• Lak-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi
  • Lak-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi. Lak-bo‘yoq, materiallarni saqlash va tashish shartlari. Lak-bo’yoq materiallarining turlari




    Download 0,49 Mb.
    bet1/3
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #158641
      1   2   3
    Bog'liq
    Lak va lak-bo’yoq materiallarini bo’yash texnologiyasi.


    Mavzu: Lak va lak-bo’yoq materiallarini bo’yash texnologiyasi.


    Reja:



    1. Lak-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi.

    2. Lak-bo‘yoq, materiallarni saqlash va tashish shartlari.

    3. Lak-bo’yoq materiallarining turlari.




    Lak-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi

    Gruntovka (zamin bo‘yoq.) plenka hosil qiluvchi moddadagi pigment suspenziyasi yoki pigment bilan to’ldirg’ich moddaning aralashmasidan iborat bo‘lib, quriganidan so‘ng bir jinsli plenka hosil qiladi. Zamin bo‘yoq, butun qoplama uchun asos bo‘lib, bo’yalayotgan sirt bilan keyin surtiladigan lak-bo‘yoq, katlamlari o’rtasida pishiq bog’lanish vujudga keltiradi. Zamin bo‘yoq, cho’tka bilan, yoki to’zgitib beriladi. Lak-bo‘yoq, gruntlar moy lakni lak massasining 40 foizigacha meyorda pigment bilan (xrom kislota tuzlari, qo’rg’oshin so’ngra, titan birikmasi va boshqalar) aralashtirib xosil qilinadi. Smola gruntlar esa tegishli laklarga smola plastifikator, pigment va erituvchi moddalar qo’shib tayyorlanadi. Ular metall, plastmassa, yog‘och sirtlar va boshqa sirtlar bilan juda yaxshi tishlashadi va tez quriydigan lak-bo‘yoq, materiallar xrsoblanadi. GF-0119 va PF-0142 markali zamin bo‘yoqlar alkid smolalar asosida tayyorlangan ko‘p tarqalgan gruntovkalardir.





    Sanoatimiz kremniy organik plenka hosil qiluvchilar asosida KO-052, KO-0217 markali plenka hosil qiluv-chilar asosida, URF-0106, URF-0110 markali poliuretan plenka hosil qiluvchilar asosida, EP-057, EP-090, EP-0140 markali epoksid va boshqa xil plenka hosil qiluvchilar asosida bir qancha zamin bo‘yoqlar ishlab chiqarmoqda. Shpatlevka pigmentlarning plenka hosil qiluvchidagi to’ldirg’ich moddalar bilan aralashmasidan iborat bo‘lib notekisliklarni to’ldirish, zamin bo‘yoq, berilgan sirt-larni baravarlash va tekislashga atalgan quyuq krvushoq massadir. Shpatlevka shpatel yordamida yo’lka qatlam qilib beriladi. Qatlam qalinligi 0,5 mm dan oshib ketmasligi kerak. Zamin bo‘yoq, berilgan sirtga dastavval lozim topilgan joy shpatlevkasi beriladi, shundan so‘ng sidirg’a shpatlevka beriladi. Xar qatlam zamin bo‘yoqdan so‘ng shpatlevka qatlam soni uchtadan oshib ketmasligi kerak. Shpatlevka qilingan sirt quriganidan so‘ng notekis joylari va g’adirliklari bo‘ladi, shuning uchun ham u abraziv jilvir krgoz bilan silliqlab chiqilmog’i kerak. Moyli shpatlevka tarkibidagi pigmentning ko‘pligi (80 foizgacha) xamda erituvchi moddaning ozligi bilan zamin bo‘yoqlar farq qiladi. Moyli shpatlevka-larning uzoq qurishi ularning ishlatilish sohasini ancha cheklab qo’yadi. Efir-tsellyulozali shpatlevkalar orasida NTs-0038, NTs-0042 va ETs-0027 markali shpatlevkalar ko‘proq tarqalgan.


    Plenka hosil qiluvchi sintetik moddalar asosidagi shpatlevkalarning adgeziya xossasi yuqori, kimyoviy chidamli, mexanik jixatdan pishiq va tez quriydi. KO-0035, KO-332 0066, PE-0025, PE-0044, XV-0018, EP-0028, EP-0055, EP-0080 markali shpatlevkalar ko‘proq tarqalgan. Bo‘yoq plenka hosil qiluvchi moddadagi pigment suspenziyasi yoki pigment bilan to’ldirgach modda aralashmasidan iboratdir. Plenka hosil qiluvchi moddaning tabiatiga ko’ra bo‘yoqlar moyli bo‘yoqlarga (ularda o‘simlik moyi, yoki alif plenka hosil qiluvchilar bo‘ladi), alkidli (gliftalli va pentaftalli smolalar plenka hosil qiluvchilar bo‘ladi) hamda perxlorvinil smola, fenol-formaldegid smola va boshqa xil smolalar plenka hosil qiladigan bo‘yoqlarga bo‘linadi. Moyli bo‘yoq, negizidagi qoplamalar atmosfera ta’siriga chidamli bo‘lib ayrim xollarda yemiruvchi muxit ta’siriga duch kelmay-digan ochiq maydonlar va binolar ichida ishlatiluvchi metall xamda yog‘och ashyolarni muxofaza etishda qo‘llanadi. Moy bo‘yoqlar tabiiy alif (zig’ir moy) bilan, "oksol" alif (55 foiz moy va 45 foiz uayt-spirt) bilan, alkid aliflar (50 foiz gliftal yoki pentaftal smola va 50 foiz uayt-spirt) bilan hamda kombinatsiyalangan alif (60 foiz o‘simlik moyi va 30 foiz uayt-spirt) bilan olinadi.
    Bo‘yoqlarni markalashda aliflarning turlari shartli ravishda raqamlar bilan belgilanadi: 1 — tabiiy; 2 — oksol; 3 — gliftal; 4 — pentaftal; 5 — kombinatsiyalangan alif bo‘ladi. Masalan, Oq MA—025 markasi: kjiok, moy bo‘yoq, atmosfera ta’siriga chidamliligi cheklangan, kombinatsiyalangan alifga qorilgan, degan ma’nolarni bildiradi. Moy bo‘yoqlar ishlatishga tayyor suyuq xolda, quyuq pastasimon xolda tayyorlab chiqariladi. Bo‘yoqni ishlatish oldidan uning konsistentsiyasi alif qo’shilib maromiga keltiriladi. Moy bo‘yog’i qoplamalar odatda elastik bo‘lsada, yaxshi yarqiramaydi. Moy bo‘yoq yaltillab chiqmog’i uchun unga moyli lak qo’shiladi. Kech qurish, kimyoviy chidamlilik va mexanik pishiqlikning pastligi hamda birmuncha tez eskirish moybo‘yoqlarning nuqsonlaridandir.
    Alkid bo‘yoqlar atmosfera ta’siriga nihoyatda chidamli, elastik va yopishuvchan bo‘lsa-da, lekin kimyoviy jixatdan uncha chidamli emas. Sintetik smolalar asosidagi qoplamalar nihoyatda qattiq va kimyoviy chidamli bo‘lsa-da, lekin mo’rt bo‘lib mexanik ta’sirlarga turg’un emas. Xozirgi vaqtda plenka hosil qiluvchi moddalarning suvli emulsiyalaridagi pigment suspenziyalari bo‘lmish emulsion bo‘yoqlar ko‘proq ishlatilmoqda. "Suvdagi moy" tipida emulsiya vujudga keltirmoq uchun lak-bo‘yoq, aralashmasiga kaliy va natriy sovunlaridan iborat maxsus emulgatorlar qo’shiladi. Natijada ularni suv qo’shib ishqor suyuqlikka qadar keltirish mumkin. Moyli emulsion bo‘yoqlardan tashqari turli polimerlar negizida tayyorlangan suvemulsion bo‘yoqlar betonni, metall detal va buyumlarning ichki va tashqi sirtlarini bo’yashda, shuningdek yog‘ochni buyashda ko‘proq ishlatilmoqda.
    Turli polimerlarning polivinilatsetatli, gliftalli va akrilatli emulsion bo‘yoqlari shularga kiradi. Emulsion bo‘yoqlarning markalariga ortiqcha E xarfi qo’shiladi. Masalan, E-AK-216 markasi ichki ishlarda qo’llanadigan suv-emulsion bo‘yoq., plenka hosil qiluvchi moddasi — akril smola, degan ma’noni bildiradi. Emul-sion bo‘yoqlarni ishlatish natijasida taqchil erituvchi moddalar o‘rnida tamomila, yoki qisman suv ishlatish mumkin bo‘ladi. Sanoatda avtomobillar, vagonlar, turli priborlarning, shuningdek boshqa mashinalar va ashyolarning bir qancha detallarini bo’yash uchun kukun bo‘yoqlar ishlatiladi. Ular sintetik smolalarning erituvchi qo’shmagan xolda pigmentlar, to’ldirgich moddalar va plastifikatorlar bilan quruq aralashmasidir. Bu bo‘yoqlar tegishli sirtga berilgach, 150—200 S ga qadar qizdiriladi, buning natijasida polimer negiz suyuqlanadi va bo‘yoq zarralari sirt bilan maxkam tishlashadi.
    Kukun bo‘yoqlarni markalashda qushimcha P xarfi kiritiladi, dolgan belgilar lak-bo‘yoq, materiallar uchun umumiydir. Masalan, P-EP-45 markasi kukun buyo»; suvga chidamli, plenka xosil qiluvchi modda — epoksid smola ekanligini bildiradi.Smola, bitum, plenka xosil_qiluvchi boshqa xil moddalarning erituvchi moddalardagi eritmasi lak bo‘lib, u qurigach qattiq, shaffof va yarkiroq plenka xosil qiladi. Plenka xosil qiluvchi modda va erituvchi moddaning turiga qarab laklar sintetik nitrotsellyuloza va etiltsellyulozali, bitumli va asfaltli bo‘ladi va hokazo. Turli organik eritmalardagi sintetik polimer eritmalari bo‘lmish sintetik laklar qurigach, kimyoviy chidamli, atmosfera ta’sirlari va issiqqa chidamli, mexanik pishiq xamda elektr izolyatsion xossalari boshqa xil xossalarga egadir.
    Masalan, perxlorvinil laklar (XV-139 va XV-1100) metall, yog‘och va beton sirtlarni, turli yemiruvchi muxitlarda ishlaydigan mashinalar, qurilish konstruktsiyalari va priborlarni bo’yashda ishlatiladi.
    Metall bilan uncha yopishmaslik, issiqqa va yorug’ga chidamaslik perxlorvinil laklarning kamchi-ligidir.
    Fenol formaldegid materiallardan LBS-1 mar-kali bakelit lak ishlatiladi. Shu lak negizidagi qoplama qattiq va kimyoviy turg’un bo‘ladi.
    Tuzuk yopishmaslik va mexanik pishiqlikning yetarli emasligi bakelit lakning kamchiligidir. Kremniy organik laklar sernamlik va yuqjri haroratda bir qancha noorganik kislotalar xamda kimyoviy reagentlarning bumari ta’siriga duch keladigan metallar va boshqa konstruktsion materiallarni korroziyadan muhofaza etishda qo’l keladi.
    UR-976 va UR-9130 markali poliuretan laklar xamda EP-9114 va boshqa markali epoksid laklar asosidagi qoplamalar qoyatda yopishqoq, suv va atmosfera ta’sir-lariga chidamli, kimyoviy chidamli va dielektrik xossalarga ega bo‘ladi. Nitrotsellyulozali laklar (NTs-279 va NTs-292)dan binolarda ishlatiluvchi metall yoki yog‘och sirtlarini qoplashda foydalaniladi; etiltsellyuloza laklar (ETs-9101 va ETs-729) qoyatda elektr izolyatsiyalash xossalariga va kimyoviy turg’unlikka ega. Bitum laki va asfalt laki qopqora bo‘ladi, kimyoviy chidamliligi, atmosfera ta’sirlariga chidamliligi yuqori bo‘ladi va metallarni korroziyadan saqlashda ishlatiladi. Emallar (emal bo‘yoqlar) pigmentni uchib ketadigan smolali erituvchi laklar bilan maydalab ezib olinadigan lak-bo‘yoq materiallardir. Emal quriganidan so‘ng qattiq, pishiq va yaltiroq plenka xosil qiladi. Rux qo’rg’oshin, gitan belilasi, turli ranglardagi sariq bo‘yoqlar, ultramarin, temir sarig’i va hokazolardan emal pigmentlari sifatida foydalaniladi. Plenka xosil qiluvchi moddaning turiga qarab emal bo‘yoqlar lak oilan tayyorlanadigan moyli emalga, nitrolak bilan tayyorlanadigan nitroemallarga; turli smolalar asosida tayyorlanadigan sintetik emallarga bo‘linadi.
    Odatda moy emal tarkibida 30—60 foizgacha pigment bo‘lib, mashina va motorlar, priborlar va ashyolarning detallariga oxirgi ishlov berishda qo‘llanadi. Sekin qurish, yuqori harorat xamda yonilg‘i-surkov moyi materiallarining ta’siriga uncha chidash bermaslik moy emallarning xususiyatidir. Moyli emal bo‘yoqlar atmosfera ta’siriga chidashi cheklangan materiallar guruxiga kirib, ishlatish namlik rejimi me’yorida bo‘lgan binolarning ichidagi buyumlarni bo’yashda qo’llanadi. Nitrotsellyuloza emallardan (NTs-246 va boshqalar) asosan binolarning ichida bo‘ladigan detallar, priborlar, ashyolar va boshqa xil uskunalarni bo’yashda ishlatiladi. Sintetik (smolali) emallar ko‘proq ishlatiladi, chunki ularning mexanik xossalari, issiqqa, atmosfera ta’sirlariga, suvga chidamliligi, kimyoviy chidamliligi yuqori, yonib ketmaydi, qurishi ko‘pga bormaydi va hokazolar. Masalan, gliftal smolalar asosidagi emallar (GF-571 va boshqalar) hamda pentaf-tal smolalar asosidagi emallardan (PF-115 va PF-126) yengil avtomobil kuzovlarini, kemalarning tashqi po’lat palubalarini bo’yashda, perxlorvinil emallardan esa (XV-124, XV-10, XV-113 va boshqalar) kimyoviy va elektr-kimyoviy korroziya sharoitlarida ishlatiladigan metall, plastmassa va yog‘och sirtlarni bo’yashda foydalaniladi. Fenolformaldegid smolalar asosidagi qora ‘ emallar (FL-557 va FL-787) benzin va mineral moylarga chidamli bo‘lganligidan radiator va benzobaklarni buyashda ishlatiladi, fenolalkid smola asosidagi (oppoq FA-792 markali) emaldan oziq-ovqat sanoatidagi turli uskuna-lar va chonlarni buyashda foydalaniladi. KO-89, KO-811, KO-817, KO-823 markali va boshqalar, kremniyorganik emallar kreiydigan metall sirtlarni buyashda qullanadi, poliuretan emallar (UR-175, UR-176, UR-1180 va UR-41) qoyatda yopishuvchan va chidamli, pishiq xamda elektr izolyatsion xossalarga ega bo‘lib, epoksid emallar (EP-969, EP-575, EP-419 va boshqalar)ning muhofaza xossalari qoyatda yuqori, suvga va atmosfera ta’sirlariga chidamli va qattiq bo‘ladi.



    Download 0,49 Mb.
      1   2   3




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lak-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi. Lak-bo‘yoq, materiallarni saqlash va tashish shartlari. Lak-bo’yoq materiallarining turlari

    Download 0,49 Mb.