan olingan ma’lumotlarni saralash va ulardan samarali foydalana olish, elektron pochtalardan foydalana olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o‘zini o‘z rivojlantirib, kamolotga intilish, kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish.



B1+

bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea, jarayonlarga daxldorlikni his etib, kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qilish.



B1+

tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni, mahsulotlardan tejab foydalanishni bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

B1

kimyo fanining rivojlanishida kimyogar olimlarning olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish.



B1+

vatanga sadoqatli bo‘lishni o‘rganish, orasta kiyinish madaniyatiga ega bo‘lish, badiiy va san’at asarlari hisoblangan me’moriy obidalarni qayta tiklashda kimyoviy birikmalarning ahamiyatini bilish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘rganilgan bilimlar asosida hisoblashlarni bilish va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.



B1+

Mavzular asosida o‘rganilgan bilimlar orqali kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.


I BOB. Atom tuzilishi

(13 soat, B1+: 26 soat)
1-mavzu: Atom tuzilishi. (1 soat, B1+: 2 soat)

Atom tarkibidagi elektronlarni pog‘ona va pog‘onachalarga joylashishi.(s, p, d elementlar misolida). Elektron ko‘chish hodisasi. Kvant sonlari. Pauli prinsipi. Hund qoidasi. Klechkovskiy qoidasi. Atom va ionlarni elektron formulalari. Valent elektronlar tushunchasi.



2-mavzu: Davriy qonun va D.I.Mendeleyevni davriy sistemasi. (1 soat, B1+: 2 soat)

Davriy qonunni ta’rifi. Davrlar ta’rifi va ularnining turlari. Guruhlar ta’rifi va ularning turlari. Atom radiusi, ionlanish energiyasi, elektronga moyillik, elektromanfiylik, metallik va metallmaslik xossalari.



3-mavzu: Atom tarkibi. Yadro reaksiyalari. (2 soat, B1+: 4 soat)

Atom tarkibi. Izotop, izobar haqida tushuncha. Yadro reaksiyalari. α-yemirilish, β-yemirilish.



4-mavzu: Kimyoviy bog‘lanish turlari. Kristall panjaralar. (1 soat, B1+: 2 soat)

Kimyoviy bog‘lanish turlari: kovalent qutbli, kovalent qutbsiz, donor-akseptor bog‘lanish, metall, ion va vodorod bog‘lanish. Kristall panjaralar turlari.



5-mavzu: Modda miqdori. Avogadro qonuni. (1 soat, B1+: 2 soat)

6-mavzu: Gazlar aralashmasi. (1 soat, B1+: 2 soat)

Gazlar aralashmasi. O‘rtacha molekulyar massa. Gazlar aralashmasida hajmiy ulush va massa ulush.



7-mavzu: Ekvivalent. (1 soat, B1+: 2 soat)

Ekvivalent qonuni. Oddiy va murakkab moddalarda (oksid, kislota, asos, tuz) ekvivalent topish.



8-mavzu: Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi. (2 soat, B1+: 4 soat)

Masala va misollar yechish. Mendeleyev-Klapeyron formulasi asosida. (2 soat, B1+: 4 soat)

Nazorat ishi. (1 soat, B1+: 2 soat)
II BOB.

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Dissotsiatsiyalanish. Ionli tenglamalar

(4 soat, B1+: 8 soat)
9-mavzu: Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushuncha. Qisqa va to‘liq ionli tenglamalar. (1 soat, B1+: 2 soat)

10-mavzu: Elektrolitik dissotsiatsiyalanish va dissotsiatsiyalanish darajasi. (1 soat, B1+: 2 soat)

11-mavzu: Tuzlar gidrolizi va undagi eritma muhiti.(2 soat, B1+: 4 soat)
III BOB. Eritma va konsentratsiya turlari.

(15 soat, B1+: 30 soat)
12-mavzu: Eritma tushunchasi. Eritma turlari. (2 soat, B1+: 4 soat)

13-mavzu: Eruvchanlik. (1 soat, B1+: 2 soat)

Masalalar yechish. Eruvchanlik mavzusiga doir. (2 soat, B1+: 4 soat)

Nazorat ishi. (1 soat, B1+: 2 soat)

14-mavzu: Foiz konsentratsiya. (1 soat, B1+: 2 soat)

Masalalar yechish. Foiz konsentrasiya mavzusiga doir. (2 soat, B1+: 4 soat)

15-mavzu: Molyar vanormal konsentrasiya. (2 soat, B1+: 4 soat)

16-mavzu: Eritma konsentrasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. (2 soat, B1+: 4 soat)

Masalalar yechish. Eritma konsentrasiyalari mavzusiga doir. (2 soat, B1+: 4 soat)
IV BOB. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga tasir etuvchi omillar

(5 soat, B1+: 10 soat)
17-mavzu: Kimyoviy reaksiya tezligi va unga tasir etuvchi omillar (bosim, harorat, hajm, katalizator, modda tabiati). Vant-Goff qoidasi.(2 soat, B1+: 4 soat)

Masalalar yechish. Kimyoviy reaksiya tezligiga doir. (2 soat, B1+: 4 soat)

Nazorat ishi. (1 soat, B1+: 2 soat)
V BOB. Kimyoviy muvozanat va unga tasir etuvchi omillar

(6 soat, B1+: 12 soat)
18-mavzu: Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy muvozanat. (2 soat, B1+: 4 soat)

19-mavzu: Kimyoviy muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar. (2 soat, B1+: 4 soat)

Masalalar yechish. Kimyoviy muvozanatga doir. (2 soat, B1+: 4 soat)
VI BOB. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

(3 soat, B1+: 4 soat)
20-mavzu: Oksidlanish darajasi. (1 soat, B1+: 2 soat)

Molekula va ion tarkibidagi oksidlanish darajasini topish. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va elektron balans usuli yordamida ularni tenglashtirish.



21-mavzu: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya, sinproporsiya). (2 soat, B1+: 2 soat)
VII BOB. Elektroliz. Faradey qonuni

(5 soat, B1+: 10 soat)
22-mavzu: Elektroliz tushunchasi. Eritma va suyuqlanma elektrolizi. (1 soat, B1+: 2 soat)

23-mavzu: Faradey qonunlari. (2 soat, B1+: 4 soat)

Masalalar yechish. Elektroliz mavzusiga doir. (1 soat, B1+: 2 soat)

Nazorat ishi. (1 soat, B1+: 2 soat)

Mavzularni o‘rganish uchun 33 soat, B1+: 66 soat

Nazorat ishi uchun 4 soat, B1+: 8 soat

Masalalar yechish – 14 soat, B1+: 28 soat

Jami: 51 soat, B1+: 102 soat

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

B1

Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;

kimyoviy birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;

Umumiy kimyo kursi asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va kimyoviy birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;

Kimyoviy birikmalarning kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjudligi haqida biladi va tushuntira oladi.

B1+

o‘rganilgan mavzu doirasida tajribalar bajarishni, masalalar yechishni biladi.

Kolloid va dag‘al dispers sistemalar, eritmalarning konsentratsiyalarga bog‘liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproportsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni, yarim reaksiyalar usuli va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi;

elektroliz qonunlari, H va OHni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo‘yicha masalalar yecha oladi.



Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:

B1

kimyoviy birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;

kimyoviy moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi.

B1+

Atomlarning tuzilishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko‘ra farqlarini ifodalay oladi;

birikmalar sinflarini formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi.

Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:

B1

umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, mazkur birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olinish usullarini va xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini izohlay oladi;

kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi;

kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi.



B1+

tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi;

amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarini bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi;

kimyoviy birikmalar xossalariga doir mavzular asosida masalalarni yecha oladi;

kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:

B1

Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan organik birikmalar va mazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham biladi.



B1+

o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish layoqatiga ega bo‘ladi.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa oladi va bunda xavfsizlik choralari haqida biladi.



B1+

mediamanbalardan olingan ma’lumotlarni saralaydi va ulardan samarali foydalana oladi.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib, kamolotga intiladi, kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib boradi.



B1+

bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea, jarayonlarga daxldorlikni his etib, kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok etadi.



B1+

tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni, mahsulotlardan tejab foydalanishni biladi.



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

B1

umumiy kimyo fanining rivojlanish tarixi va bu yo‘nalishdagi Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlari haqida biladi.



B1+

vatanga sadoqatli bo‘lib, orasta kiyinish madaniyatiga ega bo‘ladi, badiiy va san’at asarlari hisoblangan me’moriy obidalarni qayta tiklashda kimyoviy birikmalarning ahamiyati haqida biladi.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘rganilgan bilimlar asosida hisoblashlarni biladi va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.



B1+

Mavzular asosida o‘rganilgan bilimlar orqali kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431 Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi “O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini tahminlash to‘g‘risida”gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘rta ta’lim maktablari 7-9-sinflar kimyo fani o‘quv dasturi.

11. Internet saytlari: n.portal.ru, tana.ucoz.ru, eduscan.allbest.ru, eduscan.net, pedagogika.websib.ru.

12. “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari respublika Forumi tavsiyalari, “Ma’rifat” gazetasi 2016-yil 16-dekabr 99-soni).

13. Kimyoni mustaqil o‘rganish. – T.: O‘qituvchi, 2013.

14. Kimyo va hozirgi zamon. – T.: O‘qituvchi, 2002.

15. Organik kimyo V.V. Sorokin va boshqalar. “Kimyoni bilasizmi?” – T.: O‘qituvchi, 2005.

16. G.P.Xomchenko, I.G.Xomchenko. “Kimyo”. – T.: O‘qituvchi, 2010.

17. I.Asqarov va boshqalar. “Kimyo asoslari”. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.

18. X.Tojimuxamedov va boshqalar, “Organik kimyo”. – T.: O‘qituvchi, 2016.

19. K.To‘ychiyev va boshqalar. “Kimyodan savollar, mashqlar, masalalar”. –T.: O‘qituvchi, 1990.

20. G.E.Rudzits, F.G.Felgdman. “Organik kimyo”. ”. – T.: O‘qituvchi, 2004.

21. A.G.Muftaxov. “Umumiy kimyo”. ”. – T.: O‘qituvchi, 2004.

22. S.Masharipov, I.Tirkashev. “Kimyo” akademik lisey va kasb-hunar kolejlari uchun darslik. ”. – T.: O‘qituvchi, 2013.


O‘rta ta’limida kimyo fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ijodiy guruh azolari




F.I.O

Ish joyi, lavozimi

1

Bozorov Nurad

Ismatovich



Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent, kimyo fanlari nomzodi, guruh rahbari

2

G‘opirov

Kamoliddin

G‘opirovich


Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 53-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori, kimyo fanlari nomzodi

3

Mutalibov Abdug‘affor Solixovich

TPTI qoshidagi akademik lisey kimyo fani o‘qituvchisi, kimyo fanlari nomzodi, dotsent

4

Islomova Xalima Alimuxamedovna

Toshkent shahar Yakkasaroy yengil sanoat kolleji oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi

5

Ibodullayeva

Mavjuda


Ibodullayevna

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi, dotsenti, kimyo fanlari nomzodi

6

Murodov Eshonqul Abdurazzoqovich

DTM mutaxassisi, “Umid kristall kimyo” o‘quv markazi kimyo fani o‘qituvchisi

7

Usmonov Baxtiyor Xabibullayevich

TPTI qoshidagi 1-sonli akademik lisey kimyo fani o‘qituvchisi

8

Ergashev Ulug‘bek

Jurayevich



Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktab kimyo fani o‘qituvchisi

9

Xakimjonova Ibodat Sultonaliyevna

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-maktab kimyo fani o‘qituvchisi

10

Shoisayeva Go‘zal

Sadikovna



Respublika ta’lim markazi tabiiy va aniq fanlar bo‘limi bosh metodisti

Ekspert guruhi

1

Asqarov

Ibrohim Rahmonovich



Andijon Davlat Universiteti kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor

2

Agzamova Nigora

Alimuxamedovna



Mirobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji kimyo fani o‘qituvchisi

3

Asqarova Dilbar

Ismoilovna



Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-maktab kimyo fani o‘qituvchisi


Download 167.02 Kb.




Download 167.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyo fani O‘rta ta’limda kimyo o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari

Download 167.02 Kb.