• II. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, kalkulyator III. Darsning usuli: Noan’anaviy IV. Darsning borishi: 1) Tashkiliy qism a) Salomlashish
  • Axborot texnologiyalari haqida
  • Mavzu: axborot texnologiyalari I. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad




    Download 377 Kb.
    bet1/3
    Sana03.12.2023
    Hajmi377 Kb.
    #110238
      1   2   3
    Bog'liq
    9-dars.
    Kompiyuter injinering At-servis-fayllar.org, 11-dars., 13-dars.

    Mavzu: AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    I. Darsning maqsadi:
    a) Ta’limiy maqsadAxborot texnoligiya asri tarixi va davrlari haqida tushuncha berish
    b) Tarbiyaviy maqsad – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
    v) Rivojlantiruvchi maqsad – Kompyuter savodxonligini o’stirish
    II. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, kalkulyator
    III. Darsning usuli: Noan’anaviy
    IV. Darsning borishi:
    1) Tashkiliy qism
    a) Salomlashish
    b) Davomatni aniqlash
    v) Darsga tayyorgarlikni aniqlash
    2) Asosiy qism:
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.
    "Texnologiya" so'zi yunoncha (grekcha) "techne" - san'at, mohirlik, hunar va "logos" — fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarni ketma-ket bajarilishini ko'zda tutadi.
    Axborot texnologiyalari haqida
    Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to'liq qayta ishlash amalda mumkin emas.
    Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
    Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning awal ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
    Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta
    ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot
    texnologiyasi deb yuritiladi.
    Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi.
    Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o'z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog'oz, mel, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqd'a, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport Va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo'llanilar ekan.
    Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari — telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.

    Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.
    Kompyuter tarmoqlari
    Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasawur qilib bo'lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan ko'chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi vositalardan (disketalar, CD - disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo'ladi. Ammo bu ko'p vaqt xa qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o'zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Awal maxsus kabel yordamida ikkita

    kompyuterni o'zaro birlashtirishga muvaffaq bo'lindi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.
    Bunday tarmoqlar qo'shimcha qurilmalar talab qilsa-da (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmaiariga murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, lokal (mahaffiy) tarmoqlar deb nomlanadi.
    Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan, hamda o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
    Kompyuterlararo axborot almashinuvini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlar shu bilan to'xtab qolmadi. Axborot texnologiyalarining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, endi bitta xonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlarni emas, balki uzoq masofada, hatto boshqa-boshqa mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro bog'lash imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga keltirdi.
    Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi barcha foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi.
    Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo'lga qo'yildi. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni raqamli signalga o'tkazadi va kompyuterga uzatadi.
    Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi
    qurilma modulyator, analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga
    о 'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.
    Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan:
    MOdulyator + DEModulyator = MODEM.

    Tuzilish jihatidan modemlar ichki va tashqi ko'rinishda bo'ladi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan bo'lib, o'zining qobig'iga ega alohida qurilmadir.
    Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin.
    Hozirgi kunda mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.

    Download 377 Kb.
      1   2   3




    Download 377 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: axborot texnologiyalari I. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad

    Download 377 Kb.