• XULOSA VA TAKLIFLAR
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
  • Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar




    Download 1.7 Mb.
    bet34/35
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.7 Mb.
    #15047
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
    Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar



    Ko`rsatkichlar

    O`lchov

    Avtomobillar

    Farqi







    birligi

    «Neksiya»

    «Jentra»

    +,-



    Avtomobil narxi

    so`m

    65000000

    90000000

    +25000000



    Xaydovchi ish xaqi

    so`m/km

    30,30

    20,20

    -10,10



    Ijtimoiy sug`urta

    so`m/km

    12,12

    8,08

    -4,04



    Amortizatsiya xarajatlari

    so`m/km

    2,93

    2,98

    + 0,05



    Yonilg`iga sarflar

    so`m/km

    79,90

    54,40

    - 25,50



    Materialga sarflar

    so`m/km

    3,7

    3,7

    -



    THK va ta’mirlashga sarflar

    so`m/km

    2,50

    2,00

    -0,50



    Keltirilgan xarajatlar

    so`m/km

    131,45

    96,36


    - 35,09



    Yillik iqtisodiy samaradorlik

    so`m/yil

    -

    8990058

    8990058



    Qoplanish muddati

    yil




    1,70






    Samaradorlik koeffitsenti







    0,59






    XULOSA VA TAKLIFLAR

    O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni ekspluatatsiya kilish jarayonida ularning ishga yaroqli holatda ushlab turish uchun sarflanadigan sarf- harajatlarni asoslash mezonlari boshqa avtomobillar ishga yaroqli holatda ushlab turish uchun sarflanadigan sarf-harajatlar miqdoridan ortiq bo`lmasligi va ularning ko`rsatkichlarini dunyo va Yevropa andozalariga yetkazish O`zbekiston avtomobilsoz olimlarning asosiy maqsadidir.

    Diplom loyixasini tayyorlashdan asosiy maqsad-O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ularning ishga yaroqli holatda ushlab turish uchun ularning ayni vaqtdagi sarflanayotgan sarf- harajatlarni aniqlashga imkon beradigan usulini tanlash, uning ishonchliligini asoslashdir. Buning uchun xarajatlarning foydali va zararli jihatlari, ularning avtomobilga va atrof muhitga ta’siri bo`yicha ma’lumotlar to`plash kerak bo`ladi Izlanishlar natijasi asosida avtomobil korxonalari uchun ilmiy- amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

    Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur diplom loyixasining ilmiy yangiligi- avtomobillarni samarali ekspluatatsiya qilishga yordam beruvchi omillar taxlil qilindi va avtomobillarni ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish yo`llari ishlab chiqildi.

    Bugungi kunda neft maxsulotlaridan tayyorlangan yonilg`i-moylash materiallariga bo`lgan talab transport vositalari rivojlangan sari ortib bormoqda. Ma’lumki ushbu energetik resurslar murakkab ishlab chiqarish jarayonlari va katta moddiy xarajatlar sarflash orqali olinadi. Shuning uchun ham neft maxsulotlaridan olingan yonilg`i-moylash materiallari qimmatbaho hisoblanib, avtomobil transport ekspluatatsion harajatlarining asosiy qismini tashkil etadi. Neft zaxiralari miqdori ham cheklangan bo`lib ulardan xisob kitobsiz foydalanish noto`g`ri iqtisodiy siyosatga sabab bo`ladi.

    Shuni ta’kidlash lozimki, avtomobil transporti boshqa turdagi barcha transport vositalari ichida energetik resurslarni asosiy iste’molchisi hisoblanadi, ya’ni avtomobil transporti orqali neftdan olingan yonilg`i sarfining 65% ortig`i iste’mol etiladi. Shuning uchun ham neft maxsulotlaridan tejab foydalanish zamon talabi xisoblanadi.

    Davlatimiz miqyosida, ayniqsa avtomobillarda neft maxsulotlaridan samarali va tejab foydalanish dolzarb vazifa bo`lib qolmoqda. Jumladan Andijon shahridagi taksilar saroyi sharoitida avtomobillardan foydalanish uchun sarflanayotgan sarf- xarajatlar ulardan olinayotgan foydaning ko`p qismini egallamoqda. Saroydagi mavjud 47 ta avtomobillarning oylik tushimining 75-80% ni neft maxsulotlariga bo`lgan xarajatlar egallamoqda.

    Ushbu xarajatlarni kamaytirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Ular umumiy holda quyidagilardan iborat:

    -yonilg`i- moylash materiallaridan radional foydalanish texnalogiyasini joriy etish;

    -yonilg`i moylash materiallarining sifatlisini sotib olish, ularni ratsional joylardan tashib olib kelish, saqlash, tarqatish va ishlatish jarayonlarida ifloslanishi va asossiz sarf bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;

    -tejamkor dvigatelli avtomobillarni sotib olish;

    Mana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida saroyda mavjud bo`lgan “RAF-2203”, “GAZ-2410” va “Neksiya” avtomobillari o`rniga zamonaviy avtomobillari keltirilgan. Bu avtomobillar saroydan foydalanish koeffitsientini 15-20 % ga oshirishga imkon berdi. Lekin 2017 yilga kelib, neft maxsulotlarining narxi 2005 yilga nisbatan qariyib, 2 marta oshdi. Shuning uchun ham, saroydan foydalanish koeffitsientini me’yorlarda saqlab turish uchun neft maxsulotlarini yanada tejashga imkon beradigan, zamonaviy va tezkor hisoblangan injektorli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtomobillar sotib olishga to`g`ri kelmoqda. Bunday avtomobillar jumlasiga Asaka shahridagi “GM-O`zbekiston” AJda ishlab chiqarilayotgan “Jentra”, “Neksiya”, “Lasetti”, ”Kaptiva”, “Takuma” va “Epika” rusumli avtomobillar ham kiradi. Ayniqsa ular ichida Andijon shahri taksilar saroyi uchun eng maqbul bo`lgan avtomobil- “Jentra” avtomobili bo`lib, bu avtomobillardan arzoligi, ixchamligi va kam yonilg`i sarflashi bilan ajralib turadi.

    Ushbu taklifning samaradorligini aniqlash uchun 2017 yilda “Jentra” avtomobilini boshqa avtomobillar bilan qiyosiy sinovlari o`tkazib ko`rildi. Sinovlar Andijon taksilar saroyida Andijon mashinasozlik institutining “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi olimlari bilan hamkorlikda o`tkazildi.

    Sinov natijalariga asosan “Jentra” avtomobillarining ishonchliligi va ishlash qobiliyati O`zbekistonning barcha xududlari, jumladan taksilar saroyi ekspluatatsiya sharoitlarida talablarga javob beradi. Olingan natijalarni qayta ishlash, taxlil etish natijasida texnik iqtisodiy jixatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.



    Download 1.7 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Download 1.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar

    Download 1.7 Mb.